98
Toynbi butun tarixni egallashni istaydi, shuning uchun xam huddi shifokor
bemorining alohida organizmini o’rgangandek, tarixni tashkil etuvchi qismlarini
tahlil qilishga kirishadi tadqiqotning maqsadi esa sotsiogenezning mexanizmini
ochib berishdan iboratdir. Bu mexanizm yuqori darajada umumiylikka ega bo’lishi
kerakki, alohida tsivilizatsiyalarni ham jumladan butun tarixni ham qamrab olsin.
Toynbi sotsiogenezisni harakatga keltiruvchi umumiy kuchni topish mushkulligini
anglab etadi. U ana shu kuchni qanday ishlash mexanizmini ochishga intiladi.
Toynbi tsivilizatsiya genezisini uch komponentdan iborat deydi. Ular
universal davlat, dunyoviy cherkov va qabila harakati.
Ana shu tuzilmaning
mavjudligi tsivilizatsiyani tashkil qiladi. Biroq tsivilizatsiyalar o’z-o’zidan
shakllanmaydi. Uning rivoji uchun o’ziga xos tarixiy davr bo’lishi shart. Bunday
davrni Toynbi “Chaqiruv va javob” deb belgilaydi. Garchi tsivilizatsiya genezisida
uch komponentning xammasi mujassam bo’lib, chaqiruv bo’lmasa, u holda javob
xam bo’lmaydi, natijada tsivilizatsiya taraqqiy etmaydi.
Chaqiruv davri – shunday davrki, bunda jamiyat qandaydir xavf ostida
bo’ladi. Chaqiruv turlicha bo’lishi mumkin. Chaqiruv davrini qadimgi Yunoniston
shahar – davlatlari o’z boshlaridan kechirganlar ular aholi soni o’sib ketishi
oqibatida ozuqa maxsulotlarining kamayib ketishi va
eroziya natijasida hosildor
erlarning qisqarib ketishidan azob chekkanlar. Shahar davlatlar (polislar) bu
chaqiruvga turlicha javob berganlar: ayrimlari (korinf, Xolkida) O’rta er dengizi
qirg’oqlarida yashovchi mahalliy aholini kaloniyalarga aylantirganlar: ayrimlari
(spartaliklar) harbiy yurishlar uyushtirib qo’shni aholini bosib oldilar va va
o’zlariga bo’ysundirdilar, uchinchilari (Afina) qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
import qilib, hunarmandchilikni jadallik bilan rivojlantirishga kirishdilar.shunday
qilib bitta chaqiruvga uch hil javob berishdi. Buning natijasida bir – biridan tubdan
farq qiladigan uch xil jamiyat va madaniyat tashkil bo’ldi.
Jumladan, Avstriyaning rivoji,
Toynbi fikricha, Turkiyaga qarshi turishga
olib keldi, Yevropaning forportiga aylandi. Daryolar o’rtasidagi tsivilizatsiyaning
va Misrning rivoji tabiat chaqiruviga javob tarzida shakllanadi – bu vaqti vaqti
bilan daryoning toshib turishi bilan bog’lanadi. Demak, yangi tsivilizatsiya
genezisining asosi uchun chaqiruv davrining bo’lishi majburiydir, usiz
tsivilizatsiyaning spontan taraqqiyoti mutlaqo mumkin emas.
Shunday qilib, chaqiruv va javobning o’zaro munosabatidan iborat bo’lgan
tarix yo’li abadiy ravishda turg’unlik yoki xalokat o’rtasida xarakat qiladi.
Chaqiruv va javob xar bir madaniyatning tarixiga oiddir, ular doim bir birlari bilan
o’rin almashdi. Toynbi madaniy genezisning universal kalitini topishga intilmaydi,
u ana shu genezisning ishlash mexanizimini o’ziga xos mazmun bilan to’ldiradi.
Toynbining tsivilizatsiyasi bazi kamchiliklardan ham xoli emas.
Unda qilingan
xulosalar yaxlitlikni tashkil qilmaydi. Shunday bo’lsa xam, Toynbining tarix
falsafasi ochiq tizimdir va insoniyat dunyo hayotining xar bir chaqiruviga javob
berishga qodirdir.
Demak, Toynbi madaniyat va insoniyat tarixini tsikllik (davriy) rivoji
g’oyasini ilgari suradi. Uning fikricha, yagona dunyoviy tarixiy jarayon mutlaqo
bemanilikdir.
Dunyoviy tarix, alohida mustaqil “tsivilizatsiyalar” tarixidan iborat.
Tsivilizatsiyalar esa o’ziga xos madaniy tuzilmadir.Ular o’z xayot yo’llarida uch
99
davrni bosib o’tadilar : shakllanadi, unib – o’sadi, gullaydi va nixoyat xalok
bo’ladi. Boshqasining tuzilishi uchun o’z o’rnini bo’shatib beradi.
Shpinglerdan
farqli
ravishda
Toynbi
shuni
takidlaydiki,
yani
tsivilizatsiyalarni birlashtiruvchi halqa mavjuddir. Bu halqa insoniyatning manaviy
kamol topishini o’z ichiga oladi. Shunday bo’lsa ham, Toynbi Shpinglerning
ko’pgina g’oyalaridan foydalanadi. Lekin u professional tarixchi sifatida aniq
yorqin dallilarga suyangan holda o’z nazariy umumxulosalarini bayon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: