C2H5(CH2CH2)n1Al(C2H5)2 H(C2H5)nCH CH2 Al(C2H5)
Katalitik kompleksning nisbatini o‘zgartirib, turli molekular og‘irlikka ega bo‘lgan polietilen olish mumkin:
al(C2h5)3:TiCl4=1:1–1:1,2. Mol og‘irlik 70000–350000;
al(C2h5)3:TiCl4=2:1. Mol og‘irlik 3 mln. gacha (qayta ishlash qiyin);
al(C2h5)3:TiCl4=1:2. Mol og‘irlik < 30000.
Оdatda, Al(C2h5)3:TiCl4=1:1,2 nisbat ishlatiladi. 1 kg polietilen uchun Al(C2h5)3– 0,2%, TiCl4– 0,3% sarf bo‘ladi. Katalizator suvga va kislorodga ta’sirchan bo‘ladi.
Al(C2H5)3 izo C3H7OH AL(OC3H Shu bois xomashyoda kislorod va namlik bo‘lmasligi kerak. Reaksiya tugagach katalizatorni yo‘qotib tashlash uchun izopro-
pil spirti va benzin aralashmasi bilan yuviladi polietilen:
Al(C2H5)3 izo C3H7OH AL(OC3H7)3 3C2H Benzin quyi molekular polietilenni eritadi. Biroq hamma katali- zatorlarni polietilendan to‘la yuvib tashlash imkoniyati yo‘qligi sa- babli polietilen yuqori bosimli polietilenga nisbatan quyi dielektrik xossalarga ega bo‘ladi.
Polimerizatsiya jarayoniga turli parametrlarning ta’siri
Haroratta’siri
Polimerizatsiya uchun optimal harorat 80ºC ga teng. Yuqoriroq temperaturada jarayon tezligi bir qancha ortadi, biroq polimerni ke-
yingi ishlov berishda (sentrifugalarni tiqilib qolishiga olib keladi) qiyinchiliklarga olib keluvchi ko‘p miqdorda quyi molekular poli- merni hosil qiladi.
Bosim
Polimerizatsiya reaksiyasini atmosfera bosimi ostida olib borish mumkin, ammo etilenning hajmiy tezligi va katalizatorni ishlatish optimal hisoblangan 2–3 atmosfera bosimdagiga nisbatan anchagina past. Biroq bosimni 3 atmosferagacha ko‘tarish reaksiya issiqligi- ni olib chiqib ketish uchun gaz sirkulatsiyasining orttirishni talab qiladi. Bosimning keyingi 5–10 atmosferagacha ko‘tarish reaksiya temperaturasi (80ºC)da erituvchining bug‘lanishini kamayishiga olib kelgan bo‘lar edi.
Reaksiya issiqligini olib chiqib ketish uchun, yoki yengilroq qaynovchi erituvchi yoki bo‘lmasa polimer zarralarini olib chiqib ketilishiga olib keluvchi gaz sirkulatsiyasi miqdorini oshirish talab qilinadi. Yengilroq qaynaydigan erituvchini ishlatishi katalizatorni tayyorlashda erituvchini ko‘p miqdorda uchib ketishi oqibatida qi- yinchiliklarga olib kelar edi. Bosim ortishi bilan polietilenning mole- kular og‘irligi ortadi.