Forobiy falsafasi: inson – jamiyat – jarayon
To’liq nomi Abu-nasr Muhammad bin Tarxon bin O’zlug’ bo’lgan Forobiy
jahon falsafiy tafakkuri taraqqiyotida burilish yasagan buyuk faylasuflardandir. U
Uyg’onish davri mutafakkirlarining yirik namoyandasi sifatida tafakkur olamida
o’ziga xos yo’l ochdi. Jumladan, inson, jamiyat, tarixiy jarayon, davlat va
boshqaruv borasidagi falsafiy qarashlarga asos soldi.
Albatga, Forobiy yunon allomalari Aflotun va Arastu falsafasi bilan o’z
zamondoshlaridan ko’ra ko’proq shug’ullangan, uning moxiyatini boshqalardan
ko’ra chuqurroq o’rgangan va o’zlashtirgan edi. Natijada shunday novatorlik
yo’lini topdiki, ayni ana shu qadimgi yunon falsafasining o’z davri qarashlari va
ehtiyojlari nuqtai nazaridan kutilmagan holatda yangi qirralarini ochib, uni
boyitdi, rivojlantirdi.
Yana shunga aloxida e’tibor berish kerakki, Forobiy falsafiy qarashlariga
munosabatda, uni tushunish va talqin etishda hamon sho’ro imperiyasi siyosati va
kommunistik mafkura talablari saqlanmoqtsa. Allomaning g’oyat katta ilmiy
merosi umumiy va yuzaki, zamonasoz ma’lumotlar shaklida bayon qilinmoqda.
Forobiy falsafasining barcha qirralari, ko’lami va ilmiy-nazariy jamiyati bir
yoqlama, ya’ni dunyoviy tafakkur tarzi me’yorlariga mos tomonlari tadqiq
etilmoqda. Vaholanki, Forobiyning ilmiy-falsafiy fenomeni dunyoviy va diniy
qarashlar o’zaro kesishgan joyda yaqqol namoyon bo’ladi. Qomusiy bilimlar
majmui bo’lgan ushbu holatni akademik M. Xayrullaev to’g’ri talqin etadi va
uning qator sohalar bo’yicha ilmiy qarashlari yaxlit tizimi haqida fikr yuritadi
hamda ularni sanab o’tadi: til haqidagi bilim, mantiq, matematika, optika,
sayyoralar, musiqa, og’irlik, mexanika, tabiiy va ilohiy ilmlar (metafizika),
siyosat, yurisprudentsiya (fiqh), musulmon teologiyasi (kalom) va boshqalar.
50
Demak, Forobiy har qanday qarashlardan qat’i nazar inson va hayot
falsafasining yorqin ijodkori. U fan va xayolot, ilmiy-nazariy taxlil va
vahiylikning mushtarak yo’lini topa bildi. Xuddi ana shu jihati bilan dunyoviy
taraqqiyotga, ilk uyg’onish davri tsivilizatsiyasiga misli ko’rilmagan hissa
qo’shdi yoki S. M. Xotamiy iborasi bilan aytganda «Forobiy – islom falsafasi va
mus-tahkam ratsional (aqlga asoslangan) tafakkur tizimini yaratgan odam. Uning
maktabi yunon faylasuflari qarashlari bilan jamiyki o’xshash jihatlariga qaramay,
umuman olganda ham, alohida tomonlarini olganda ham, nodir hodisadir».
Inson va jamiyat, inson va tabiat, olam va odam o’rtasidagi munosabatlar
dunyoviy tafakkur asosida Forobiy zakosi bilan butunlay yangicha talqin etildi. Bu
davrda mavjud bo’lgan ilohiy qarashlar, islom tafakkur tarzi ilk bor dunyoviy
fanlar bilan uyg’un holda tahlil qilindi. Ana shu tarzda jamiyat taraqqiyoti
qonuniyatlari, insoniyat tadrijiy rivojining asoslari va kishilik jamiyati
shakllanishi, rivojlanishi va taraqqiy topishining o’ziga xos talqini Forobiy
maktabida vujudga keldi. Bu maktabda falsafiy va tabiiy fanlar bir-birini to’ldi-
radigan, shaklan turlicha, mohiyatan mushtarak holda o’ziga xos maqomga ega
bo’ldi.
Darhaqiqat, Forobiyning buyukligi va falsafada benazirligi, falsafiy
tafakkurining inson hayotini va istiqbolini ratsional o’rganishdagi keng
imkoniyatlari shundaki, u ilmning barcha sohalarida o’zigacha bo’lgan davrda
birinchi bo’lgan shaxsdir. Masalaning ikkinchi tomoni ham borki, Forobiy yaratgan
buyuk maktab tufayli dunyo falsafiy taraqqiyoti, uning barcha yutuqlari bevosita
Forobiy qarashlari asosida qurilgan. Bu – shubxasiz. Buni Sayyid Muhammad
Xotamiy quyidagicha izohlaydi: «Shariat, tariqat va ratsionalizmning hamda
nimaiki Islom tsivilizatsiyasi o’z cho’qqisida borliqni sharhlab tushuntirish, hayot
yo’lini ko’rsatish borasida erishgan bo’lsa, jamlab ifodalagan «Sadrul Mutolihin»
kitobidan keyin biror arzigulik g’oya dunyoga kelmadi. Mazkur kitob esa shu
sohada yakuniy to’plamday bir asardir».
Forobiyning inson va jamiyat haqidagi ratsional falsafasi bevosita tarixiy
taraqqiyot, tarixiy rivojlanish asoslari, uning o’ziga xos omillari, dunyoviy va
diniy qarashlarning sintezi sifatida yuzaga keldiki, bu insoniyat tarixida o’ziga
xos qarashning yorqin namunasidir.
Forobiy kishilik jamiyati, uning rivojlanish qonuniyatlari, shahar
(mamlakat) aholisi va hokim muammolari, davlat va boshqaruv masalalari
xususida gapirar ekan, u real voqelik va uning istiqboli hamda tanazzuli
sabablarini qidiradi. Biroq biror joyda tarixiy tajriba, tarixiy jarayon tahlili va
uning saboqlari, tarixni anglash, idrok etish va baholash tamoyillari haqida aniq
fikr yuritmaydi. Ammo, Forobiy ilmiy-falsafiy merosining beqiyos qadriyati
shundaki, u bevosita inson va uning mohiyati, kishilik jamiyati va uning
qonuniyatlari, rivojlanish omillari, boshqaruv usullari, erkin fuqarolik jamiyati
haqvdagi favqulodda xulosalari bilan istiqbolni belgilashda, ijtimoiy-tarixiy
jarayonni ezgulik sari burishda katta ahamiyat kasb etdi, o’zidan keyingi tarixiy
taraqqiyotda muxim dastur vazifasini o’tadi.
Forobiy mutaassiblikka qarshi ravishda ma’rifatlilik g’oyasini ilgari surdi.
Inson tafakkurining jamiyatga bo’ysundirish haqiqatan to’g’ri ish ekanligini», –
51
aytadi. Yana bir joyda jamiyat hayotiga zarar keltiruvchi, tahdid soluvchi ishlar
haqida gapirar ekan, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida «sa’y-
harakati, huquklari va maqsadlari (adolatli) hokimlarga qarshi bo’lgan yovuz
niyatli odamlardan shaharni tozalashdir» – degan g’oyani ilgari suradiki, bu davlat,
boshqaruv, hokimiyat va uning adolatli faoliyati masalalarida o’rta asrlarda
shakllanayotgan falsafiy, siyosiy, tarixiy, ijtimoiy tafakkurning naqadar
yuksakligidan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |