Зохидова Гулхумор


Kurs ishning amaliy ahamiyati



Download 243 Kb.
bet4/11
Sana20.06.2022
Hajmi243 Kb.
#684833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Meliqo‘ziev Azizbek

Kurs ishning amaliy ahamiyati shundaki, olingan natijalar asosida yoshlarda mustaqil tafakkurni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bunday tavsiyalar ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi.
Kurs ishning tuzilishi. Kurs ish kirish, ikki bob, to‘rtta paragraf, ... jadval, amaliy tavsiyalar, adabiyotlar ro‘yhati va ilovalardan iborat.


I bob. Talaba yoshlarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda psixologik konsultatsiyaning nazariy tahlili
1.1. Psixolog olimlarning shaxsda mustaqil fikrlashni rivojlantirish borasidagi fikrlari
YOshlarga qaratilgan va ular o‘qib, o‘rganishi uchun yo‘naltirilgan barcha turdagi ma’lumotlar (kitoblar, ommaviy-axborot vositalari orqali, muloqot jarayonida), ular asosida shakllanadigan yangicha tasavvurlar yangicha dunyoqarash uchun zamindir. Mustaqillik yillarida eski, o‘zini tarix oldida oklamagan mafkuradan voz kechildi, yangi mustaqillik g‘oyasi, uning asosiy tamoyillari, yoshlarni ma’rifatli qilish borasidagi vazifalar Davlatimiz rahbari I.A. Karimov asarlarida muhtasar, aniq bayon etilgan. Ular asosida mamlakatimizda «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» qabul qilindi. Ular yoshlarning eng ilg‘or ilm-fan yutuqlaridan boxabar qilish, buyuk allomalar merosini chuqur va teran o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, yoshlarni ma’rifatli qilishning barcha shart-sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. Bu say’i-harakatlar ma’naviyat borasidagi islohotlar, o‘zbek madaniyati, san’ati, adabiyotini rivojlantirish ishlari, tariximizni tiklash borasida amalga oshirilayotgan olamshumul ishlar tabiiy, yoshlarimizda yangicha dunyoqarashning shakllanishiga asos bo‘ladi.

Tafakkur zaruriy tarzda moddiy so‘z qobig‘ida mavjuddir. Tafakkurning til bilan uzviy, chambarchas bog‘liqligi inson tafakkurining sotsial ijtimoiy-tarixiy mohiyatini ochiq-oydin namoyon qilib beradi. Bilish insoniyat tarixi davomida egallangan barcha bilimlarning izchilligini zaruriy tarzda taqozo qiladi. Bilimlarning bu tarixiy vorisligi ularni qayd qilish, mustahkamlash va esda saqlashda bir kishidan boshqasiga, avloddan-avlodga o‘tkazish yo‘li bilangina sodir bo‘lishi mum­kin. Bilishning bunday barcha asosiy natijalarining ana shunday qayd qilinishi til yordami bilan kitoblarda, jurnallarda va boshqa shu kabilarda amalga oshiriladi. Bularning hammasida inson tafakkurining sotsial tabiati juda namunali suratda namoyon buladi. Kishining aqliy taraqqiyoti insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida hosil qilgan bilimlarini o‘zlashtirishi jarayonida muqarrar ravishda amalga oshiriladi. Individning olamni bilish jarayoni ilmiy bilimlarning tarixiy taraqqiyoti bilan yuzaga kelgan, bevosita ifodalangan, buning natijalarini har bir individ ta’lim olish davomida o‘zlashtiradi; bu esa kishining insoniyat bilan munosabatining aynan o‘zidir. Maktab ta’limi davomida bola ko‘z o‘ngida bundan oldingi o‘tgan butun tarix davomida insoniyat tomonidan kashf etilgan va ishlab chiqilgan allaqachon tayyor, tarkib topgan, ma’lum bilimlar sistemasi tushunchalar va boshqalar sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin insoniyat uchun ma’lum bo‘lgan va uning uchun yangilik bo‘lmagan narsalar avval boshda har bir bola uchun albatta noma’lum va yangilikdek tuyuladi. SHuning uchun tarix davomida to‘plangan barcha bilimlar boyligini o‘zlashtirish, garchi tayyor tushunchalar sistemasi tariqasida kattalar rahbarligida o‘zlashtirilayotgan bo‘lishiga qaramay, boladan tafakkurning zo‘r berib, jiddiy ijodiy ishlashni talab qiladi. Demak, bolalarning insoniyatga ilgaridan ma’lum bo‘lgan bilimlarni kattalarning yordami bilan o‘zlashtirishlari bolalarda mustaqil tafakkur qilish zaruratini inkor kilmaydi, balki, aksincha, takozo qiladi.


Inson tafakkuri uzining mustaqilligi jixatidan, mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi. Tafakurning mustaqilligi deganda, kishining shaxsiy tashabbusi bilan uz oldiga konkret maksad, yangi vazifalar kuya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy harakterdagi faraz (gipoteza) qilishi, natijani kuz oldiga keltira olishi, kuyilgan vazifani xech kimning kumagisiz, kursatmasisiz, uzining aqliy izlanishi tufayli turli yul, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat amaliy qobiliyatni tushunish kerak.
Maksad, problema va vazifalar o‘zga shaxslar tomonidan qo‘yilib, tayyor usul va vositalarga tayangan holda o‘zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil tafakkur deb ataladi. Nomustaqil tafakkurli kishilar «tayyor maxsulotlar quli» ga aylanadilar va o‘sishdan orqada qolish xavfi tg‘giladi. Natijada aql-zakovatli inson bo‘lish o‘rniga kaltabin, aqlan erinchok, bexafsala odam bo‘lib voyaga etadi. Demak, tafakkurning nomustaqillik illati jaxon progressiga to‘siq bo‘lib, yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarshi ehtimoldan xoli emas.
Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati — bu moddiy voqelikdagi muhim jixatlarni ajratib, mustaqil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to‘g‘risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisa mohiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqiqatidan umumiy qonuniyat yaratishga harakat qiladi.
Fikrning mustaqilligi uning maxsuldorligi (samaradorligi) bilan uzviy bog‘langan. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soxa uchun qimmatli va yangi fikrlar, g‘oyalar, tavsiyanomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo‘lsa, bunday kishining tafakkuri sermaxsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt oralig‘ida bajarilgan ish ko‘lami va sifatiga oqilona baho berish —tafakkur maxsuldorligini o‘lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligidan namoyon bo‘ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda, insonning o‘z oldiga yangi problema, anik maqsad va konkret vazifalar qo‘yi-shini, ana shularning barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga etkazishda, echimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intilishi, ularga taallukli qo‘shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo‘lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishikligi vazifalarni tez echishda, echish paytida yangi usul va vositalarni tez izlab topishda, ularni saralashda, ana shu usullar va vositalarni o‘z o‘rnida aniq qo‘llashda, trafaretga aylangan, eski yo‘l hamda usullardan forig‘ bo‘lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
O‘zining va o‘zgalarning muloxazalarini, bu muloxzalarning chin yoki chin emasligini tekshira bilishda va namoyon bo‘lgan muloxazalarga, muxokamalarga, problematik vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o‘ynaydi. Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va sub’ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni baholash o‘z-o‘zini baholash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, problema moxiyatining to‘g‘ri ochilishiga (ba’zan etalonga) asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob’ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub’ektiv xatolarga, umuman sub’ektivizmga og‘ib ketsa, bunday xolda sub’ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub’ektiv tanqidiylik salbiy oqibatga olib keladi, shuningdek insonlar o‘rtasida «anglashilmovchilik g‘ovi» ni vujudga keltiradi, ikki shaxs o‘rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo‘ladi. Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona, ratsional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi, deb aytish mumkin.

Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish