Ziyorat turizmi ga oid maqolalar



Download 61,91 Kb.
Sana05.08.2021
Hajmi61,91 Kb.
#138778
Bog'liq
ziyorat turizmi ga oid maqolalar


ziyorat turizmi ga oid maqolalar.

BO`LAJAK KASB TA`LIMI O`QITUVCHILARNING KASBIY MOBIL KO`NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING AXBOROT METODIK TA`MINOTINI TAKOMILLASHTIRISHDA MADANIY ME`ROSIMIZNING ROLI

BDU “Turizm” kafedrasi

o`qituvchisi Ruziyeva G.F.

Fuqarolarga sifatli va bepul ta’lim berish – ko‘p jihatdan jamiyat taraqqiyoti, kelajagini belgilovchi muhim vazifa bo`lib hisoblanadi. O‘zbekistonda bu sohaga davlat siyosatining muhim va ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraladi. Ta’lim samaradorligini ta’minlashda pedagogning kasb mahorati, bilimi, malaka va ko‘nikmasi muhim omil sanaladi. XXI asr o`qituvchi pedagogi nafaqat o`qituvchi, balki butun jamiyat, davlat kelajagini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu ko‘p jihatdan o‘qituvchi-pedagogning kommunikativ qobiliyati, irodasi, ta’bir joiz bo‘lsa, jasoratiga bog‘liq. Shu bois, o‘qituvchilik eng murakkab, shu bilan birga, juda qiziq va talab yuqori bo‘lgan kasblardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning qaror va farmoyishlari asosida oliy ta’lim sohasida bir qator o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ish beruvchilarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda son va ta’lim yo‘nalishlari uyg‘unligiga erishish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari mehnatidan tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfellarini inobatga olgan holda foydalanishni yaxshilash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq oliy ta`lim muassasalariga qabul qilish tizimi o`zgartirildi. Ta`bir joizki, ta`lim sifatini tubdan takomillashtirish maqsadida o`qituvchi – pedagoglar va ularning ta`lim berish sifatini oshirishga ham yuqori talablar qo`yilgan.

Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan oliy o‘quv yurtlari professor va o‘qituvchilari ish haqini oshirish to‘g‘risida ikkita qaror qabul qilindi, jumladan, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarining lavozim maoshlarini tabaqalashtirilgan holda — o‘rtacha 25 foizga oshirildi. Oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari ish haqi miqdorlari 2019 yil 1 yanvardan boshlab 20 foizga va 2019-yil 1-iyuldan boshlab 25 foizga oshiriladi. Bunday rag`batlantirishlar evaziga yuqori talablarga mos dars sifatiga erishish vazifasi asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab qo`yildi va bu borada har bir oliy ta`lim muassasa pedagoglari tomonidan ishlar olib borilmoqda.

Har bir o`qituvchi-pedagog qanday mutaxassislikdan va qaysi fandan dars bermasin, pedagogic bilim hamda qobiliyatga ega bo`lishi va shu asnosida amaliy ko`nikmalarini shakllantirgan holda bo`lajak pedagoglarni tarbiyalay olishi lozim. Bu borada asosan o`qituvchi-pedagogda kasbiy mobil ko`nikmalar shakllantirilishi lozim. bilimlarni egallash, ishlab chiqarish malaka va ko`nikmalarning shakllarini- talabalarning bilim faoliyatlaridagi o`zaro bog`liq komponеntlardir. Bu muammoni hal qilinishi talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Malaka maqsadga yo`nalgan faoliyat jarayonida undagi ayrim xarakatlarga maxsus e`tibor bеrmagan holda, lеkin ong nazorati ostida avtomatik suratda bajarish qobiliyatidir. Shu bilan birga bu xarakatlar mashq qilish jarayonida shakllangan va ancha murakkab xarakatlar strukturasiga kiradi.

Faoliyatning ayrim qismlarini avtomatik ravishda bajarish qobiliyati turlicha bo`lishi mumkin, chunki ko`nikmalar sifati ham bir xil emas. Ko`nikmalar shakllangan va shakllanmagan, yangi va eski, oddiy va murakkab, alohida va komplеks bo`lishi mumkin. O`quvchi-yoshlar tarbiyasi va ta`lim samaradorligini oshirishda pedagog-o`qituvchilarning kasbiy mobil ko`nikmalarini shakllantirish asosiy vazifalardan bo`lib hisoblanadi, chunki pedagogic bilim aynan shu omillar ko`magida shakllantirib boriladi.

Mazkur faoliyat doirasi va tarmoqlarini bevosita xizmat ko`rsatish tarmoqlaridan biri bo`lgan turizm sohasiga bog`laydigan bo`lsak, bugungi kunda o`qitish tizimida axborot metodik ta`minot va uning ta`minlanganlik holati yuqori darajada bo`lishi mumkin. Turistik nuqtai nazardan qaraydigan bo`lsak, bugungi kunda viloyatimiz, nafaqat viloyat, balki respublikamiz miqyosida keng rivoj topib borayotgan turistik yo`nalishlardan biri diniy turizm tarkibiga kiruvchi ziyorat turizmi bo`lib hisoblanadi. Butun jahon turistik ko`rsatkichlarga asosan bugungi kunda ziyorat turizmini amalga oshirish maqsadida sarflanadigan mablag` summasi 300 milliard dollardan ortiqni tashkil qilmoqda. O`zbekiston ham yaqin kelajakda bu summadan kerakli miqdorni olishi rejalashtirilmoqda, buning uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyoda yuz million naqshbandiya tariqati ixlosmandi bor ularning o`n million Turkiyada yashaydi. Bu silsilada 30 nafar ulamo tilga olinadi, bu ulamolardan 12 nafarining ziyoratgohlari O`zbekiston Respublikasida, shulardan 7 nafari Buxoro viloyatida joylashgan. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan faoliyatlar, jumladan, bir qator mamlakatlar uchun vizasiz rejimning joriy etilganligi yuqori potensialga ega bo`lgan ziyorat turizmini rivojlantirish uchun amaliy asos bo`lib xizmat qiladi.

Ziyorat turizmi raqamlarda

1-diagramma



Manba: Muallif ishlanmalari asosida

Misol sifatida oladigan bolsak geografik va etnik nuqtai nazardan yaqin bo`lgan, shu bilan birga ziyorat turizmi maqsadida O`zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirayotgan Turkiya davlatiga yiliga 40 million sayyoh tashrif buyuradi, ularning maqsadi turli – tuman bo`lishiga qaramasdan, bunday oqimdagi sayyohlarni qabul qilish uchun mazkur davlatda imkoniyatlar yaratib berilgan. Aslida turizm sohasi poyonsiz bir fabrikaga o`xshaydi va bu sohaning rivoji mamlakat gullab yashnashi uchun xizmat qiladi.

Ziyorat turizmi ilm orqali 7-asrda ilm orqali aynan shu diniy bilimlarni oshirish maqsadida turizm sohasi rivojlana borgan. Bugungi kunda respublikamiz miqyosida haj ziyoratidan oldin kichik haj ziyoratlarini tashkil qilish masalasiga alohida urg`u berilmoqda. Bu borada davlatimiz tegishli idoralari tomonidan “Umra+” loyihasi ishlab chiqildi. Bu loyihaning amaliy davomi sifatida 14 may kuni “Toshkent-Jakarta-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha yangi aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi. Bu “Umra+” yo`nalishining eng dastlabki va muhib bosqichi bo`lib hisoblanadi. Bundan asosiy maqsad mazkur yo`nalish bo`yicha Indoneziyadan Umra ziyoratini amalga oshiruvchi turistlar qatnovini O`zbekistonda qoldirib, “Toshkent – Jidda” yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlarni yo`lga qo`yib, mazkur sayyohlarning barchasining sayohatini respublikamiz orqali davom ettirishni maqsad qilmoqda. Bunda asosiy maqsad bor, mazkur maqsad bo`yicha faoliyatlar olib borilmoqda. Agar mazkur yo`nalish amaliyotga joriy qilinsa, haj ziyoratiga yiliga 1 milliondan ortiq sayohat qiluvchi sayyohlarning barchasini respublikamiz orqali harakatlanishi ta`minlanadi va yillik daromad ham bu jihatdan kelib chiqqan holda ortadi. Bu ko`rsatkichlarga Malayziya, Hindiston, Pokiston va Singapurdan sayohat qiladigan ziyoratchilar soni qo`shilsa, bu ko`rsatkich juda yuqori bo`lishi kutilmoqda. Bu faoliyat doirasida bugungi kunda jahon tajribasini tahlil qiladigan bo`lsak imkoniyatlar keng, biroq bugungi kunda bu jarayonni amalga oshirish uchun infratuzilma, shart-sharoitlar afsuski yetarli darajada emas. Agar mamlakat miqyosida bu faoliyat amalda joriy qilinsa, turistik oqimning rivojlanishiga olib keladi.

Hindiston misolida oladigan bo`lsak, 23 milliondan ziyod musulmonlar istiqomat qiladigan bu xalqda 12% aholi musulmonlardir. Bu raqamlar foiz hisobida kamdek tuyulishi mumkin, biroq ularning barchasi bir vaqtda yurtimizga ziyorat kelishni xoxlab qolishsa, viloyatimizda mehmonxona va turistik obyektlar tanqisligi yuzaga kelishi mumkin. Bu boradagi ilk qadam Buxoroda I xalqaro “Ziyorat turizmi” forumining tashki etlganligida bo`ldi. Forum doirasida turizm sohasida yangi yo`nalishlarni o`zlashtirish, qiziqarli sayyohlik ahsulotlarni shakllantirishga doir ko`rgazmalar tashkil etiladi, xorijlik mehmonlar va turizm tarmog`ida faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar bilan o`zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan muzokaralar o`tkazildi.

Ziyorat turizmini joriy qilish va soha rivojlanishiga oid takliflar:

- ziyorat turizmini rivojlantirish va sohaga oid faoliyatni amalga joriy etish maqsadini belgilab, belgilangan maqsad asosida faoliyat yuritadigan malakali kadrlarni tayyorlash;

- axborot metodik ta`minotni takomillashtirish, ziyoratgohlar to`g`risida avvalombor ijtimoiy tarmoqlarda ma`lumotlar, manba va kitoblarda tarixiy ma`lumotlarni joylashtirish;

- reklama faoliyatini sport bilan bog`lagan holda top-5 ligalarida tanafuslar vaqtida Respublika turistik potensialini reklama qilishni joriy qilish;

- asosan gidlarni malakasini oshirgan holda arab mamlakatlari sayyohlari uchun ham qulayliklar yaratish;

- sayohat madaniyatini har bir sayyoh bilan bir qatorda mahalliy aholi uchun ham shakllantirish.

Adabiyotlar ro`yxati:

1. 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-sonli qarori

3. https://www.trt.net.tr/uzbek/turk-dunyosi/2019/02/20/12345678910-1149203

4.http://old.uzbektourism.uz/uz/uzbekistonda-turizm/ziyorat-turizmi-turkompaniyalari-assotsiatsiyasida-taqdimot

5. “Shaxsiy yondashuv” tok shousi, 18.05.2019-yildagi soni

ISLOM MADANIYATI MARKAZI – BUXORO TURISTLAR E’TIBORIDA

Tilavova Mahliyo Mahmudovna BuxDU, Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o’qituvchisi;

Yarashova Dilshoda BuxDU, geografiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi.

Buyuk Ipak yo’li chorrahasidan o’rin olgan Buxoroi-Sharif qutlug’ ziyoratgohlari, qo’li gul hunarmandlari, me’moriy obidalari, xushovoz hofizlari, navosoz sozandalari bilan dunyoga tanilgan zamindir. Buxoro qadimiy va navqiron shahar. Bu shahar dunyo bo’yicha o’z mavqeiga ega bo’lib, etni junjitadigan sovuq qish, jazirama issiq bo’lishga qaramasdan jahonning ko’plab mintaqalaridan kelayotgan sayyohlar bilan gavjum. O’zining buyuk mutafakkirlari, betakror obidalari, muqaddas qadamjolari bilan jahonga mashhur Buxoroi-sharifda joriy yilning 21-23 fevral kunlari I xalqaro ziyorat turizmi forumi o’tkazildi. Ilk bor tashkil etilgan mazkur anjumandan ko’zlangan asosiy maqsad yurtimizning ziyorat turizmi borasidagi salohiyatini xalqaro miqyosda keng targ’ib qilishdan iborat. Zero, keyingi yillarda sayyohlarning qadimiy shaharlarimizga bo’lgan qiziqishi kuchaymoqda. Ular orasida ziyoratchilar ko’pchilikni tashkil etyapti. Xususan Malayziya, Indoneziya, Turkiya va hatto Yevropa davlatlaridan ham islom diniga e’tiqod qiluvchilar atayin kelib, muqaddas qadamjolarni ziyorat etishmoqda, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy-marifiy merosni o’rganishayotgani dillarni faxrga to’ldiradi.

O’zbekistonning jahon hamjamiyatida ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida e’tirof etilishi umumiy ma’noda mamlakatda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish va turistlar oqimini sezilarli darajada oshirishga turtki beradi. Ze’ro, islom dunyosining eng qimmatbaho durdonalaridan Qur’oni Karim namunalaridan biri – Xalifa Usmon Qur’on kitobi saqlanuvchi Hazrati Imom majmuasi buyuk islom imomi Muhammad al-Buxoriy maqbarasi, Naqshbandiya tariqati izdoshlari qabrlari va shu kabi ko’plab boshqa diniy markazlar mavjudligi bois yurtimizga qiziqishi ortayotgan sayyohlar soni yil sayin ortmoqda.

2019-yil fevral oyida Buxoro yoshlar markzida o’tkazilgan I xalqaro ziyorat turizmi forumida viloyatning hunarmandlari turli yo’nalishlarda master-klass o’tkazishdi. Ayniqsa xattotlik, kulolchilik, yog’och o’ymakorligi, misgarlik kabi sohalardagi tashkil etilgan mahorat darslari xorijiy mehmonlar e’tiborini tortdi. Ziyorat turizmining o’ziga xos talablari bor. Shuni inobatga olib, anjumanning islom diniga e’tiqod qiluvchi qatnashchilariga tegishli qulayliklar, masalan, ibodat amallarini amalga oshirish uchun zarur qulayliklar yaratib berildi. Tadbir doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari muhokama markazida bo’ldi. Mamlakatimizda turizm sohasini isloh qilish samarasi sifatida yuzaga kelgan imkoniyatlarga oid taqdimotlar uyushtirildi. Hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida muzokaralar o’tkazildi. Mehmonlarning “ Yetti pir ” qadamjolari bo’ylab ziyoratlari tashkil etildi hamda ularni Buxoroning diqqatga molik qadimiy obidalari bilan tanishtirildi.

Respublikamiz Prezidentining 2017 yil 19-maydagi “2017-2019” yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorining izchillik bilan hayotga tadbiq etilayotgani tufayli vohamizga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni tobora ortib bormoqda. Chunonchi, 2018- yilda viloyatimizga 2,5 mln nafar sayyoh, shu jumladan, 301,5 ming nafar chet ellik turist keldi.{1}

Buxoro viloyatini 1993-yil UNESKO tomonidan Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilishi uning himoya qo’rg’onini yanada mustahkamladi. Dunyo tadqiqotchilari va arxeolog olimlar e’tiborini o’ziga jalb etib kelgan shaharni yanada rivojlantirish, bu ishlarga mahalliy va xalqaro ekspertlarni jalb etish, UNESKO singari xalqaro tashkilotlar bilan madaniy va ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish o’zining ijobiy samarasini ko’rsatmoqda. Ushbu jarayon Buxoroni jahon miqyosidagi turistik markazga aylantirish borasida har tomonlama ko’mak bo’lmoqda. Shuningdek, viloyatning savdo va turizm markazi sifatida dunyo hamjamiyati qiziqishiga sazovor bo’layotgani, ayniqsa, 2020-yilda Buxoroning Islom madaniyati markazi sifatida e’irof etilishi ko’zda tutilayotgani e’tiborga molik.

Adabiyot:

1. Buxoronoma. N-15( 22. 169 ) 20.02. 2019.

QIZBIBI MAJMUSINING ZIYORAT TURIZIMIDAGI O’RNI

Axmatov Amonkeldi Hasanovich. BuxDU “JahonTarix” Kafedrasi o’qituvchisi

Umedov Zokir O’tkir o’g’li BuxDU 2-kurs MIG’ talabasi

Bugungi kunda mamlakatimiz kundan kunga chiroy ochib rivojlanib bormoqda buning sababi davlatimiz rahbari tomonidan har bir sohada olib borilayotgan amaliy va samarali islohotlar desak adashmagan bo’lamiz. Dunyoda mamlakatni eng ko’p va tez jahonga tanitadigan sohalar bular; sport, fan, san’at va shu bilan birgalikda turizim sohasi hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan yurtimizda turizimni rivojlantirish bo’yicha aniq belgilangan chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Turizim sohasi o’z ichida bir qancha yo’nalishlarga bo’linadi. Bularga ziyorat turizimi, eko turizim, sayohat turizimi va boshqalar. Bularning orasida ziyorat turizimi bizning qadimiy va tarixiy Buxoro uchun eng asosiy soha hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yurtimizda ziyorat turizimini rivojlantirish to’g’risida”gi 2016-yil 2-dekabrdagi 4861-sonli farmoni, 2017- yil 16 –avgustdagi “2018-2019 yilarda turizim sohasini rivojlantirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to’g’risida”gi 3217- sonli qarori va 2017-yilda qabul qilingan “Buxoro viloyati va Buxoro shahrida 2017-2019 yilarda turizim sohasini jadal rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ 2980-sonli qarorlari viloyatdagi tarixiy qadamjolarni qaytadan rekanstruksiya qilish va tiklash ularning atrofidagi qarovsiz yerlarni obod qilish vazifalari belgilab olingan”

Buxoro qadimdan ko’hna qadamjolarga boy shahar hisoblanadi bularga misol qilib ARK qo’rg’oni,Labi Hovuz ansambili, Minorai Kalon yodgorligi , Yetti pir ziyoratgohlarini misol keltirishimiz mumkin bu o’rinda yana bir tarixiy obida Buxoro Viloyati Jondor tumanida joylashgan “Qizbibi‘’ majmuasini misol keltirishimiz mumkin. “Qizbibi” yodgorligi haqida batafsil malumot beradigan bo’lsak, majmua Buxoro shahridan 29 km g’arbda joylashgan 16 -18 asrlarga mansub memoriy yodgorlik. Majmua ‘’Bibi Maxsumai pok ‘’ nomiga sazovor bo’lgan “Og’ayi Buzrug – Qizbibi “ nomli mashhur qizning nomi bilan bog’liq. ”Qizbibining ismi Mastura xonim Mir-Arabning vaziri Sodiq xon uning nomiga atab ajoyib ansambil barpo etadi. Majmuaning umumiy ko’rinishi to’rt burchak shaklida, umumiy maydoni 0,5 gektar. Shimoliy va janubiy hovlilar atrofida joylashgan darvozaxona, hujralar, ayvonli masjid –xonaqoh quduq hammom hamda shimoldagi xoli turgan binolardan iborat. Majmuadagi binolardan faqat masjid ayvonigina yog’och o’ymakorligi,yig’ma bo’laklar orasiga qadalgan shishalar tekis shiftdagi girih naqshlar bilan ziynatlangan. Majmuaning shimoli- sharqiy qismida darvozaxona bilan maqbara oralig’iga keyinchalik oshxona, otxona va boshqa yordamchi xonalar qurilgan” . Qizbibi majmuasida Jondor tumani hokimligi tashabusi bilan 2005-yilda qayta rekanstruksiya ishlari olib borilib, yirik ziyoratgohga, qutlug’ qadamjoga aylantirilgan . “Qizbibi” ziyoratiga dardlariga shifo izlab asosan, ayollar kelgan. Bazi ma’lumotlarga ko’ra majmua ayniqsa, chilaxonaga faqat ayollar kirishi mumkin bo’lgan. Bu yerga mamlakatning turli qisimlaridan ziyoratchilar tashrif buyurishadi erkaklarga “Qizbibi” qabriga kirish man etilgan bo’lib bu yerda ayollar 3 kunlab hech kimni ko’rmasdan tinmasdan farzand so’rab,ro’za va ibodad qilishgan.Mahalliy aholi uning arvohi ushbu majmuada qizlarga bepushtlikdan qutulish va oilaviy baxtni topishda yordam berib yashab o’tishini takidlashadi. “Qizbibi” majmuasi keng qamrovli vazifalarni o’tagan, anchagina murakkab tuzilishga ega bo’lgan yodgorlik namunasi hisoblanadi. Funksional jihatdan har xil xonalarning to’liq majmuasi o’rta asr boshlariga xos bo’lib bosqichma-bosqich xonaqohlarni tashkil qilgan va bu o’sha davrdagi o’ziga xos ansambil hisoblangan

“Qizbibi” majmuasi Jondor tumanida ziyorat turizimini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan yirik majmua hisoblanadi. Qizbibi yodgorligi geografik jihatdan qulay hududa joylashgan bo’lib mashhur Yetti pir avliyolari bo’lmish Muhammad Boboyi Samosiy va Xo’ja Ali Rometaniy 4- va 5-pirlarninig ziyoratgohlariga yaqin hududa joylashgan. Bundan tashqari majmua tarixiy sulola hisoblanmish Buxorxudodlarning yozgi qarorgohi bo’lgan Varaxsha saroyi xarobalariga yaqin hududa joylashgan (10 km). Majmuaga tashrif buyuruvchi sayohlar yodgorlikni ziyorat qilish bilan birgalikda tarixiy obida hisoblanmish Varaxsha saroyi qoldiqlarini ham ko’rishga muvvafaq bo’lishadi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Qizbibi yodgorligi yurtimizda xususan Buxoro viloyatida ziyorat turizimini rivojlantirishga katta hisa qo’shadigan tarixiy yodgorlik hisoblanadi. Majmuani bugungi kun ziyorat turizimi talablariga moslab qaytadan tamirlab obodonchilik ishlarini olib borsak ham mahalliy ziyoratchilar ham chet elik sayohlarning majmuaga ko’proq kelishini taminlagan bo’lamiz va shu bilan birga ajdodlarimizdan qolgan tarixiy merosga o’z hurmatimizni bildirgan bo’lamiz .

RESPUBLIKAMIDA TURIZM SOHASINING FAOLLASHUVI VA UNDA XIZMAT KO’RSATISH SOHASINING ISTIQBOLLARI

BDU “Turizm” kafedrasi o`qituvchisi G.F.Ruziyeva

3-1 XS-15 guruh talabasi Ahmedov G’

Xizmat ko'rsatish sohasi moddiy bo'lmagan (ma’naviy) tovarlar ishlab chiqaradi, aniqroq qilib aytganda mahsulotlar o’rniga (ya’ni qo’l bilan ushlab bo’ladigan, sotib olib, qayta sotib bo’ladigan) xizmatlar ko'rsatadi va AQSh aholini ro'yxataga olish byurosining tahlillariga ko'ra, u turli xil xizmat ko'rsatish sohalarini qamrab oladi: ombor va yuk tashish xizmatlari, axborot sektori xizmatlari, qimmatli qog'ozlar va boshqa investitsiya xizmatlari, professional, texnik va ilmiy xizmatlar, chiqindilarni boshqarish xizmati, sog'liqni saqlash va ijtimoiy yordam xizmatlari, san'at, o'yin-kulgi va dam olish xizmatlari. Xizmat ko'rsatish sohasi atrofida qurilgan iqtisodga ega mamlakatlar sanoat yoki qishloq xo'jaligiga asosolangan mamlakatlarga qaraganda ancha rivojlangan hisoblanadi.

Xizmat ko’rsatish sektori – bu uch tarmoqli iqtisodiyotning uchinchi qismi bo’lib, iqtisodiyotning birinchi sektori, birinchi navbatda, iqtisodiyotda fermerlik, tog'-kon sanoati va qishloq xo'jaligi bizneslarini qamrab oladi. Ikkinchi tarmoqda esa mahsulot ishlab chiqarish va oldi sotdi uchun yaroqli bo’lgan tegib, ushlab bo’ladigan moddiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati kiradi. Xizmat ko'rsatish sektori, uchinchi iqtisodiy sektor deb tasniflansa-da, iqtisodiyotda biznes faolligining katta qismini tashkil qiladi. Jumladan, turizm sohasi ham o`z navbatida hozirgi davrda turizm dunyoning juda ko’p mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, turizm turistik tashkilotlar orqali turistik marshrutlar bo’yicha uyushtiriladi. Turizmning juda ko’p turlari va shakllari mavjud bo’lib ulardan eng ommalashganlari ichki turizm, xalqaro turizm , uyushgan turizm , suv turizmi , agro turizm, sport turizmi va shu kabilardir . Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 1999 yil 20 avgustda O’zbekiston Respublikasining "Turizm to’g’risida"gi qonuni qabul qilingan. Bugungi kunda bu qonunning yangi tahririni ishlab chiqish bo`yicha keng ko`lamdagi faoliyatlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni, 2017-yil 16-avgustdagi qarori sohani rivojlantirishda muhim omil bo’ldi. Buning yaqqol natijasi o`laroq joylarda sayohatni amalga oshirib, ommaviy axborot vositalari orqali yoritish, soha rivoji va faoliyatini keng targ`ib qilish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda tourist.uz, tourism.uz kabi ko`rsatuvlar orqali bevosita har bir tomoshabin va foydalanuvchini bu sohada band qilib, qiziqishlari orttirilmoqda. Turizm industriyasi, xususan, ichki turizm yurtimiz iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Mamlakatimizning har bir hududi o‘ziga xos turistik jozibaga ega. Shu bois turizmni rivojlantirish hisobidan minglab yangi ish o‘rinlari yaratish mumkin. Ayniqsa, bu borada ichki turizm imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish, yoshlar turizmini ommalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida o‘zgarishlar yuz berishi, «Uzbekistan Tourism Industry Awards» mukofoti ta’sis etilishi, Yoshlar turizmi voqealari yagona taqvimi joriy etilishi va yoshlar xostellari tashkil etilishi bilan bog`liq faoliyatlar esa sohada band bo`layotgan yoshlar sonining ortishiga olib kelmoqda. Xozirda yurtimizda faoliyat olib borayotgan asosiy turistik firmalar o’z dasturlarida sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yo’nalishlarni ishlab chiqqan:

 klassik yo’nalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarkand, Buxoro Shahrisabz, Toshkent). Bu yo’nalish eng qadimiy yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bog’liq;

 ekologik turizm yo’nalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qo’riqxonasi, Buxoro viloyatidagi qo’riqxonalar). Bu yo’nalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay hamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bog’liq;

 Arxeologik turizm yo’nalishi (Qoraqalpog’iston, Surxondaryo, Samarkand hududdari bo’ylab). Bu yo’nalish O’zbekistonning eng qadimiy topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qo’yadi;

 Ekstremal turizm yo’nalishi (Chimyon, Farg’ona vodiysi, Orol bo’yi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari bo’ylab);

 Diniy turizm yo’nalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog’liq.

Bugungi kunda viloyatimiz miqyosida turistik yo`nalishlar bo`yicha sayyohlar oqimi tahlili

1-diagramma

Manba: department statistic ma`lumotlariga asosan

Ziyorat turizmi bo'yicha mamlakatimizning salohiyati juda yuqori. Bu yo'nalishda zarur qulayliklar yaratish maqsadida Din ishlari bo'yicha qo'mita tarkibida Ziyorat turizmini qo'llab-quvvatlash bo'limi tashkil etilgan, Malayziya, Turkiya, Indoneziya kabi davlatlar uchun vizasiz rejim joriy qilindi. Xozirgi kunda yurtimizda islom dunyosida tan olingan allomalarning maqbaralari, tabarruk qadamjolar ko'p. Masalan, turli viloyatlarda Naqshbandiya tariqatini targ'ib qilgan 12 ulamoning qabri bor. Biz hozirda ularning 8 tasi, ya'ni Buxorodagi "Etti pir" va Samarqanddagi "Xo'ja Ahror Valiy" ziyoratgohlarini obod qilinyapti. Lekin Surxondaryodagi Muhammad Zohid Buxoriy, Alovuddin Attor va Qashqadaryodagi Muhammad Darvesh, Muhammad Imganakiy maqbaralari ta'mirga muhtojligi ta’bni xira qiladi.

Joriy yil fevral oyining o'zida Prezidentning shu sohaga doir 4 ta muhim hujjati qabul qilindi. Unga ko’ra :

Joriy yilning 10-fevralidan boshlab Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Isroildan kelayotgan turistlarga mamlakatimizda 30 kungacha vizasiz bo'lishga ruxsat berildi.

39 mamlakat fuqarolariga viza berish tartibi soddalashtirildi.

2018-yil 1-iyuldan elektron vizalar joriy qilinadi.

2017-yilda O'zbekistonga qariyb 2 million 700 ming turist tashrif buyurgan. Ularning aksariyat qismi qarindoshlarini ko'rish, davolanish, o'qish yoki tijorat kabi maqsadlarda kelayotgandir.

Bugun mamalakatimizga keladigan turistlar sonini oshirish, ularni respublikamiz, viloyatimiz, umuman, shahrimiz jozibadorligi bilan tanishtirish maqsadida har bizrimiz soha rivoji uchun xizmat qilishimiz, avva;ombor o`z faoliyatimiz, ishimizning ustasi bo`lgani holda xizmat ko`rsatish tarmog`ida turizm sohasining o`rnini belgilashda ko`maklashishimiz maqsadga muvofiqdir.

Adabiyotlar ro`yxati:

1. 2016-yil 2-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi 2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risidagi qarori

3. Murodjon Mirzayev, Mahbuba Aliyeva “Turizm asoslari” darslik, T: 2015 yil

4. http://old.uzbektourism.uz/uz/uzbekistonda-turizm/ichki-turizmni-rivojlantirish-istiqbollari-va-unda-yoshlarning-o-rni

5. www.lex.uz

6. https://www.gazeta.uz/oz/2018/08/10/yoshlar-turizmi/

ROLE OF PILGRIMAGE TOURISM IN BUKHARA REGION

M.X.Kurbanova, BSU, lecturer

Annotation: This paper reviews theoretical basics of religious tourism and gives practical suggestions for improving it in Bukhara region.

Keywords: religious tourism, pilgrimage tourism, faith, halal

Religious tourism, sometimes called spiritual tourism, is gaining an increasing role throughout the world. Because of its original component, the pilgrimage is often considered the oldest form of tourism, dating back thousands of years. Traveling to ancient holy places did not have today’s logistical support, but they had the same human motivation: faith. This faith, sometimes extreme, was the basis for the formation of religions.

Religious tourism is divided into two main types [1]:

- pilgrimage tourism;

- religious tourism excursion and educational orientation.

Pilgrimage, a common religious and cultural phenomenon in human societies and an important feature of the world’s major religions, has been defined as “a journey resulting from religious causes, externally and internally for spiritual purposes and internal understanding” [2].

Pilgrimage tourism is a combination of travel of representatives of various religions with pilgrim goals. Pilgrimage - the desire of believers to worship the holy places.

Among the reasons for making the pilgrimage followings can be included [1]:

- the desire to heal from mental and physical ailments;

- pray for friends and relatives;

- to find grace;

- to perform charitable work;

- forgive sins;

- express gratitude for the goodness sent from above;

- show devotion to faith;

- striving for asceticism in the name of faith;

- to gain the meaning of life.

Pilgrimage, classified according to various criteria:

 by the number of participants and family affiliation - individual, family and group pilgrimages;

 according to duration - long lasting and short pilgrimages;

 by seasonality - year-round pilgrimages, as well as confined to religious holidays;

 by visiting sites - visiting religious places of worship (churches, monasteries, temples), as well as natural places of worship (mountains, lakes, caves, springs, groves);

 by the location of the object of pilgrimage - internal (within state borders) and foreign pilgrim tours;

 on the basis of obligation - voluntary and obligatory pilgrimage tours (for example, in Islam pilgrimage Hajj is obligatory for every Muslim).

Relationship between pilgrimage and tourism must be viewed from two perspectives. The first is the point of view of religious organizations and the travelers themselves. From this point of view, pilgrims are generally not considered to be tourists, or at least considered different from tourists because they travel for spiritual reasons, while tourists travel (or visit places) for secular reasons such as curiosity and pleasure. The second one is tourism industry and tourism research point, in which pilgrims are considered tourists and should be treated as such. This perspective relates to the development of economic activities such as hotels, restaurants, shops, hospices and religious centers. The main regions of pilgrim tourism are Russia, Ukraine, Belarus, Moldova, Europe, North and Latin America, North Africa with a predominance of Islam, Eastern and partly Western Africa with a predominance of Islam and the presence of Christianity centers, Western Asia with the dominance of Islam, Christianity and Judaism, South Asia with the spread of Hinduism, Buddhism, Sikhism, Jainism, and Islam, Southeast Asia with a predominance of Buddhism, Islam and Hinduism, Eastern Asia with the dominance of Buddhism, Confucianism and Shinto, Central Asia (Tibet), which is dominated by Islam and Lamaism, Central Asia, with a predominance of Buddhism and Islam.

The organization “Crescent Rating” in 2017 has compiled a rating on halal tourism, in which Uzbekistan ranked 28th. In the ranking, our country received 84 points out of 100 in the category “safe tourism”, in the category “freedom of access to religious institutions” - 80 points, in the category “opportunities and food guarantees” - 70 points. However, it received medium and low scores in such categories as “visa” (50), “airport capacity” (48.3), “family rest” (44.4), “living conditions” (33.2), “opportunities for Muslims”(25), “visit of tourists”(21.2), “communication opportunities” (19). In 2018, attention was paid to improving underdeveloped areas, which were given a low rating. The State Committee for the Development of Tourism, together with Crescent Rating organization, has developed proposals and recommendations for the development of pilgrimage tourism in our country. On the basis of these recommendations, the conditions necessary for prayers are created at international airports. In our country, according to the Malaysian standard MS 2610:2015 “Muslim friendly hospitality services. Requirements” developed draft of the “O‘z DSt:2018. Tourist services. Muslim hospitality. Requirements”. The most important event in the field of pilgrim tourism is the introduction of the “Halal” standard in our country. A logical continuation of this work was the 1st “International forum on Ziyarat-turizm” held in Bukhara, which was organized by the State Tourism Development Committee of the Republic of Uzbekistan in cooperation with the Bukhara Regional Administration, Committee on Religious Affairs under the Cabinet of Ministers, Muslim Board of Uzbekistan, Vakf Charitable Foundation, Ministry of Foreign Affairs, the World Tourism Organization and UNESCO with the support of the National Airline of Uzbekistan Airways. In 2018 2,5 million tourists visited Bukhara, including over 300 thousand foreign tourists. Taking into account the expected sharp increase in the flow of tourists to Bukhara this year about 50 hotels, more than 20 restaurants, several parks and avenues are being built here. Soon, thanks to cooperation with investors from Germany, Russia, India, China, South Korea, Turkey and other countries, the city will have infrastructure capable of receiving more than 10,000 tourists per day. In addition, the planned development of such new areas of tourism as environmental, gastronomic, agricultural, sports, cultural and educational events, festivals and competitions. Since last year, work has begun on the introduction of a “Halal” standard in catering establishments and restaurants. Officially, the state standard ISO 22000 O’z DSt 3286:2018 “General Guide to Food Products “Halal” was put into practice.

Bukhara is considered to be the oldest and most sacred city. In this area in no season period it is possible to attract local and foreign tourists through the development of pilgrimage tourism. Abul Hasan Abduramon ibn Muammad Nishopuri wrote in his book “Khazoin ul-ulum” (“Treasure of knowledge”), “Bukhara has been decorated with sweet water, delicate airy, with enormous surroundings, abundance of viands and place of perfection and good words”. For this reason, there are Muslim worship places in the city of Bukhara and its vicinity, where comprised sites of 160 saints, scholars, wise men and poets. Unfortunately, during the rule of the Soviet Union, the provincial, district, and district arbitrators issued decrees and orders with various pretexts under the slogan “In the name of the revolution” and destroyed the sacred tombs and graves of many saints for centuries. During the years of independence, attention to the restoration of ancient monuments and places of worship has been increasing. Today, many of them are not important tourist destinations. However, the information about them is not popular among the people. Therefore, the promotion of the worship programs in Bukhara will prompt the solution of the existing problem. This new trend consists of pilgrims visiting holy Bukhara, “Dome of Islam”. With the implementation of pilgrimage tourism around Bukhara region following results will be achieved:

 The roots of our national history will be restored, propaganda campaigns will be conducted among the population;

 Access to the sightseeing will be improved;

 A new tourist route will be created using available resources;

 Domestic tourism will be developed.

Increasing number of local tourists will increase touristic season in the area. The scope of the route for the sale of touristic commodities will be expanded. It can be concluded that with the improvement of pilgrimage tourism in Bukhara region the land will be turned into sacred place, “small Hajj” will be implemented, which will have enormous effect in

References:

Collins-Kreiner, N. (2015) Dark tourism as/is pilgrimage, Current Issues in Tourism, 19(12) 1185-1189. DOI: 10.1080/13683500.2015.1078299

Barber, R. (1993) Pilgrimages. London: The structuring tourist flow in seasonal period.



Boydell Press.

https://scienceforum.ru/2015/article/2015010565
Download 61,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish