123
o’zlikni anglash insonning o’z o’tmishi va ajdodlariga
qiziqishidan boshlanishini
uqtirayapti.
Mustaqilikka erishganimizdan keyin halqimizning o’z yurti, tili, madaniyati,
qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu
tabiiy xol. Odamzod borki avlod – ajdodlarini kimligini, nasl – nasabini, o’zi
tug’ilib voyaga etgan qishloq, shahar xullaski, Vatanning tarixini bilishni istaydi.
Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud yani
bizning Vatanimiz nafaqat
Sharq balki, umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon
tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar,
olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy
bilimlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan, eramizgacha va
undan keyin qurilgan murakkab suv inshoatlari shu kungacha ko’rku
fayzini
mahobatini yo’qotmagan asori atiqalarimiz qadim – qadimdan yurtimizda
dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, memorchilik va shaharsozlik sanati
yuksak bo’lganidan dalolat beradi degan edi, Prezident I. A. Karimov.
Milliy o’zligini anglashda xozirgi kelajak avlod nimalar qilishi kerak degan
savol turadi?
Birinchi navbatda dunyoga kelgan xar bir bolani ota – ona,
keyin esa
murabbiy o’qituvchi uning talimi jarayoni bilan birgalikda tarbiyasi bilan ham
jiddiy shug’illanishi-miz lozim.o’zlikni anglash uchun yoshlikdan tarixdagi
mashhur olimu fuzalolar, olimlarning, donishmandlarning qilgan ishlariyu o’gitlari
orqali shakllantirib borishimiz lozim.
Masalan, Geradotning “Tarix” kitobida yozilganidek, uch ming yil avvalgi
ajdodlarimizda qadrlanadigan xislatlarning eng asosiysi jasurlik ekan.
Undan
keyingi muhim xislat adolatlilik va moxirlik bo’lgan. Har bir ishni bajarganda,
jumladan otda yurish ov qilish kabilarni yuqori maxorat bilan bajarish ajdodlarimiz
uchun fazilat hisoblangan.
Manaviy merosimiz hisoblangan epik rivoyatlarda, jumladan: “Avesto”,
Firdavsiyning “Shohnoma” Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit – turk”,
“Go’ro’g’li” va “Alpomish” dostonlari va boshqa asarlarda ajdodlarimizning
vatanni sevish, or – nomus va do’stlariga sadoqat kabi sifatlar ularning asosiy
ijtimoiy xislatlari xisoblangan.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”
da tarbiya hayotning eng
muxim tirgakni tarbiyalaganda u avallo yaxshi o’qishni, yozishni o’rganishi kerak,
deyilgan “Avestoda” inson o’z mehnati tufayli barcha yomonliklardan,
yovuzliklardan qutilishi mumkin degan g’oyalar bor, unda ahloqiylikning asosi –
yaxshi fikr, saxovatlilik yaqin kishiga mexribon bo’lish, muxtojlarga
ko’maklashish yovuzlikka qarshi kurashish kishilarning tinchligi va baxt saodatini
muxofaza qilish axillik va do’stlikda yashashga intilish yaxshi niyatlar va fikrlar
tushunilgan. Mana shunday yuksak fazilatlar, xislatlar orqali hozirgi davrni kelajak
avlodni o’tmishimizdagi buyuk daxolarning qilgan ishlari orqali ham ularga saboq
berib ularni ana shunday ezgulikka,
yaxshilikka, xuddi shularday shu tutishga
chorlamog’imiz lozim.
Ana shundagina bizning manaviyatimiz boy bo’lishi bilan birgalikda
o’tmishimizning naqadar chuqur ildiz otganligi va yuksak taxsinga sazovor