\\\\\■
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI UCHUN "ILK QADAM" DAVLAT O'QUV DASTURI
•
o ta -o n a la r va m a h a lliy h a m ja m iy a t b ila n h a m k o r lik y a n g ila n g a n sh a k ld a t a k lif e t ild i,
bunda ota-onalar va pedagoglarning um um iy maqsadi bolaga ta'lim va tarbiya berishdir;
pedagog, oila va m ahalliy hamjamiyat o'rtasida ham korlikni yo'lga qo'yish uchun yanada
xilma-xil im koniyatlar taklif etildi;
•
ta 'lim va ta rb iy a ja ra y o n in i ta s h k il e tish ta m o y illa ri bolalarning qiziqishlariga ko'ra, mus-
taqil faoliyatlarini am alga oshirish im koniyatlarini ta'm inlashda ta'lim m uhiti im koniyatlarini
kengaytirishga qaratilgan riv o jla n tiru v c h i m u h it to 'g 'risid ag i m a'lum otlar bilan to'ldirildi;
•
dasturning inklyuziv xususiyati MTTning alohida ehtiyojli har bir bolaning alohida ta'lim
ehtiyojlari va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim da qo'shim cha yordam
ko'rsatish m ajburiyatlari bilan mustahkamlandi;
•
rivojlanish m arkazlarida tashkil etilgan bolalarning faoliyati loyiha mavzusi bilan to'ldirildi;
•
n a m u n a v iy ku n ta rtib id a ta'lim va tarbiya jarayoniga ajratilgan vaqt o'zgartirildi, bu esa o'z
o'rnida bolalarning erkin o'yin faoliyati, bolalarning qiziqishlariga ko'ra mustaqil faoliyatiga,
shuningdek, mavzuli loyiha faoliyatiga ko'proq vaqt ajratish im konini beradi;
•
O 'zbekiston Respublikasining m aktabgacha ta'lim sohasidagi m e'yoriy-huquqiy hujjatlariga
muvofiq, xalqaro tajribani, shuningdek, boshlang'ich ta'lim bilan uzviylikni ta'm inlash
m aqsadida o 'q u v reja qism an o'zgartirildi;
•
bola rivojlanishini kuzatish va baholash jarayonini optim allashtirish uchun b o la n in g riv o jla n ish
x a rita la r i qism an o'zgartirildi.
Davlat o'quv dasturini tadbiq etishda pedagoglarga yordam tariqasida "Ilk qadam " Davlat o'qu v dastu-
riga uslubiy yordam sifatida o'quv-uslubiy qo'llanm alar to'plam i taklif etiladi. To'plam MTV m utaxassislari
tom onidan BMTning O'zbekistondagi Xalqaro bolalar jam g'arm asi (UNICEF) bilan birgalikda ishlab
chiqilgan bo'lib, oltita qo'llanm ani o'z ichiga oladi: "M aktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim dasturlarini
ishlab chiqish"; "Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida ta'lim jarayonini rejalashtirish"; "O'yin orqali
ta'lim olish"; "M aktabgacha ta'lim da ta'lim jarayonini individuallashtirish. Alohida ehtiyojli bolalar
inklyuziyasi"; "O ilalar va m ahalliy jam oatchilik bilan hamkorlik"; "Kuzatish va baholash".
Loyihaviy mavzuli faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirish uchun "M aktabgacha ta'lim tashkilotlarida
ta'lim va tarbiya jarayonini mavzuli rejalashtirish" qo'llanm asi taklif etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: