38-savol.
ZiyoNET jamoat ta'lim tarmog'i 2005 yil hukumat qarorlariga muvofiq tashkil topgan. ZiyoNET tarmog'ining asosiy maqsadi ta'lim tizimida respublika yoshlari hamda ta'lim oluvchilarning bilim olish jarayonida axborot-kommunikasiya xizmatlarini tadbiq etishdir.
ZiyoNET tarmog'i Resurs markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· Ta'lim muassasalarini ulash monitoringi;
· Veb-texnologiyalar orqali axborot resurslardan keng qamrovda va xavfsiz foydalanish;
· Axborot-ta'lim resurslarini birlashtiradigan texnologik maydonchani tuzish va rivojlantirish;
· Yoshlarni, o'qituvchilarni ta'lim muassasalari va ta'lim sohasiga bog'liq yoki qiziqqan boshqa ijtimoiy qatlamlarni o'zaro birlashtiradigan virtual jamiyatni yaratish.
Ma’lumki, “ziyo” arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, «nur», «shu’la» ma’nosini anglatadi. NET so‘zi esa axborot texnologiyalariga taalluqli atama bo‘lib, inglizchadan «to‘r», «tarmoq» ma’nosini bildiradi. Demak, sodda qilib aytsak, «ZiyoNET» — nur, ziyo tarqatuvchi tarmoq ma’nosini bildiradi. Tarmoq faoliyatining qirralari xilma xil.
Saytning asosiy oynasida 12ta bo'lim mavjud bo'lib, bular:
1. Saytlar reestri- Internet tarmog‘ining yuqori tezliklar bilan kengayib borayotgani hisobiga foydalanuvchilarda qiziqarli va foydali saytlarni tezroq topishga ehtiyoj yuzaga kelmoqda. ZiyoNET portalining ushbu "Saytlar" bo‘limi aynan shu maqsadda tashkil etilgan bo‘lib, unda foydalanuvchilar uchun eng kerakli va foydali saytlar jamlagan.
2. Xorijiy tillar- Foydalanuvchilarga tillarni qulay va oson o'rganish, lug'atlardan foydalaniah imkonini beruvchi bo'lim.
3. Audiokitoblar- Foydalunuvchilarga qulay bo'lishini ta'minlash maqsadida yaratilgan audiokitoblarni o'zida jamlagan bo'lim.
4. Kutubxona- Foydalanushchi uchun kerakli bo'lgan va turli turdagi kitoblar, qo'llanmalarni o'zida jamlagan bo'lim.
5. Savol-javoblar- foydalanuvchilar sayt adminlari bilan muloqotini ta'minlovchi bo'lim bo'lib, buncha goydalanuvchilar sayt yuzasidan istalgan savollariga javob olishlari mumkin.
6. O'yinlar
7. Ta'lim muassasalari- Yurtimizdagi barcha ta'lim muassasalari, jumladan, oliy, o'rta maxsus, o'rta va boshlang'ich ta'lim mussasalari haqida ma'lumotlar jamlangan bo'lim.
8. Abiturient-Respublika oliy ta‘lim muassasalaridagi barcha mutaxassisliklar bo‘yicha ma‘lumotlar va testlar jamlangan abiturentlar uchun maxsus bo'lim.
9. Sport
10. Sayt-satellitlar- barcha turdagi yangiliklar, maqolalar , qo'llanma , referatlarni jamlagan sayt-satellitlarini yaratish imkoni beruvchi bo'lim.
11. Arboblar- barcha arboblar to'g'risida ma'lumotlar
12. Armiya va yoshlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |