Ziyonet doc


Insonning paydo bo’lishi haqidagi dunyoviy qarashlar



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/76
Sana18.02.2022
Hajmi0,76 Mb.
#450442
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
Bog'liq
tarix falsafasi va metodologiyasi

Insonning paydo bo’lishi haqidagi dunyoviy qarashlar
Insonning paydo bo’lishi, uning omillari, sharoitlarini ilmiy asosda 
o’rganish masalasi atrofidagi ilmiy-nazariy munozaralarni yaxlit tizimga solishga 
urinish fanda juda katga tarixga ega emas. U keyingi ikki-uch asr mobaynida turli 
nazariy qarashlar, ehtimollar, aniq isbotini topolmagan qarashlar tizimi sifatida 


42 
yuzaga keldi va hali-hamon xilma-xil yondashuvlar davom etmoqda. Boshqacha 
qilib aytganda, inson antropogenezi, sotsiogenezi, uning biologik, fiziologik, 
psixologik rivojlanish tamoyillari, shakllanish jarayonlari, evolyutsiyasi bir 
qarashda fanda o’z isbotini topganday, ma’lum bir ilmiy-nazariy umumlashmalar, 
xulosalar, asoslar yaratilganday ko’rinadi. Biroq bu qarashlar va nazariyalarning 
turli-tumanligi, xilma-xilligi nuqtai nazardan qaraganda hali fan insonning paydo 
bo’lishi to’g’risidagi aniq bir xulosaga kelmaganidan dalolat beradi. 
Insonning paydo bo’lishi haqidagi ilmiy tasavvurlarning bir yo’nalishi 
tadrijiylik nazariyasi bilan asoslanadi. Bu bevosita Er sayyorasining fizik, 
kimyoviy, biologik tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan xulosalarga borib taqaladi. 
Boshqa bir olimlar esa Quyosh tizimining ilk tumanliklari nazariyasi bilan 
bog’laydilar. Bunda tabiiy hodisalar, koinotdagi o’zgarishlar, fazoviy holatlar 
keltirib chiqargan shart-sharoitlarni, hodisalarning inson paydo bo’lishi va 
rivojlanishiga qulay muhit yaratganligini ro’kach qiladilar. 
Ingliz tabiatshunosi Darvin o’zining «Zoonomiya» kitobida hayvonlarning 
genezisi va tadrijiy rivojlanish jarayonlarini tashqi muhit bilan bog’lab izohlaydi. 
Jan Lamark esa yaxlit organik olam evolyutsiyasi xususida gapirar ekan, u 
hayvonot, o’simliklar va boshqa turlarning rivojlanish asoslarini birmuncha 
o’rganib, unda tashqi tabiiy ta’sir, tabiiy iqlim natijasida jonli tananing 
moslashishi 
orqali 
asta-sekinlik 
bilan 
murakkablashib 
borishi, 
ichki 
salohiyatning, hayotga intilishning va yashashga ishtiyoqning tadrijiy ravishda 
rivojlanib borishi jarayonini insonning paydo bo’lishiga asos deb biladi. 
Umuman olganda insonning paydo bo’lishi va uning «aqlli odam» 
darajasiga etguniga qadar yuz million yillar o’tgani fanda ma’lum. Inson 
antropogenezi va tabiat taraqqiyoti bilan shug’ullanuvchi olimlarning qarashlari 
harholda ana shunday. Ayrim mutaxassislarning xulosalariga ko’ra dastlabki 
odamlar xordalilar tipiga mansub bo’lib, ular bundan yuz million yillar muqaddam 
noma’lum kayxoniy falokatlar, tabiiy hodisalar tufayli yo’q bo’lib ketgan. 
Umurtqalilarga mansub bo’lgan dinozavrlar esa 60 million yil muqaddam sut 
emizuvchilar sifatida dunyoga kelgan. Insonning eng qadimiy ajdodlari sifatida 
gominitlar tipi paydo bo’lgan. Dastlabki nutq elementlariga, tovush orqali 
fikrlarini ifodalash imko-niyatlariga, qo’l harakatlari orqali nimalargadir 
erishish, qaysidir vazifalarni bajarish imkoniyatlariga ega bo’lgan maymun-
odam shaklidagi inson bundan ikki-uch million yil avval paydo bo’lgan va u 
tadrijiy rivojlanish, evolyutsion taraqqiyot orqali murakkab mavjudot sifatida 
o’zini namoyon qila bilgan. Ana shu murakkablik bevosita tana tuzilishi, 
yashashga intilish holatlari, ilk aqliy kurtaklar va ong elementlarining paydo 
bo’lishi jihati bilan alohida ajralib turadi. Ana shu tarzda ular fanda qadimgi odam 
maqomini egallashdi. Boshqacha qilib aytganda, 150 ming yil muqaddam kelib 
chiqqan odam turining miyasi rivojlana boshlagan, nutqi birmuncha 
shakllangan, fikrini va munosabatini so’z orqali ifodalay oladigan, turli mehnat 
qurollarini yasay oladigan, ikki oyoqqa tayanib, gavdani ko’tarib, tikka yura 
oladigan odam sifatida o’zini ko’rsata bilgan. Bizning davrimizdagi odam – fan tili 
bilan aytadigan bo’lsak, «aqlli odam» turi sayyoramizda 90–100 ming yil avval 


43 
paydo bo’lgan va ulkan takomillashuv, shakllanish va rivojlanish bosqichlarini 
bosib o’tgan. 
Yuqorida aytganimizday, insonning paydo bo’lishi haqidagi tasavvurlar 
yo’nalishlari fanda xilma-xil va o’ziga xosdir. Jumladan, umumkayxoniy 
nazariyada tadrijiylik nuqtai nazaridan umumsayyoraviy holatlar, tabiat va 
koinotda yuz bergan hodisalar insoniyatning kelib chiqishiga sharoit yaratganligi 
g’oyasi ilgari suriladi. Ayni ana shu tabiiy shart-sharoitlar tufayli hayotning vujudga 
kelishi, uning rivojlanishi natijasida insonning paydo bo’lishi haqidagi qarashlar 
bayon etiladi. 
Darvinizm nazariyasida esa irsiyat va o’zgaruvchanlik omillari asos qilib 
olinadi. Charlz Darvin (1809–1892) o’zining nazariy xulosalariga tirik tabiatning 
tadrijiy rivojlanish va biologik moslashish – shakllanish me’yorlarini asos qilib 
oladi. Jumladan, uning «Madaniy o’simliklarning va uy hayvonlarining 
o’zgarishi», «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish», «Inson va 
hayvonlarda emotsiyaning ifodalanishi» singari asarlarida tabiatning rivojlanish 
g’oyalari, tirik mavjudotning shakllanish qonuniyatlari xususvda o’ziga xos 
nazariya ilgari suriladi. Biroq uning ta’limoti hali genetika fani yuzaga kelmagan, 
insonning biologik, ruxiy va ijtimoiy olami atrofdagi xulosalar shakllanmagan 
paytda yuzaga kelganligi yaqqol ko’rinadi. Shuning uchun uning tadrijiylik 
nazariyasida ijtimoiy masalalar, jumladan, insonning ijtimoiy mohiyati, tuyg’u, 
ong va aql bilan bog’liq bo’lgan qadriyati o’z ifodasini topmagan. Demak, bu 
ta’limot ham insonshunoslikda tugal echim maqomini egallay olmaydi. 
Mehnat nazariyasida esa insonga, tirik mavjudot olamiga o’ziga xos urg’u 
beriladi va uning kelib chiqishi turli tub o’zgarishlar, inqilobiy yangilanishlar 
mahsuli sifatida talqin etiladi. Bu jarayonda, albatga, mexnatning o’rni va roliga 
alohida e’tibor beriladi. Ayni ana shu nazariyaga ko’ra insonning qaysi 
hayvondan qanday tarzda, qanday holatda kelib chiqqanligi to’g’risidagi 
masalalarga javob izlanadi. Bunda ham Charlz Darvin g’oyalari birmuncha 
ustuvorlik kdladi. Jumladan, odam dastlab maymunlar, xususan, odamsifat 
maymunlar – shimpanze va gorilla bilan inson qiyofasi o’zaro o’xshashligi asos 
qilib olinadi. Biroq, mehnat nazariyasiga ko’ra insonning maymundan kelib 
chiqqanligi haqidagi qarashlar fanda hamon muammoligicha qolmoqtsa. 
Masalaning diqqatga sazovor tomoni shundaki, Ch. Darvinning materialistik 
qarashlariga asoslangan evolyutsion taraqqiyot nazariyasi islom dunyosida – 
tasavvuf falsafasida bir necha asr oldin mohiyatan yaqin, shaklan butunlay 
boshqa holatda kashf etilgan. Masalan, materialistik qarashlarda moddiyat 
birlamchi bo’lib, moddiy manfaatdorlik, nafs va hayot zavqi ustuvorlik qilsa, 
tasavvuf falsafasvda ruh, ma’naviy taraqqiyot, etuklikka intilish, kamolotga 
erishish ishtiyoqi balandlik qiladi. Jumladan, Jaloliddin Rumiy (1207–1273) 
qarashlari bunga yaqqol misol bo’la oladi. Ya’ni unda «Inson yaralishidagi 
tadrijiylik holati va asoslarini ma’dandan o’simlikka, o’simlikdan hayvonga, 
hayvondan insonga qarab rivojlanish tizimini ko’zda tutadi». 
Insonning tadrijiy kamoloti, etuklikka intilib borish jarayonida ruhning 
bosqichma-bosqich taraqqiyoti xususida gapirar ekan, Aziziddin Nasafiy (1240–
1300) «Har bir yangi doiradan boshlab yangi ibtido boshlanadi va u kamolotga 


44 
erishish uchun darajama-daraja intiladi», – deydi. Agar hozirgacha mavjud ilmiy 
qarashlar va nazariy xulosalar hamda hozirgi zamon tsivilizatsiyasi yutuqlari 
tahlil etilsa, inson hamisha kamolotga muhtoj va umri davomida evolyutsion 
taraqqiyot, tadrijiy takomil, o’zini o’zi uzluksiz rivojlantirib borishga ehgiyoj 
sezishi zarurat ekanligi ma’lum bo’ladi. 
Olamning yaratilishi, insonning vujudga kelishi va kishilik jamiyatining 
taraqqiyot bosqichlari Sharqda o’ziga xos tarzda talqin etiladi. Bu bevosita 
milliy tafakkur tarzi, Sharqu G’arb o’rtasidagi tafovutga, munosabatlar va 
qarashlarning turlichaligiga olib kelgan ruhiyat, fe’l-atvor, ma’naviy-axloqiy 
mezonlar natijasi sifatida yuzaga keldi. 
Sharqda azaldan tarixga qiziqish, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bosqichlarini 
o’rganish keng taraqqiy topgan. Bu qadimiy makonda inson va kishilik jamiyati, 
uning dunyoga kelishiga doir tarixiy-falsafiy, tarixiy-badiiy asarlar ko’plab 
yaratilgan. Jumladan, Abu Ja’far Tabariy (839–923) o’zining «Tarixi Tabariy», 
«Ta’rix ar-rasul val-muluk» (Payg’ambarlar va shohlar tarixi) nomli asarlarida eng 
qadimgi davrdan 915 yilgacha bo’lgan voqealar ancha keng va batafsil bayon 
etiladi. 
Abu Bakr Narshaxiyning (899–959) «Tahqiq al-viloyat» (Mamlakat haqida 
aniq tadqiqotlar), «Ta’rixi Buxoro», «Axbor al-Buxoro» singari asarlari tarixiy 
tahlil, voqealar va hodisalarning falsafiy-mantiqiy ifodasi bilan alohida ajralib 
turadi. 
Abu Muhammad al-Kufiy (926 yilda vafot etgan) «Futuhi ibn A’sam», arab 
tarixchisi va faylasufi Abu Ali Miskovayx (1030 yidda vafot etgan) «Adab al-arab 
val-furs» (Arab va forslarning axloq qoidalari) hamda olti jilddan iborat «Tahsil al-
axloq»(Axloqiy tarbiya) nomli kitoblarida umumiy tarix, insoniyat yaxlit 
o’tmishining taraqqiyot omillari, bir qator xalqlarning an’analari, turmush tarzi, 
hayot tajribalari va tafakkur qirralari bayon etilgan. 
Abul-Hasan al-Jazoiriyning (1160–1233) 12 jilddan iborat umumiy tarix 
haqidagi kitobi uning tarixiy tafakkur va tarixiy jarayonlarni tahlil etishda 
o’ziga xos maktab yaratganidan dalolat beradi. U Tabariy va Bayhaqiylarning 
ilmiy tajribalariga tayanib, ularni rivojlantirdi. «Olamning yaralishi»dan o’z 
davrigacha bo’lgan tarixni falsafiy tahlil etdi va tarixiy tafakkurning falsafiy 
taxliliga doir jiddiy tadqiqotni amalga oshirdi. «Komil fi tavorix» (Mukammal 
tarix) nomli asari Jazoiriyning tarix falsafasi sohasidagi juda katta ilmiy 
jasoratidan dalolat beradi. Rashididdin Hamadoniy (1248–1318) o’zining betakror 
tarixiy-falsafiy
 
qarashlari, noyob ilmiy-nazariy kashfiyotlari bilan mashhur 
bo’lgan allomadir. U muarrix, geograf, tabiatshunos, faylasuf, etnograf va ant-
ropolog sifatida o’z davrida nom chiqargan edi. Uning «Ta’rixi g’azaniy», 
«Ta’rixi muboraki g’azaniy» nomli asarlarida insonning yaralishi, olamning 
paydo bo’lishi va qadimgi dunyodan 1300 yillargacha bo’lgan mo’g’ullar tarixi 
bayon etilgan. V.V. Bartold xulosalariga ko’ra Rashididtsin Hamadoniyning 
asarlari – tarixiy qomus, qaysiki bunday mukammal asar Osiyoda ham, Yevropada 
ham biror
 
bir xalqda yo’q. Uning mukammalligi, boshqa manbalarda 
uchramaydigan tahliliy-mushohadaliligi, tarixni talqin etishda mutlaqo o’ziga 
xosligi shundaki, Yevropa, Hindiston, Xitoy, Eron, mo’g’ullar istilo etgan turk 


45 
mamlakatlari va xalqlari tarixi juda keng miqyosda tad-qiq etiladi. Tarixiy jarayon 
oqimida tahlil orqali falsafiy tafakkur yorqin namoyon bo’ladi. Tarixiy jarayonlar, 
voqealar, hodisalar tarixiy-falsafiy, ijtimoiy-mantiqiy uslubda o’rganiladi. Xullas, 
jahon tarixi va umumiy tarixiy taraqqiyot qoidalari, asoslari, omillari va 
yo’nalishlari ancha chuqur tadqiq etiladi. Aslini olganda olamni tadqiq etish, 
insonni tushunish, uning rang-barang va xilma-xil olamiga qiziqish Sharqda G’arbga 
nisbatan ancha ilgariroq yuzaga kelgan va bu o’z-o’zidan ilmiy qarashlar orqali 
fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va taraqqiyotiga o’ziga xos zamin yaratdi. 

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish