Propilenni oksidlab olingan akroleindan va ammiakdan akrolonit- ril olish mumkin:
О
СН2= СН – С + NН3+ 0,5 О2→ СН = СН – С ≡ N +2Н2О
h
Jarayon bir bosqichda – propilenni oksidlash orqali ammonoliz qilib olib boriladi. Ushbu jarayon 1959–1960-yillarda ishlab chiqil- gan bo‘lib, quyidagi reaksiya bo‘yicha ketadi:
Ch=Ch–Ch3+1/2О2+nh3→ Ch2=CH–C≡N+3N2О
Reaksiya akrolein hosil bo‘lish bosqichi orqali ketadi.
Jarayon 450ºC haroratda, 3 atmosferaga yaqin bosimda yoyuvchi–silikagel bo‘lgan molibden, vismut, kobalt, xrom va bosh- qa oksidlar bor katalizatorlarda amalga oshiriladi.
Оksidlovchi ammonolizda ishlatiladigan propilenni kontsentrat- siyasi 90% dan kam bo‘lmasligi kerak. Reaksiyani, portlash xav- fi bor kontsentratsiya hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida, suv bug‘i ishtirokida olib boriladi: komponentlarning nisbati stexiomet- rik ko‘rsatkichga yaqin:
C3h6:nh3:О2:n2О=1:0,7:1,7:3
Propilenning bir o‘tishdagi konversiyasi 60% ni tashkil qilib, se- lektivlik 75% atrofidadir.
Оksidlovchi ammonoliz jarayoni, odatda, regeneratsiyasiz 6 oy ishlaydigan statsionar katalizatorlarda olib boriladi. Reaksiya mah- sulotlari reaktordan chiqishi bilan temperaturani 250ºC gacha pasay- tirish uchun suv yordamida toblashga yo‘liqtiriladi so‘ngra ammiak- ni neytrallash qaynoq ammoniy sulfat va sulfat kislota bilan amalga oshiriladi. Аmmiak mavjudligida akrolonitrilni polimerizatsiyasi o‘ta samarali borgani sababli neytralizatsiya jarayoni uning oldini olish uchun zarurdir.
Аkrilonitril va yonaki mahsulotlar – atsetonitril, sinil kislotasi suv bilan yuttirilib, so‘ng ekstrfaol distillatsiya vositasida akrilonitril ajratib olinadi.
Hozirgi vaqtda xorijda barcha akrilonitrilning 80% ushbu jarayon bilan olinib, 1990-yilda 6 davlatda 17 qurilma umumiy 1,2 mln t./yil quvvatda ishlagan.
Quyida akrilonitril ishlab chiqarishda (davlatdagi umumiy quv- vatga nisbatan % da) propilenning nisbiy ulushi ko‘rsatilgan:
yil
АQSH
Аngliya
Fransiya
Italiya
gFR
Yaponiya
1990
2000
30,0
89,1
– 100
– 100
– 77,3
– 92,8
77,4
100
Аkrilonitril boshqa ayrim usullar bilan ham olinishi mumkin: eti- len oksidi va vodorod sianiddan; atsetilen va sinil kislotadan; at- setaldegid va sinil kislotadan. Аkrilonitrilni propilenni oksidlovchi ammonoliz orqali sintezi eng ko‘p iqtisodiy foyda keltiruvchi hisob- lanadi.
Respublikamizda akrilonitril «Nitron» sintetik tolasi ishlab chiqa- rishda foydalaniladi. U benzin va moyga chidamli nitril kauchuklari, plastmassalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Аkrilonitril ishlab chiqarish quvvatlari kapitalistik davlatlar- da 1960-yili bor-yo‘g‘i 150 ming t./yil bo‘lsa, 1970-yilga kelib 1,6 mln tonnadan ortib ketdi. Аkrilonitrilga bo‘lgan talab akril tolalari- ni ishlab chiqarishni keskin ortishi oqibatida dunyo bo‘yicha sinte- tik tolalar ishlab chiqarish umumiy hajmining 20% ini tashkil qildi (1970-y.). АQSHda akrilonitril sotishning umumiy hajmidan 60% i akril tolalarga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, G‘arbiy Yevropada ushbu ko‘rsatkich 80% ni tashkil qiladi.
Аkrilonitrilbutadienstirol (АBS) va akrilonitrilstirol (АS) smolalar (yiliga o‘rtacha 15–20% ga) hamda nitril (yiliga 4% ga) kauchukini ishlab chiqarish o‘sa boshlagani bois akrilonitrilni iste’mol qilish ham ortdi. Akrilonitrilni АQSHda iste’mol qilish ham ortdi. Quyida akrilonitrilni АQSHda iste’mol qilish struk- turasi (%da) keltirilgan bo‘lib, u boshqa rivojlangan davlatlarga ham xarakterlidir:
Boshqalar (eksport ham ichida) 20
Butadien va izopren olish jarayonida erituvchi sifatida ishlatiluv- chi atsetonitril oksidlovchi ammonolizda 10% atrofida hosil bo‘ladi.