Zomin tumani Jizzax viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan 1962 yil 24 dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzilgan



Download 1,86 Mb.
bet2/2
Sana25.06.2022
Hajmi1,86 Mb.
#703997
1   2
Bog'liq
Zomin tumani —-WPS Office

ZOMIN TOG'LARI
Hudud ikki qismdan tarkib topgan: Turkiston tog`larining shimoliy tizmalarida joylashgan, bir-biri bilan chegaradosh Zomin Davlat qo`riqxonasi va Zomin Xalq bog`i. Zomin Davlat qo`riqxonasi Zomin va Baxmal tumanlari hududida, 26840 ga maydonga ega bo`lib, 1960 yil tashkil qilingan. Zomin Xalq bog`i 1978 yil tashkil qilingan, Jizzax viloyatining Zomin tumanida 24110 ga maydonni tashkil qiladi. Qo`riqxona o`z hududidagi barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va daxlsizligini ta’minlaydi. Xalq Bog`i noyob tog` ekotizimlarni saqlash, tiklash va rekreatsion tadqiq qilish maqsadida tashkil etilgan. Qarag`ay o`rmonlari hududdagi eng yirik o`rmonlardan hisoblanadi. O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob hayvonot turlari (14 ta) va o`simliklari (18 ta) mavjud. Hudud 1913 yildan buyon turli darajada muhofaza ostiga olingani sabab, noyob tabiiy resurslar saqlanib qolgan.


Turizm va sport vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan infotur doirasida jurnalistlarga Zomin milliy tabiat bog‘ining diqqatga sazovor joylari, shu hududda yashovchilarning turmush tarzi tanishtirib o‘tildi.Ushbu maskanga kuniga minglab mahalliy sayyohlar kelishadi. Bu yerda ekoturizmni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar juda katta. Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan Chortangi kanoni, dengiz sathidan 2400 metr balandlikda juda katta maydonda yastanib yotgan Supa platosi (tekisligi), Sherbuloq chashmasi bugungi kunda ham odamlar bilan gavjum.Tog‘ o‘rmonlari shifobaxsh archazorlar bilan qoplangan. Tog‘ hududida ko‘plab dorivor o‘simliklar o‘sadi. Eng hayratlanarlisi, bu dov-daraxtlar jazirama issiqni ko‘rishmaydi hisob. Bahoriy durkunlikni yoz bo‘yi saqlab turishadi va avgust oylarida kuz fasliga kirishadi.Zomin milliy tabiat bog‘ining ilmiy ishlar va turizm masalalari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Husniddin Hazratqulovning aytishicha, 20 yilga mo‘ljallangan dasturda bu yerlarga kommunikatsiya keltiriladi.
Prezident farmoniga ko‘ra, hududda 3-4-5 yulduzli mehmonxona hamda sihatgohlar barpo etiladi, Avstriya kompaniyasi bilan hamkorlikda dor yo‘li quriladi. Jumladan, loyihaga ko‘ra, Zomin tumanidagi Dashtobod shaharchasidan Baxmal tumani orqali G‘allaorol tumanidan o‘tuvchi M39 xalqaro yo‘ligacha bo‘lgan 180 km.lik yo‘l kengaytirib, obodonlashtiriladi.Hududda golf maydonlari ham barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Qish faslida ham chang‘i uchish uchun imkoniyatlar yaratiladi. Bularning barchasini nodir tabiatga ziyon yetkazmasdan amalga oshirish nazarda tutilgan..
Zomin-O‘zbek Shveytsariyasi
Ajoyib landshaftlar va toza tog‘ havosi, flora va faunaning xilma-xilligi, qadimiy ziyoratgohlar va noyob milliy sihatgoh - bularning barchasi Zomin.

Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar
Zominda nimani ko‘rish mumkin? Katta hududda joylashgan Zomin davlat tog‘ archa qo‘riqxonasi va uning tarkibiga kiradigan Baxmal o‘rmon xo‘jaligi, Zomin o‘rmon xo‘jaligi, umumiy maydoni 26840 ga. teng bo‘lgan Zomin milliy tabiiy bog‘i; Kristall ko‘llar Nurota tizmalari o‘zining janubiy, qisman g‘arbiy va vohasining bir qismini o‘rab, moʻtadil iqlimni taʼminlaydi, shuningdek, mintaqaning shimolidagi Aydar-Arnasay ko‘llar tizimiga relyef va tabiiy go‘zallikning o‘ziga xosligini beradi; Milliy sihatgoh - "Zomin" sanatoriysi Zomin milliy bog‘ida dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda “Zomin” sihatgohi joylashgan. Eng toza havo, tog‘li landshaftlar, ignabargli o‘simliklar - bularning barchasi kattalar va bolalarga tibbiy muolajalar o‘tqazish uchun eng yaxshi sharoit hisoblanadi.Qadimiy ziyoratgohlar va Parpi Oyim majmuasi.
Shuningdek, qo‘riqxonada tog‘ tizmalari, qirlar va adirlarni topishingiz mumkin. Tog‘ tizmasining eng baland qismi – balandligi 4000 metrdan ortiq bo‘lgan Shavkartog‘ tog‘i. Ushbu qo‘riqxonaning diqqatga sazovor joylari orasida «Boboyong‘oq» – hisob-kitoblarga ko‘ra taxminan 700 yoshli yong‘oq daraxti alohida ajralib turadi. Uning balandligi 20 metrga, diametri esa deyarli 3 metrga etadi. Qo‘riqxonadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, qishloqda juda qiziq bir g‘or topilgan. Arxeologlar uning ichidan ibtidoiy odamlarning mehnat qurollarini topishgan, g‘or devorlari esa rasmlar bilan bezatilgan. Qo‘riqxona hududida sanatoriy “Zomin” va boshqa bir qator pansionatlar va bolalar lagerlari joylashgan.
.
Zomin – tabiatga sayohatni yaxshi ko‘radiganlar uchun juda qiziqarli joy. Ushbu kichik shahar jizzax viloyati tog‘li tumanining markazi hisoblanadi.Ishoning, siz tabiatga sayohat qilish uchun yaxshiroq joy topolmaysiz! Bu yerning tabiiy go‘zalligi sizni befarq qoldirmaydi. Tog‘ havosi shunchalik toza va shaffof , baʼzida ko‘nikmaganlik-dan bosh ham aylanadi.
Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish