24
qarashlar ham yotadi. Yuz bergan voqeani tan olmaydigan, uni tushunishni
xohlamaydigan yoki umuman tushunmaydigan odamlar guruhi hamma vaqg
hamma davrda bo’lishi tabiiy. Tarixni to’g’ri belgilash, to’g’ri baholash va
to’g’ri tushunishning murakkabligi ham ana shunda.
Nemis faylasufi Edmund Gusserlning fenomenologik falsafasida aqliy
intuitsiya tushunchasi ustuvorlik qiladi. Jumladan, u har qanday his qilish
qobiliyatini aql-idrok orqali amalga oshirishni, mohiyatga asoslangan jarayon
ekanligini aytadi. Natijada, «intuitsiya bu ilohiy his-tuyg’u, qalb ovozi emas,
balki aql ovozidir» degan xulosaga keladi. Bizningcha, bunday ta’rif va
yondashuv ko’pincha ilmiy tadqiqot ishlarida, xususan, tarixni anglash,
tushunish va ifoda etishda yana ham ko’proq qo’l keladi va aniq xulosalar
chiqarishga yordam beradi. Zotan, har qanday fan aql orqali namoyon bo’ladigan
fikr, mulohaza, mushohada natijasidir. Jumladan, o’tmish haqidagi tasavvurlar
aql orqali quyuqlashib, yaxlit mohiyat kasb etadi. Yuzaki va siyqa qarashlardan
farqli holda o’z ilmiy asosi va nazariy isbotini topadi. Darhaqiqat, ong keng
miqyosli, ziddiyatli va rang-barang olam, har qanday ong tushunchalar va
tasavvurlar jamuljami. Uning tayanchi esa yolg’iz aql, idrok. Aqlga tayangan,
vdrok ustuvor bo’lgan onggina o’zining ma’rifiy qudratini, fikriy salohiyatini
to’la namoyon eta oladi. Aqlga tayanmagan har qanday ong zararli va
g’ayriinsoniydir. Ana shu holatdan kelib chiqib Gusserl masalaning to’rt jihatiga
alohida e’tibor beradi:
—fikrlar go’zalligi va mukammalligi;
—fikrlarning o’zaro aloqadorligi, uzviyligi va o’zaro hamkorligi;
—fikrlarning mohiyati va ularning mantiqiy tushunchalar orqali aks
etgirilishi;
–mazkur fikrlar oqimini o’rganuvchi fenomenolog olimning his-
tuyg’ulari. Bu his-tuyg’ularning fikrlar oqimiga ta’sir qilishi.
Ko’rinib turibdiki, Gusserl falsafasida har qanday intuitsiya, his-tuyg’u
aqlga tayanadi va u asosli fikrlash, jo’yali xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Tarixni o’rganish, insoniyat o’tmishini tadqiq etishga fenomenolog yondashuv
har bir davr fenomenini, o’sha davr odamlarining o’ziga xosligini va yaxlit
qiyofasini o’rganishni taqozo etadi.
Hozirgi zamon tarixni anglash hodisasi falsafiy germenevtikaning ana
shunday keng miqyosli, inson olami orqali u yashagan davrga baho berish, uni
talqin etish va etarli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Falsafadagi tushunihdan
oldingi anglash holati tarixni o’rganishdan oldin o’sha o’rganiladigan davr tarixi
to’g’risida birmuncha to’laroq hayotiy, tarixiy, ilmiy tayyorgarlikka ega bo’lish,
ma’lum bir tushunchaga asoslanib, tadqiq etish orqali intuitiv talqin etish va
tushuntirish imkoniyatlaridan keng foydalanishda ham alohida ahamiyatga ega.
Bu bevosita tarixiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotining o’ziga xos oqimi sifatida
o’zining yangidan-yangi imkoniyatlarini ko’rsatmoqtsa.
Do'stlaringiz bilan baham: