ZIYONET TARMOG'I HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
Umumiy Ma'lumotlar
Imkoniyatlar
ZiyoNET jamoat ta'lim tarmog'i 2005 yil hukumat qarorlariga muvofiq tashkil topgan. ZiyoNET tarmog'ining asosiy maqsadi ta'lim tizimida respublika yoshlari hamda ta'lim oluvchilarning bilim olish jarayonida axborot-kommunikasiya xizmatlarini tadbiq etishdir.
ZiyoNET tarmog'i Resurs markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· Ta'lim muassasalarini ulash monitoringi;
· Veb-texnologiyalar orqali axborot resurslardan keng qamrovda va xavfsiz foydalanish;
· Axborot-ta'lim resurslarini birlashtiradigan texnologik maydonchani tuzish va rivojlantirish;
· Yoshlarni, o'qituvchilarni ta'lim muassasalari va ta'lim sohasiga bog'liq yoki qiziqqan boshqa ijtimoiy qatlamlarni o'zaro birlashtiradigan virtual jamiyatni yaratish.
Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega loyihalar uchun xosting
Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarning Uznetda qatnashishi maqsadida, ZiyoNET tarmog'ining resurs markazi tomonidan ta'lim muassasalari va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyixalar uchun bepul xosting xizmati taqdim etiladi.
Batafsil ma'lumotni bu yerda ko'rishingiz mumkin.
Ta'lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyixalar uchun xosting taqdim etish bo'yicha savollarga javoblar forumning maxsus bo'limida mavjud..
ZiyoNETdagi satellit-saytlarining yaratilishi
Yoshlarning, o'quvchilarning va manfaatdor shaxslarning orasida AKT dan foydalanish malakalarini rivojlantirish imkoniyatini taqdim etish uchun bepul sayt-satellitlar yaratish imkoniyati amalga oshirilgan.
Satellit-saytlar – Wordpress platforma bazasida domenning uchinchi darajasida foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan turli mavzu yo'nalishidagi saytlardir.
ZiyoNETda satellit-saytini yaratish bo'yicha savol-javoblar forumning maxsus bo'limida mavjud..
Ta'lim muassasalarini ZiyoNET tarmog'iga ulash bo'yicha savollar
Hukumat qarorlariga muvofiq barcha ta'lim muassasalari (ulanish ob'ektlari) ZiyoNET yagona axborot-ta'lim tarmog'ida birlashishlari, ya'ni ZiyoNET tarmog'iga birlashish dasturi doirasida internetga ulanishlari shart.
UZINFOCOM Markazining ZiyoNET axborot resurs markazi Tender komissiyasining ishchi guruhi vazifasini ham o'z zimmasiga olgan holda, provayderlar hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, o'quv muassasalarining internet tarmog'iga ulanishining monitoringini amalga oshiradi.
Tarmoqqa ulanish bo'yicha savollarni bu yerda o'qishingiz mumkin.
Ko'plab so'ralgan savollarga javoblar «Yordam» bo'limida ham mavjud.
2.2Ziyonet tarmog'dan foydalanuvchilari uchun umumiy qoidalar
1. Hujjat mazmuni
2. Foydalanuvchilar
3. Resurslar
4. Sayt-satellitlar
5 ZiyoNET portalida va sayt–satellitlarda quyidagilar ta’qiqlanadi
6. ZiyoNET portalida mualliflik huquqi
7. Mahfiylik
7.2 Shahsiy ma'lumotlarni to'plash va ulardan foydalanish
7.3 Shahsiy habarlarni fosh etilmasligi
8. Jazo choralari
9. Kafillikdan ozod bo'lish
1. Hujjat mazmuni
1.1 Ushbu qoidalar ZiyoNET ahborot ta'lim tarmog’i (bundan buyon ZiyoNET portali) ma'muriyati va foydalanuvchi o'rtasidagi yuridik mas'uliyatni belgilovchi shartnoma hisoblanadi hamda ZiyoNET portali hizmatidan foydalanishni belgilab beradi.;
1.2 Mavjud qoidalar ZiyoNET portalidan foydalanilgandan boshlab amalga kiradi va belgilanmagan muddatda foydalaniladi;
1.3 Qoidalar doirasida ko'rsatilgan bepul hizmatlarni hisobga olgan holda foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishni belgilash ularga nisbatan qo'llanilmaydi;
1.4 Sud qaroriga binoan berilgan qoidaning qaysidir bandini bekor qilinishi yoki majburiy qo'llanilishi bitimning ushbu bandlarini tushunarsiz bo'lganligini va bajarilmaganligini ko'rsatmaydi;
1.5 ZiyoNET portalining saytining ma'muriyati qoidalardagi bandlarni bir tomonlama ikkinchi tarafning tasdiqlashisiz o'zgartirishi mumkin. Qoidalarning tahrir qilingan yangi ko'rinishi ZiyoNET portaliga joylashtirilgan vaqtdan boshlab qoidalarning yangi tahririga juz'iy o'zgartirishlar kiritilmagan holda e'lon;
1.6 Bitimning bandlari foydalanuvchi tomonidan suiste'mol qilinganida ZiyoNET portalining ma'muriyati tomonidan chora ko'rilmaganligi yoki o'z imkoniyatidan kelib chiqqani holda keyinroq chora ko'rgani bu sayt ma'muriyati keyingi safar bunday qonunbuzarliklarga yo'l qo'yilganida o'z huquqlaridan voz kechadi degani emas;
1.7 Foydalanish bitimiga oid savollar yuzaga kelganida foydalanuvchi murojaatnoma orqali ZiyoNET portali ma'muriyati bilan bog'lanib javob olishi mumkin;
1.8 Internetga kirish huquqiga ega bo'lish va shu maqsadda jihoz va dasturiy mahsulotlarni sotib olish, o'rnatishga oid muammolarning bartaraf etilishi bitim doirasida emas hamda foydalanuvchining o'zi tomonidan hal etiladi.
2. Foydalanuvchilar
2.1 ZiyoNET portalidan foydalanuvchilar:
· oddiy foydalanuvchilar;
· ID.UZdan ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar kabi guruhlarga bo'linadi.
2.2 ID.UZ – bu OpenID tehnologiyalarini qo'llab-quvvatlovchi ro'yhatdan o'tishning yagona tizimidir.
2.3 Ayni paytda ID.UZ tizimi ZiyoNET tarmog’ining barcha saytlaridan, shuningdek, OpenID tehnologiyalarni qo'llovchi barcha saytlardan ro'yhatdan o'tishni ta'minlaydi.
2.4 ZiyoNET portalining oddiy foydalanuvchilari faqatgina ma'lumotlar bilan tanishishlari mumkin;
2.5 ID.UZ tizimidan ro'yhatdan o'tganlar qo'yidagi imkoniyatlarga ega:
2.5.1 ZiyoNET portalining kutubhonasiga ta'limiy ahborot resurslarini joylashtirish;
2.5.2 3 darajali «zn.uz» domenida sayt-satellitlarini yaratish;
2.5.3 ZiyoNET portalining yopiq bo'limlariga kirish imtiyoziga ega bo'lish.
2.5.4 ZiyoNET ahborot resurs tarmog’ining turli tanlovlarida ishtirok etish.
3. Resurslar
3.1 ZiyoNET portali O'zbekiston Respublikasiga aloqador bo'lgan ahborot - ta'limiy resurslarga, yangiliklarga hamda saytlar tavsifi keltirib o'tilgan kataloglarga ega;
3.2 ZiyoNET portaliga joylashtirilgan resurslar tekshiruvdan o'tadi;
3.3 ZiyoNET tarmog’i resurslariga Fikr.uz, Tanlov.uz, uTube.uz, wiki.zn.uz;
saytlari kiradi.
4. Sayt-satellitlar
4.1 ZiyoNET ahborot ta'limiy portalining sayt-satellitlari internet tarmog’idagi saytlar bilan ishlash va ularni boshqarish bilan tanishishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Sayt-satellitlarning faoliyati internet tarmog’idagi ahborot-ta'limiy resurslar bilan ishlashga o'rgatish hamda o'qituvchilar, o'quvchilar va hohlovchi shahslarning ushbu yo'nalishdagi darajasini oshirishga qaratilgan. Sayt satellitlardan foydalanish kelgusida Wordpress kontent tizimini boshqarish(CMS)ga tayyorgarlikni belgilab beradi. Barcha sayt-satellitlar 3- darajali domen -«zn.uz»ga moslashtirilgan;
4.2 Sayt-satellitlar o'zga saytlarni ommalashtiruvchi hamda reklama qiluvchi ahborot maydonchasi emas;
4.3 3 –darajali «zn.uz»dagi saytlarga yangiliklar kiritilishi domiy ravishda nazorat qilib boriladi.;
4.4 Har bir sayt-satellitga ohirgi 3 oy mobaynida kamida 5 ta maqola joylashtirilishi shart;
4.5 Ushbu qoidalarga amal qilinmaganda foydalanuvchining ro'yhatdan o'tish jarayonida ko'rsatib o'tilgan pochta manziliga kelgusi ikki hafta mobaynida yangilik kiritish kerakligi ko'rsatilgan ogohlantirish hati yuboriladi. Ogohlantirish yuborilgan ikki hafta o'tgach foydalanuvchi saytiga yangi ma'lumot kiritmasa, sayt ma'muriyati saytni yopib qo'yish, keyinchalik esa saytni o'chirish huquqiga ega;
4.6 ZiyoNET portalining ma'muriyati sayt-satellitlarning ishlash jarayonida tehnik nosozliklar yuz berganida dasturiy ta'minotga oid tehnik yordam ko'rsatishi mumkin;
4.7 ZiyoNET portalining ma'muriyati saytga ishlov berish, uni to'ldirish, rivojlantirish bilan shug'ullanmaydi.
5 ZiyoNET portalida va sayt–satellitlarda quyidagilar ta’qiqlanadi
5.1 Davlat siyosatiga mos kelmaydigan mazmundagi so'zlar ifodalangan maqolalar qoldirish, maqola va izohlar yozish jarayonida qo'pol, “ko'cha tili” aks etgan so'zlarni yozish;
5.2 Quyidagi mazmun va nomga ega bo'lgan habar qoldirish keskin ta’qiqlanadi:
5.2.1 O'zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo'lgan;
5.2.2 Umuminsoniy ahloq normalariga monelik qiluvchi;
5.2.3 Milliy, diniy ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi so'zlarni aks etgan maqolalar yozish;
5.2.4 Shahvoniy va pornografik mazmunga ega bo'lgan tasvir va videolavhalarga ko'rsatkichlar qoldirish;
5.3 Maqolalar va materiallar, izohlar matnida pullik hizmatlarni tatbiq etuvchi, reklama hizmatini ko'rsatish hizmatlarini joriy etish;
5.4 Saytni ma'lumot bilan to'ldirish hamda “o'zini ko'rsatish” maqsadida hech qanday mazmunga ega bo'lmagan maqola va izohlar qoldirish;
5.5 Maqolaga qoldiriladigan izohlar bo'linmasidan biror bir foydalanuvchiga qarata yoziladigan maqola mazmuniga ega bo'lgan hatlar bo'linmasi sifatida foydalanish ta’qiqlanadi;
5.6 ZiyoNET portalining qonun-qoidalari, ularning bajarilishiga va sayt ma'muriyati, tahrirchilari faoliyatiga qaratilgan ochiqdan-ochiq namoyishkorona e'tiroz bildirish ma'n etiladi.
6. ZiyoNET portalida mualliflik huquqi
6.1 Foydalanuvchi ZiyoNET portalining hizmati yoki habarlaridan nusha ko'chirib, takrorlab pul ishlash maqsadida tijoriy foydalanmaslik majburiyatini oladi;
6.2 Foydalanuvchi www.ziyonet.uz dasturiy ahborot tehnologiyalarini buzish, shuningdek, dasturiy mahsulotlar kodini Fikr.uz saytidan ko'chirib olib keyinchalik o'z maqsadi yo'lida foydalanmaslik majburiyatini oladi;
6.3 Foydalanuvchi ZiyoNET portalining saytining hizmatlari, dasturlari o'zi bilan bog'liqligiga, undagi habarlar aqliy mulk qonunlari – “Mualliflik huquqi” va shunga o'hshash qonunlarga muvofiq himoyalanganligini tasdiqlaydi va tan oladi;
6.4 ZiyoNET portali foydalanuvchiga chegaralanmagan, o'zgalarga berilmaydigan servislar tomonidan taqdim etilgan dasturiy ta'minotdan foydalanish huquqini bergan. Foydalanuvchi dasturiy ta'minotni ko'chirishi va o'zgartirishi, berilgan dasturiy ta'minotdan tashqarida ushbu dasturni o'zgartirishi; dastur kodini olish maqsadida dasturiy ta'minotga kirishi; servisning dasturiy ta'minotiga oid huquqlarni sotish va ijaraga berish maqsadida uchinchi shahsga taqdim etishi; servisni ruhsat etilmagan tarzda o'zgartirishi mumkin emas.
7. Mahfiylik
7.1 ZiyoNET foydalanuvchidan oluvchi barcha ma'lumotlarni tarqatish shartlarini u www.ziyonet.uzsaytida bo'lishi jarayonida so'zsiz saqlaydi.
7.2 Shahsiy ma'lumotlarni to'plash va ulardan foydalanish
7.2.1 ZiyoNET portalining ma'muriyati foydalanuvchi www.ziyonet.uz saytida bo'lish jarayonida u haqidagi ma'lumotni oladi.
7.2.2 ZiyoNET portalining ma'muriyati foydalanuvchi haqidagi tehnik ma'lumotni- foydalanuvchining IP adresi, Cookie hamda tanishib chiqayotgan resursi haqida uning brauzeri orqali yaqqol oladi;
7.2.3 Cookie — bu veb saytga sizning tashrifingiz jarayonida kompyuteringizga moslashayotgandagi hosil bo'luvchi fayl. Cookie siz haqingizdagi hech qanday shahsiy habarga ega emas;
7.2.4 ZiyoNET portalining ma'muriyati foydalanuvchining IP manzilini www.ziyonet.uz saytiga moslashish jarayoni sifatida saqlaydi. . ZiyoNET portalining ma'muriyati foydalanuvchining IP adresini uning shahsiy ma'lumotlari bilan bog'lamaydi, bunda esa foydalanuvchining saytga kirish jarayoni o'zga foydalanuvchilar mahfiy bildirishini bildiradi. ZiyoNET portalining ma'muriyati foydalanuvchining IP manzilidan o'zga maqsadlarda foydalanmaydi.
7.3 Shahsiy habarlarni fosh etilmasligi
7.3.1 ZiyoNET portalining ma'muriyati foydalanuvchi haqidagi shahsiy habarni hech kimga sotmaydi va tarqatmaydi;
7.3.2 ZiyoNET portalining ma'muriyati quyidagi hollardagina foydalanuvchi haqidagi ma'lumotni uchinchi shahslarga taqdim etadi:
7.3.2.1 Foydalanuvchi o'zi haqidagi ma'lumotni tarqatilishini hohlasa;
7.3.2.2 Agar u haqidagi kerakli ma'lumot berilmasa, foydalanuvchi kerakli hizmatlardan foydalana olmasa;
7.3.2.3 Agarda buni o'zbek yoki halqaro qonunchilik organlari qonunga muvofiq holda so'rashsa;
7.3.2.4 Foydalanuvchi ZiyoNET portalining qoidalarini buzsa.
8. Jazo choralari
8.1 ZiyoNET portalining foydalanuvchisi tomonidan mavjud qoidalarning bandlari buzilgan holatda foydalanuvchi pochtasi orqali ogohlantirish oladi. Agar ZiyoNET portalining foydalanuvchisi tomonidan mavjud qoidalarning bandlari takroriy buzilsa, foydalanuvchining hisob yozuvidan o'tganligi haqidagi qaror bekor qilinadi va u haqidagi ma'lumotlar tegishli idoralarga yo'llanadi.
9. Kafillikdan ozod bo'lish
9.1 ZiyoNET portalining ma'muriyati ZiyoNET portalining hizmatlari foydalanuvchilar talabiga muvofiq tez, doimiy, faol, hatosiz ishlashiga kafillik bera olmaydi;
9.2 ZiyoNET portalining ma'muriyati ZiyoNET portali bilan internet tarmog’ida ishlash jarayonida uchinchi shahs tomonidan kompyuterga hamda foydalanuvchi ma'lumotlariga etkazilgan zarar javobgarligini o'z zimmasiga olmaydi;
9.3 ZiyoNET portalining ma'muriyati ZiyoNET portalidan foydalanish jarayonidagi bevosita va bilvosita yo'qotishlarga javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi;
9.4 ZiyoNET portalidan saytidan foydalanish hizmati internetdagi boshqa resurslarga ham ko'rsatkichga ega bo'lishi mumkin. Ushbu resurslardan foydalanish bilan bog'liq jarayonlarga va oqibatlarga sayt ma'muriyati hech qanday javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi;
9.5 ZiyoNET portalining ma'muriyati ko'rsatayotgan hizmatlar va tehnik yordam haqidagi istalgan ma'lumotlar tijoriy maqsadda tarqatish va e'lon qilish maqsadida qo'llanmaydi.
2.3 ZiyoNET kutubxonasi 7000dan oshdi
Har birimizning hayotimizda axborot olamining ahamiyati tobora kuchayib borayotgani kundek ravshan.«Infosfera» (axborot olami) olis manzillarni yaqinlashtirib, oraliqdagi masofalarni qisqartirmoqda.Mazkur olamda insoniyat tarixining barcha bilimlari jamlangan.Bizdan esa “Infosfera”ning kirish eshigi, undan foydalanish imkonini beruvchi asosiy kalit – internetni bilish talab etiladi, xolos.
Bu maqolamiz ta’lim va fan sohasida tobora ahamiyati ortib borayotgan, jahon bilim omborining asosiga aylanayotgan elektron kutubxonalarga dahldor. Elektron kutubxona — internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir.Aytish joizki, elektron kutubxona so‘zi bilan Virtual kutubxona, e-kutubxona, e-library, digital library kabi tushunchalarning ma’nosi bir xil.
Virtual kutubxonaning o‘zi nima? Kutubxona deganda, odatda, ko‘plab kitoblar terib quyilgan, uzun kitob javonlari joylashgan zallarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Elektron kutubxona resurslari esa kompyuter xotirasiga joylangan bo‘ladi. Bu kutubxona ma’lumotlari elektron ko‘rinishda bo‘lib, kompyuterda raqamli formatda, maxsus kompyuterlar — Serverlarda joylashadi. Elektron kutubxonadan foydalanish uchun kompyuter, modem va internet tarmog‘i bo‘lishi yetarli. Biz esa shu kutubxona joylashgan internet manzilini bilsak kifoya. Elektron kutubxonada mas’ul mutaxassislar ma’lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga kiritadi va yig‘adi. Ya’ni ma’lumotlar doimo yangilanib turiladi va kutubxona hajmi kengayib boradi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo‘lmaydi, shuning uchun zarur kitob yoki ma’lumotni kompyuter javonlaridan o‘zingiz qidirasiz. Elektron kutubxonaning qulayliklari ko‘p:
kitoblarni saqlash uchun maxsus joyga zarurat yuq;
nodir asar va ma’lumotlarni saqlash va ulardan barcha foydalana olish imkoniyati mavjud;
qidiruv tizimlarining mavjudligi;
ma’lumotlarni audio, video va kompyuter grafikasi yordamida sifatli va yaqqol aks ettirish mumkin;
vaqt tejaladi;
cheklanmagan, ya’ni undan 24 soat mobaynida foydalanish mumkin hamda boshqa ko‘plab qo‘shimcha xizmatlar mavjud.
Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin?Buning uchun kompyuteringiz brauzerida kutubxona manzilini yozishingiz kerak. Odatdagi kutubxona singari elektron kutubxona ma’lumotlari mavzu yoki alifbo bo‘yicha tartiblanadi.
ZiyoNET portali ham foydalanuvchilar uchun elektron kutubxona imkoniyatini taqdim etadi – buning uchun portalning “Kutubxona” bo‘limiga kirsangiz kifoya. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portalimiz kutubxonasidan 7000 ga yaqin turli hajmdagi va turli ko‘rinishdagi ilmiy axborot resurslari joy olgan. Ular asosan yurtimiz oliy o‘quv yurtlari, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa turli ta’lim muassasalarida biz bilan xamkorlik qilib kelayotgan 400 ga yaqin mas’ullarimiz ko‘magida jamlanganini alohida e’tirof etish lozim. Eng muhimi, adabiyotlarning aksariyati o‘zbek tilidadir.
Kutubxonada jamlangan adabiyotlar 9 ta yirik guruh toifasida tasniflanadi. O‘z-o‘zidan har bir guruh kichik bo‘linmalarga ham bo‘linadi. Guruhlar quyidagilar:
— matematika va tabiiy fanlar ta’limi;
— texnika va texnologiyalar yo‘nalishi ta’limi;
— tibbiyot va farmatsevtika ta’limi;
— ijtimoiy-gumanitar ta’lim;
— iqtisodiyot va boshqaruv yo‘nalishi ta’limi;
— madaniyat va san’at yo‘nalishi ta’limi;
— yuridik ta’lim;
— pedagogik ta’lim;
— harbiy ta’lim.
Siz yuqoridagi bo‘limlardan o‘zingizga keraklisiga kirishingiz va adabiyotlarni ko‘zdan kechirib chiqishingiz mumkin. Har bir adabiyotni ko‘chirib olib, ko‘z yugurtirib chiqish odatda ma’lum vaqt talab etadi. Ustiga-ustak shu mavzuda adabiyotlar ko‘p bo‘lgan taqdirda aynan keraklisini ajratib olish uchun yana vaqt zarur. Bunda vaqtni tejashning oson yo‘li bor – siz adabiyotlar ro‘yxatida xar bir adabiyotga yozilgan qisqa sharhlar ko‘magida darrov o‘zingizga keraklisini tanlashingiz mumkin.
Zarur adabiyotni tezroq topishning yana bir oson yo‘li — portalning boshqa bo‘limlarida bo‘lgani kabi, “Kutubxona” bo‘limida ham qidiruv tizimi mavjud. Qidiruv maydoniga o‘zingizga zarur adabiyot nomini yoki mavzuni yozasiz hamda qidiruvga buyruq berasiz.Sanoqli soniyada tizim topilgan adabiyotlarni e’tiboringizga taqdim qiladi. Eng muhimi, siz mazkur ilmiy resurslarni nafaqat ko‘zdan kechirish yoxud o‘qish, balki ko‘chirib olish imkoniga xam egasiz.
2.4 Foydalanuvchi kutubxonaga axborot resurs joylashtirish mumkinmi?
Aytaylik, siz pedagogsiz va faoliyatingiz doirasida ko‘plab pedagogik ijodiy ishlar – dars ishlanmalari, ma’ruzalar, qo‘llanmalar tayyorlagan bo‘lishingiz mumkin. Sizda ushbu resurslarni ham portalimiz kutubxonasiga joylashtirish istagi tug‘ildi, deylik.Bu istakni amalga oshirish juda ham oson.Endilikda portalimizning texnik darajasi shunga qodirki, kutubxonani aynan siz ham “onlayn” tarzda boyitishingiz mumkin. Bu kutubxonaning “Resurs qo‘shish” nomli bo‘linmasiga kirish orqali amalga oshiriladi.
Eng avval, kutubxonaga joylashtirishni ko‘zlagan axborot resursingiz ba’zi talablarga javob berishi lozim. Demak, ular bilan tanishib olamiz. Xalq ta’limi vazirligining 2006 yil 28 iyundagi 167-sonli qaroriga binoan, “ZiyoNET” jamoat ta’lim axborot tarmog‘iga joylashtiriladigan axborot resurslariga qo‘yiladigan texnik talablar kuyidagilar:
1. Microsoft Word — Matn (*.rtf — Matn RTF shaklida) formatdagi ma’lumotlar uchun:
shrifti: Times New Roman
usuli: oddiy
o‘lchami: 12
hujjat chegarasi: tepa qismi — 2 sm., pastki qismi — 2 sm. chap qismi — 3 sm., o‘ng qismi — 1.5 sm.
shakl: kitob shaklida
matnning tekisligi: chap tarafdan
xat boshi chapdan — 0 sm, o‘ngdan — 0 sm.
2. Grafikali ma’lumotlarni taqdim qilish shakli.
Grafikali ma’lumot deganda — fotosuratlar nazarda tutilgan:
fotosurat o‘lchami 4×3 bo‘lishi zarur (fotosuratning qulay shakli 1024 piksel uzunasiga va 768 piksel bo‘yiga bo‘lishi zarur);
fotosuratning hajmi 100 dpi dan kam bo‘lmasligi zarur (nuqta dyumga);
fotosuratning qisqartmasi *.jpg yoki *.jpeg;
fotosuratning qog‘ozdagi shakli 9×15 sm va
21×30 sm dan katta bo‘lmasligi zarur;
oq-qora shaklda taqdim qilingan fotosurat, o‘z holicha o‘zgarmay qoladi.
3. Katta hajmdagi (2 megabaytdan yuqori) ma’lumotlarni elektron axborot tashish vositalarida (3,5 disk, SD-R, CD-RW yoki USB Flash Drive) taqdim qilish mumkin.
4. Ma’lumotlar quyidagi tillarda qabul qilinib, joylashtiriladi:
davlat (o‘zbek) tili — lotin yozuvida (kirillda UNICOD)
ingliz (english) tili — lotin yozuvida
rus tili — kirill yozuvida
Aytaylik, kutubxonaga joylashtirishni ko‘zlagan adabiyotlaringiz yuqoridagi talablarga javob beradi. Demak, resursingiz joylashgan faylni *.zip yoki *.rar formatga keltirasiz va “Kutubxona”ning “Resurs qo‘shish” bo‘limiga kirasiz. Bu bo‘limda e’tiboringizga anketa taqdim qilinadi. Anketada adabiyotning nomi, turi, yo‘nalishi, auditoriyasi, tili, muallifning ismi-sharifi, kasbi va boshqa ma’lumotlar so‘ralgan. Barcha bandlarni to‘ldirish va adabiyot bo‘yicha qisqa sharh yozganingizdan so‘ng, “Qo‘shish” (Dobavit) tugmasini bosasiz. Shu tariqa ish yakuniga yetadi. Portal moderatorlari tomonidan taqdim etgan resursingiz ko‘zdan kechiriladi va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda sanoqli daqiqalardan so‘ng “Kutubxona” bo‘limidan joy oladi.
ZIYONET diplom ish
Автор: Oybek Umarov
Do'stlaringiz bilan baham: |