Аzeotrop haydash
Ushbu jarayon fraksiyasining noaromatik qismi metanol–suv ara- lashmasi bilan 3 yoqlama azeotrop aralashma hosil qilishga asoslan- gan bo‘lib, undan aromatik uglevodorodlar haydash orqali ajratib olinishi mumkin.
Selektiv ekstraksiya
Bizda va xorijda eng ko‘p tarqalgan ekstragen dietilenglikol (DEG)dir.
Ekstraksiyaning mohiyati – aromatizatsiyalangan benzin va se- lektiv erituvchi qarama-qarshi oqimda kontaktda bo‘ladi, bunda aro- matik uglevodorodlar eritmaga o‘tadi, noaromatik uglevodorodlar esa erimagan holida qoladi. So‘ngra eritmadan aromatik uglevodo- rodlar haydash yo‘li bilan ajratib olinadi (4-chizma).
Yengil fraksiya
i
4-chizma. Riforming katalizatidan aromatik uglevodorodlarni dieti- lenglikol (DEG) yordamida ekstraksiyalash prinsipial sxemasi.
1–xomashyo tayyorlash rektifikatsion kolonnasi; 2–ekstraksion kolonna; 3–dearomatizatsiyalangan katalizatni yuvish kolonnasi; 4–dearomatizatsiyalangan katalizat kolonnasi; 4.1–aromatik uglevodorodlarni yuvish kolonnasi; 5–bug‘latish kolonnasi; 6–haydab ajratib olingan mahsulotlar priemnigi.
Riforming katalizati 1-rektifikatsion kolonnaga oson qaynovchi fraksiya (58ºC)dan haydash orqali ajratish uchun yuboriladi. Frak- siyaning og‘ir qismi kolonnaning quyi qismidan 2–ekstraksion ko- lonnaga kirib keladi. Kolonnaning yuqori qismiga DEGning suv- li eritmasi beriladi. Maksimal selektivlikni ta’minlash maqsadi- da 2–kolonnaga 5–kolonna pastidan retsirkulat yuborib turiladi. 2–kolonna tepasidan olinadigan rafinat 3–kolonnaga yuvish uchun yuboriladi, pastidan esa ekstrakt 5–bug‘latgich kolonnaga jo‘natiladi. Haydab ajratib olingan aromatik uglevodorodlar 5–kolonnaning te- pasidan 6–haydab ajratib olingan mahsulotlar priemnigiga keladi, bu yerdan esa ajralgan suv 3 va 4–yuvish kolonnalariga ketadi.
Аromatik uglevodorodlar aralashmasining bir qismi 5–kolon- nadan ekstraksion kolonnaga qaytariladi qolgan qismi esa 4–yuvish kolonnasi orqali puxta rektifikatsiyaga yo‘naltiriladi.
3–kolonnanig tepa qismidan dearomatlashtirilgan katalizat olina-
di. Benzol, toluol, ksilollarni ajratib olinish darajasi ularni ilk xom- ashyodagi miqdoriga qarab 93–99% ni tashkil qiladi. DEG: xom- ashyoning og‘irlik nisbatlari 10:1 dan 14:1 gacha bo‘ladi.
DEG bilan ekstraksiya qilishning kamchiliklari: ekstragent sar- fining kattaligi, regeneratsiya qilishga yuqori energetik sarflar, uni yetarli bo‘lmagan yuqori selektivligi.
Хorijda ekstragent sifatida trietilenglikol, sulfolan, monometilfor- mamid, N–metilpirrolidonni suvdagi eritmasi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |