6-Mavzu: O’qituvchi
Reja :
1.
O‘qituvchining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati.
2.
O‘qituvchi yoshlarga ta‘li-tarbiya beruvchi kishi.
3.
O‘qituvchining pedagogik faoliyati.
4.
Pedagogik qobiliyat va maqsad haqida tushuncha.
5.
O‘qituvchining kasb sifatlari.
Tayanch so’z va iboralar: Kasbni va bolani sevish, mas‘uliyat, ta‘lim-tarbiya,
shakllantirish, qiyin, sharafli, fidoiy, muallimga, muhtojlik, ota-onasi singari, qobiliyati, faol,
ijodkor, pedagogik-psixologik bilimlar, jamiyat manfaati, madaniy boylik, xazinalar, mafkura,
ma‘naviyat sohibi, kasb mahorati, pedagogik faoliyat, tayyorgarlik, metodik, siyosiy, talabchan,
kasbiy layoqatlilik, tez fikrlay olish va hokazo. Faoliyat, qobiliyat, layoqat, bilish,
tashkilotchilik, nutq, obru orttirish, ta‘sir ko‘rsata olish, nodir dunyo, ko‘ra bilish qobiliyati,
sahovatli, ijtimoiy mas‘uliyat, odob, jamiyat manfaati, izlanuvchan, tanqidiy nazar bilan
yondashish, mehr, sabr-toqat. Maxsus bilimlar, insonparvarlik, burchga sadoqat, mulohazali,
o‘ziga va boshqalarga talabchan, ziyolilik, birovlarni tinglash, ichki va tashqi go‘zallik, so‘z va
ish birligi, fidoiylik va hokazo.
Respublikamiz hukumati xalq ta’limi sohasida o’rtaga qo’yayotgan vazifalarni bajarish
ko’p jihatdan o’qituvchiga bog’liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o’tish sharoitida ta’lim-tarbiyadan
ko’zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o’quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni
bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, ma’naviy barkamol inson qilib o’stirish o’qituvchi
zimmasiga yuklatilgan. Bu haqda I. A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” asarida: “Bilimga
chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas
vazifamizdir”, - deb ta’kidlangani bag’oyat o’rinli.
O’zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga
katta hissa qo’shayotgan ijodkor o’qituvchilar soni yil sayin ortib borayapti. Maktablarda
“metodist o’qituvchi”, “katta o’qituvchi”, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi”,
“O’zbekiston xalq o’qituvchisi”, “O’zbekiston qahramoni” unvonlariga sazovor bo’lgan
o’qituvchilar soni ortib bormoqda. O’qituvchilarning sharafli qiyin ishining e’tirofi sifatida
I.A.Karimovning “O’z-o’ziga, el ishiga bag’ishlagan, inson tarbiyasiga jon tikkan olijanob
o’qituvchilarni, mo’tabar muallimlarni bundan buyon ham boshimizga ko’taramiz”, deb
bildirgan e’tirofi, hurmati har bir o’qituvchini to’lqinlantiradi.
O‘zbekistonning istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi,
fidoyiligiga, yosh avlodni o‘qitishi va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq.
So‘nggi yillarda pedagogika kollejlarida o‘qituvchilar tayyorlashni takomillashtirishiga
qaratilgan ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda.
Chunonchi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasb tayyorgarligini kuchaytirish, ixtisosiga doir
fanlar chuqur o‘rganish va pedagogik mahoratni egallash maqsadida ―Pedagogik mahorat‖
kursini fan sifatida o‘rganilishi, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga o‘tish masalasiga
e‘tibor kuchaydi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarga pedagogik, ruxshunoslik, metodikasiga
doir fanlarni o‘rgatish ko‘lami yanada kengayadi.
O’zbekiston respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’limni amalga
oshirish g’oyasi o’qituvchi kadrlar tayyorlashga amaliy yordam ko’rsatmoqda. Shu munosabat
bilan o’qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat siysati darajasida
ko’tariladi. Bu tadbirlar universitet va pedagogik insititutlarning maxsus fakul’tetlarida, malaka
oshirish insititutlarida samarali amalga oshirilmoqda.
O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb hisoblanadi. Bu to’g’risida o’qituvchilik
kasbining yosh avlodni shakllantirishdagi o’rni va ahamiyatiga bobomiz A.N.Farobiy shunday
fikrni “Baxt-saodatga erishuv va tug’ma qobiliyatlarning rivojlanishi o’z- o’zicha bo’lavermaydi,
balki bu masalada qandaydir bir muallim yoki raxbarga muxtojlik seziladi.” Haqiqatdan ham
o’quvchilardagi qobiliyatlarni rivojlantirishda va tarbiyalashda muallimning xizmatlari
beqiyosdir. Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zi yetarli emas.
Chunki pedagogik nazariyadan bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qoidalar,
umumlashtirilgan metodlar bayon etiladi. Bu to’g’rida rus mashxur pedagogi A.N.Tolstoy “Agar
o’qituvchi faqat ishiga havas qo’ygan bo’lsa, u yaxshi o’qtuvchi bo’ladi. Agar o’quvchi faqat ota,
onasi kabi havas qo’ygan bo’lsa, u oldingi o’qitkvchidan yaxshiroq bo’ladi. Bordi-yu, ikkala
xislatni o’zida mujassamlashtirsa, u holda u mukammal o’qituvchi bo’ladi,”deb juda o’rinli
ta’kidlab o’tgan. Haqiqatdan ham ana shu ikki fazilatni o’zida mujassamlashtira olgan o’qitkvchi
barkamol insonni tarbiyalay oladi. Afsuski hamma o’qituvchilardan ana shu qimmatli sifat
ba’zan shakllanmagan bo’ladi. Shuning uchun ham O’zbekiston davlatining barcha maktablarda
ishlaydigan o’qituvchi:
Pedagogik faoliyatning obro‘ e‘tiborini va ijtimoiy maqomini oshirish yuzasidan davlat
siyosati ro‘yobga chiqariladi.Ta‘lim oluvchilarning va pedagoglarning o‘qishi sog‘lig‘i va dam
olishi zarur sharoitlar yaratiladi;
4.2
Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish.
Pedagog kadrlarning malakasiini oshirish va ularning qayta tayyorlashning zamon
talablariga moslashuvchan, ta’limning yuqori sifati va barqaror rivojlanishni ko’zlovchi tizimi
vujudga keltirildi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish,
raqobatbardosh darajada ularning kasb sifatini qo’llab-quvvatlash ta’minlanadi, va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |