TARIX FALSAFASI FAN SIFATIDA. MAQSADLAR VA VAZIFALAR
REJA
1.
Tarix falsafasi: tushuncha va mohiyat.
2.
Tarix – inson, zamon va makon falsafasi.
3.
Tarixiy tafakkur ehtiyoji. Tarix falsafasi va milliy istiqlol.
4.
Tarix falsafasining ob’ekti va metodologiyasi.
5.
Tarix fanining predmeti.
6.
Tarixiy jarayon va vorisiylik
Tarixni ilmiy jihatdan tahlil qilish, uni idrok etish, yuz bergan ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar orqali muayyan davrning siyosiy va ma’naviy muhitini
baholash, har bir davr kishilari ruhiyati, ma’naviy-axloqiy mezonlari, voqea-
hodisalarga munosabatini o’rganish, uni falsafiy idrok etish tarix falsafasi
tushunchasining mazmunini belgilaydi.
Tarixni idrok etish va o’rganishga turli mutaxassislar turli xil
yondashishadi. Zotan, inson tafakkuri qirralari xilma-xil bo’lib, o’tmishni
anglash, idrok etishning yagona qolipi yo’q. Shunday qolipni yaratishga urinish
ham noto’g’ri. Ana shuning uchun ham tarix falsafasining bir qator yirik oqimlari
dunyoga keldi.
Tarix falsafasini teologik (ilohiyot) nuqtai nazardan idrok etish o’tmishni
Alloh irodasi orqali tushunish va unga ilohiy tus berish, ilohiy mazmun orqali
anglash hisoblanadi. Metafizik tarix falsafasi hech qanday chegaralar va doiralar
bilan cheklanmaydigan, turli shakllarga va ko’rinishlarga kiradigan tushunchalar
tizimi hisoblanadi. Idealistik tarix falsafasiga ko’ra esa asosan g’oyalar, insonning
axloqiy tushunchalari, ma’naviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat
bildiriladi. Insoniyat tarixiga va hayotiga tabiiy (naturalistik) yondashish tarix
falsafasining yana bir yirik oqimi sifatida ko’zga tashlanadi. Unda hissiyot va
tuyg’u orqali inson tabiatiga baho berishga va inson tabiati, fe’l-atvori uning ta’sir
doirasini belgilashiga e’tibor beriladi. Ana shu hissiyot va tuyg’u orqali olamni
anglash, o’tmishga nazar solish va uni baholash mazkur oqimning mohiyatini
belgilaydi. Materialistik tarix falsafasi yo’nalishida asosan iqtisodiy omillarga
katta e’tibor beriladi. Unda tarixni yo’naltiruvchi kuch sifatida tarix haqiqatini,
mazmun-mohiyatini moddiy ehtiyoj va iqtisodiy zarurat orqali tushunishga
harakat qilinadi.
Kishilik tarixini, inson va jamiyat xususidagi muammolarni o’rganishda
tarix falsafasining o’ziga xos o’rni va roli bor. Insonning tarixda va umuman
insoniyat taraqqiyotida tutgan o’rnini aniqlashning individualistik, ya’ni alohida,
yakka shaxs misolida hamda jamoachilik, kishilar guruhi, fuqarolar uyushmasi
(kollektiv) jihatlaridan qarab fikr yuritadigan tarix falsafasi yo’nalishlari ham
bor.
Tarix falsafasining tarixiy xotira, tarixiy tafakkur mohiyati va qirralari, tarix
fani tushunchasining mazmun-mohiyati, tarix haqiqati va hayot haqiqati, inson va
insoniyat taraqqiyoti kabi muammolarini o’rganish orqali umuminsoniy va
5
dunyoviy rivojlanish hodisalarining bir-biriga bog’liq jihatlarini tadqiq etish kabi
ko’plab savollarga javob topish mumkin.
Umuman, taraqqiyot bevosita tarix falsafasining asosi hisoblanadi. Tarix
falsafasi Gerodot va Fukididning antik davrdagi tarixiy harakat kuchi haqidagi
tadqiqotlaridan boshlanadi.
Ulardan farqli holda Avgustin xristian cherkovi timsolida, uning mazmun-
mohiyati va ta’sir doirasidan kelib chiqib, ilohiy davlat tarix falsafasini yaratdi.
Uning falsafasi keyingi ming yillikda katta mavqega ega bo’ldi.
Avgustin va uning bir qator izdoshlari tarixni ilohiylashtirishga, tarixiy
tafakkurni va tarix falsafasini ilohiy falsafa va ilohiy tafakkur orqali idrok etishga
da’vat etgan edilar. Ular voqealar mohiyatini, uning sabablarini ilohiy qudrat va
karomatdan izladilar. Insoniyat evolyutsiyasini, kishilik hayoti davomiy-ligi va
uzviyligini, tarix va taraqqiyot birligi g’oyalariga ta’sirini o’tmishni
ilohiylashtirish orqali tadqiq etishdi.
Tarix falsafasining takomil bosqichlari va ana shu ming yilliqtsa yashagan
xalqlar ma’naviy-ruhiy ehtiyojlari nuqtai nazaridan qaraganda, qaysidir darajada,
davr odamlari tafakkuri, ma’naviy-ruhiy ehtiyojlari bilan Avgustin falsafasi
o’rtasida o’zaro yaqinlik, uyg’unlik mavjud edi. Shuning uchun ham Avgustin
falsafasi birmuncha uzoqroq yashadi va ommalashdi.
Faqatgana XVIII asrga kelib tarix falsafasi sohasida Avgustin g’oyalari va
ta’limoti doirasini sindirib chiqqan yangi ta’limot dunyoga keldi. Butunlay
yangi g’oya – tarixda yakka shaxslarning ruhiy kechinmalari, individualizm orqali
hayotni anglash, hayot qonuniyatlari ayni ana shular ta’sirida amalga oshishini
istaydigan, jamiyatni ruhiyatlashtirishga moyil bo’lgan g’oyalar Avgustin
falsafasini sindirib tashladi.
Gegel esa to’g’ridan-to’g’ri dunyoviy aql-zakovat, umuminsoniy tafakkur,
insoniyat xatti-harakati va aql-idroki uyg’unligi asosida vujudga kelgan, ong va
tafakkur hukmron bo’lgan yaxlit borliqni tarix deb tushunadi. O’z falsafa
maktabini ana shu g’oya asosida quradi.
Shunday qilib, Gegel falsafasi, uning tarixga munosabati tarix falsafasining
yangi davrini ochib berdi. U tarix falsafasiga hayot qonuniyati, ma’naviy
shakllanish jarayoni va inson rivojlanishining ma’naviy ehtiyoji sifatida qaraydi.
Har qanday g’oyalar, maqsadlar va intilishlar ana shu ichki ehtiyoj hamda
shaxsning ma’naviy-ruhiy etuklik darajasidan kelib chiqishini ko’rsatib berdi.
Bu, yaxlit holda, tarix–inson tafakkurining, ma’naviy-ruhiy va axloqiy
kamolotining mahsuli degan xulosaga kelishga imkon beradi.
XIX asr va XX asr boshlarida vujudga kelgan tarix falsafasi ayni XVIII asr
tarix falsafasi bilan ma’lum darajada yaqinlashadi. Biroq, ba’zi hollarda, u bilan
bahs ham yuritadi. Bu davrlardagi tarix falsafasi ayrim paytlarda tarixiylikka,
tarixiy haqiqatga, Artur Shopengauer, Osvald Shpengler misolida tushkunlikka,
pessimizmga moyil, ba’zi paytlarda esa Arnold Toynbi kabi optimizmga,
tafakkur jo’shqinligi va baland ruhdagi mushohadalar oqimiga og’ib turadi.
Ayni paytda dinga e’tiqod qiluvchilarning ilohiy tarix falsafasi ko’proq
yoyilmoqda. Kishilik hayotini, butun sayyoramizni chulg’ab olishga intilmoqda.
Biroq bu ham ko’p ming yillik insoniyat o’tmishida mavjud bo’lgan tarix
6
falsafasi tushunchasi atrofidagi oqimlarning biri, xolos. Albatta, turli davrlarda
vujudga kelgan ma’naviy-ruhiy ehtiyojlar va dunyoqarashlar orqali tarix
falsafasining oqimlari yangidan shakllanib, turlanib turadi. Biroq bir narsa
aniqki, ularning barchasining tagida aniq tarixiy tafakkur, inson va insoniyat
takdiri, uning ma’naviy-ruhiy olami, aql-idroki va ana shular asosida vujudga
kelgan voqea-hodisalar tizimi yotadi. Ana shu tizim, ana shu shajara butun
insoniyat tarixi haqiqatini ham, hayot haqiqatini ham belgilaydi.
Demak, bir so’z bilan aytganda, tarix falsafasi–tarixiy tafakkur
muammolari bilan shug’ullanadigan, insoniyat taraqqiyoti asosiy yo’nalishlarini
qamrab olgan mustaqil bilimlar tizimi hisoblanadi.
Marksizm asoschilari tarixiy materializm g’oyasini ilgari surdilar. Tarixni
falsafiy umumlashtirish, uning asosiy qonuniyatlarini o’rganishga bag’ishlangan
o’zlariga xos «ilmiy» g’oyani maydonga olib chiqtsilar.
Umuman olganda, tarixiy tafakkur va tarix falsafasini shakllantirish, uni
o’rganish va tadqiq etishda turli-tuman, bir-birini rad qiladigan, bir-birini inkor
etadigan g’oyalar hamon yashayapti, hamon tarix falsafasini tadqiq etishning
turli-tuman yo’nalishlari, shakllari va oqimlari paydo bo’lmoqda. Bu tabiiy hol.
Zotan, hayot davom etmoqda, tarixiy tafakkurning shakllanish jarayoni, tarix
falsafasini anglash hodisasi ham insoniyat hayoti bilan birga davom etmoqda.
Ilmiy taraqqiyot, ong va tafakkur rivojlanishining esa chegarasi yo’q.
Biroq, masalaning muhim tomoni, muammoga yondashishning eng
adolatli va ishonchli jihati shundaki, bizning fikrimizcha, inson va insoniyat
tarixi, uning taraqqiyot evolyutsiyasi har qanday qonuniyatlarga ham
sig’avermaydi. Birgina misol: kommunistik mafkura nazariyachilari o’ylab
topgan turli-tuman «izm»lar kishilik tarixining butun ko’lamini, miqyosini hayot
haqiqati nuqtai nazaridan to’la qamrab ololmadi.
Marksistik mafkura insonning tarixiy tafakquri va qarashlari xolis hamda
erkin rivojlanishiga, shaxsga, ma’naviy ehtiyojga aylanadi. Bugungi milliy
mansublik, turli ma’muriy chegaralar va insoniyat taraqqiyoti tarix va hayot
oldida nisbiy ekanligini, o’sha davrda yashagan ajdodlarimiz qaysi tilda
gaplashganlaru qanday umrguzaronlik qilgani, an’analari va urf-odatlaridan qati
nazar, mana shu muqaddas zaminda yashab o’tganlar bizning ajdodlarimiz
ekanligini chuqur his qilgan va anglagan hodda o’tmishga yondashishimiz
kerak.
Prezident Islom Karimov «har qanday tsivilizatsiya ko’pdan-ko’p xalqlar,
millatlar, elatlar faoliyatining samarali ta’sirining mahsulidir. Bir so’z bilan
aytganda, ko’chmanchilar, bosqinchilar kelib-ketaveradi, lekin xalq boqiy
qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi», – deganida tarixan shu zaminda
yashagan xalq tarixi bugungi avlod boyligi, unga ajdodlaridan qolgan buyuk
meros ekanligini ta’kidlaydi. Tarixiy taqdirga taqdirdoshlik hissini uyg’otadi.
Tarix haqiqatini anglash uchun va ayniqsa, o’tmishi soxtalashtirilgan, boy
ma’naviy va madaniy merosidan axratib tashlangan, zo’ravonlik va hukmron
g’oyalarga mahkum etilgan, unga xizmat qildirilgan tarix haqiqatini qaytadan
tiklash uchun ana shunday ma’naviy-ruhiy yaqinlikni xis etish, o’sha jarayonlarni
bevosita qalb orqali o’tkazish zarur. Qalbimizda hamisha tarixga vorislik tuyg’usi
7
bilan «u mening mulkim, mening boyligim, mening naslu nasabim, ajdodlarim
ruhi jo bo’lgan ma’vo, mening insoniy daxldorligim va insoniy sha’nimning
qaysidir bo’lagi» deb qaraganimizda uning naqadar mazmuni chuqur, mohiyati
beqiyos qadriyat ekanligini anglaymiz. Ana shunday tuyg’u bilan biz tarixning
ichki moxiyatini, uning sir-asrorlarini ocha olamiz. Insoniyat taqdiriga daxldor
bo’lgan buyuk ma’naviyatni kashf etamiz.
Albatta, tarixni o’rganishda, avval aytganimizdek, turli yondashuvlar, turli
g’oyalar va oqimlar bor. Biroq, ularning hammasi sof insoniylik munosabati,
bevosita daxddorlik va javobgarlik hissi oddida hech ish emas va ular ilmiy
soxtalikka, yuzakilikka olib keladigan illatlardir. Ana shu jihatdan qaraganda
haqiqiy tarix falsafasi bu inson va tarix, inson taqdiri va tarixiy jarayon, insoniyat
taraqqiyoti va voqealar, hodisalar o’rtasidagi konkret bog’liqlik mahsuli sifatida
dunyoga keladi. Ayni paytda ana shu ikki qutb o’rtasidagi uyg’unlik, ikki olam
o’rtasidagi mushtaraklik tarixshunoslik fani taraqqiyotining va tadrijiy xotirani
tiklash asosida tarixiy tafakkurni shakllantirishning muhim omili xisoblanadi.
Yangilanishlar davri va butun hayot bizdan tarixga munosabatni jiddiy
ravishda o’zgartirishni taqozo etmoqda. Bu bevosita tariximizni qaytadan
o’rganishimizni, uning butun yutuqlariyu fojialari bilan yaxlitligicha tadqiq
etishni talab qilmoqda. Buning uchun biz eng avvalo, tarixga shunchaki
bayonchilik munosabatidan xalos bo’lib, uni o’zimizga, o’zligimizga,
shaxsimizga daxldor bo’lgan ma’no, butun insoniy qadriyatimizni o’zida
mujassam
etgan
muqaddas
xotirot
darajasidagi
tafakkur
mezoniga
aylantirmog’imiz darkor. Tarixiy xotirani tiklash, uni qadriyat darajasiga ko’tarish
yo’llarini izlamog’imiz kerak.
Tarixiy tafakkur, tarix falsafasi bizning ko’p ming yillik o’tmishimizni
yaxlitligicha idrok etishimizga, uning butun moxiyatini anglab etishimizga va
xolisona baholashimizga yordam beradi. Shu jihatdan biz o’tmishga
yondashuvning tafakkur va falsafa orqali baholash yo’liga o’tmog’imiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |