1) turli ob’ektlar to’plamini ma’lum bir vaqtdagi holatini tavsiflovchi ma’lumotlar;
2) bitta ob’ektning holatini qator ketma-ket kelgan vaqtda tavsiflovchi ma’lumotlar..
Birinchi turdagi ma’lumotlar asosida tuzilgan modellar fazoviy modellar deb, ikkinchi turdagi ma’lumotlar asosida tuzilgan modellar esa vaqtli qatorlar modellari deb ataladi.
Vaqtli qator-bu ma’lum birko’rsatkichning bir qancha ketma-ket kelgan momentlar yoki davrlardagi qiymatlar yig’indisidir.
Vaqtli qatorlarning har bir darajasi bir qancha omillarning ta’siri natijasida yuzaga keladi va bu omillarni shartli ravishda uchta guruhga bo’lish mumkin:
Vaqtli qatorlar tendentsiyasini modellashtirishning keng tarqalgan usullaridan biri qator darajalarini vaqtga bog’liqligini yoki trendni tavsiflovchi analitik funktsiyalarni tuzishdan iborat. Bu usul vaqtli qatorlarni analitik tekslash deb ataladi.
Vaqt bo’yicha bog’lanishlar turli shakllarda bo’lishi mumkin, ularni aniq bir shaklga keltirish uchun turli ko’rinishdagi funktsiyalardan foydalaniladi. Trendlarni tuzish uchun ko’proq quyidagi funktsiyalar qo’llaniladi:
v
Chiziqli trend: yˆt = a + b - t;
Giperbola: yˆt = a + b/t;
Eksponentsial trend: yˆt = e a+b-t ;
Ko’rsatkichli funktsiya shaklidagi trend: yˆt = a –tb;
Ikki va undan yuqori tartibli parabola: yˆt =a + b1 *t+ b2 *t2 +...+ bk *tk.
Trend parametrlarini hisoblash.
Mavsumiy va Tsiklik tebranishlarni modellashtirish.
Additiv model quyidagi umumiy ko’rinishga ega: Y=T+S+E
Multiplikativ model quyidagi umumiy ko’rinishga ega: Y=T*S*E
Bu model vaqtli qatorning har bir darajasi trend(T), masumiy(S) va tasodifiy (E) komponentalar ko’paytmasidan iborat deb qaraladi. Ikkala modeldan birini tanlash masumiy tebranishning strukturasini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Agar tebranish amplitudasi taxminan o’zgarmas bo’lsa, turli tsikllar uchun masumiy komponentalar qiymatlari o’zgarmas bo’lgan vaqtli qatorning additiv modeli tuziladi. Agar masumiy tebranish amplitudasi o’sib yoki kamayib borsa, davriy qatorning darajasi masumiy komponentani qiymatiga bog’liq bo’lgan vaqtli qatorning multiplikativ modeli tuziladi.