Zirk; tobulg‘i; tog‘olcha; 4 kalina



Download 47,5 Kb.
Sana24.01.2022
Hajmi47,5 Kb.
#406853
Bog'liq
5-6 murakkab test 36 ta


1.Poyasi yog‘ochlashgan, bo‘yi 2-3 m, bitta yoki bir nechta poya hosil qiluvchi sershox ko‘p yillik o‘simliklarni aniqlang.
1) zirk; 2) tobulg‘i; 3) tog‘olcha; 4) kalina;
5) floks; 6) duragay gibiskus; 7) budleya;

8) lipa; 9) uchqat; 10) giatsint; 11) gortenziya.


A) 1, 2, 4, 7, 11 B) 2, 3, 6, 7, 8, 10
C) 1, 2, 4, 5, 10, 11 D) 1, 2, 6, 9, 11

2. Barglari qarama-qarshi joylashgan buta (1) va ko‘p yillik o‘t (2) larni belgilang a.kiyiko‘t b.ligustrum c.nastarin d.chinnigul e.yalpiz f.rayxon g.pomidor A) 1-b,c 2-a,d,e B) 1-b,c,d 2-a,e,f C) 1-c,d 2-e,f,g D)1-a,e,f 2-b,c,d

3. Bandli(1) va bandsiz(2) barglar qaysi o‘simliklarga xos? a) anjir,b) o‘rik,c) qovun, d) gulsafsar, e) makkajo‘xori, f) lola;

A) 1-d,e,f; 2-a,b,c; B) 1-d,b,c; 2-a,e,f;

C) 1-a,b,c; 2-d,e,f; D) 1-a,b,f; 2-e,d,c

4. Barg bandiga ega bo‘lgan (I) va o‘troq bargli (II) o‘simliklarni aniqlang. 1) o‘rik; 2) anjir; 3) gulsafsar; 4) lola; 5) qovun; 6) makkajo‘xori A) I-2,5,6; II-1,3,4 B) I-1,2,5; II -3,4,6

C) I- 1,5,6; II-2,3,4 D) I- 1,2; II-3, 4, 5, 6

5. Barg epidermisining ostida qanday asosiy to‘qimaning hujayralari joylashgan?

A) bulutsimon; B) ustunsimon;

C) o‘tqazuvchi naylar; D) kambiy.

6. Barg po‘sti hujayralariga xos bo‘lmagan xususiyatni ko‘rsating?

A)zich joylashgan B)yorug‘likni barg ichiga o‘tkazadi C) plastidalarga ega D) plastidalar faqat barg og‘izchalari hujayralarida uchraydi

7. Barg tarkibida xloroplastlarga ega bo‘lgan hujayralarni ko‘rsating?

1)barg eti 2) og‘izchalar 3) barg po‘sti

A) 1 B) 1,2 C) 2,3 D) 3

8. Barg tomiri tarkibida zanjirsimon ulangan hujayralardan nimalar hosil bo‘ladi (a) va (b) ularda qanday moddalar harakatlanadi.

1) yog‘ochlik naychalar 2) suv va unda erigan moddalar 3) elaksimon naychalar 4) organik moddalar

A) a-1,b-2 B) a-1,b-4 C) a-3, b-4 D) a-3, b-2

9. Barg tomirlarining naytolali bog‘lamlarini nimalar hosil qiladi?

1) elaksimon naychalar; 2) tolalar; 3) o‘lik naychalar: 4) ustunsimon hujayralar; 5) kambiy. A) 1,2,3 B) 2,4,5 C) 1,3,4 D) 1,4,5

10. Bargda po‘sti qalin, pishiq, juda uzun hujayralar bo‘lib, ular qaysi to‘qimani hosil qiladi?

A) asosiy B)qoplovchiC)o‘tkazuvchiD) mexanik

11. Bargi murakkab, juft patsimon, vatani Braziliya bo‘lgan, bir yillik o‘t?

A) jaydari g‘o‘za, B) beshyaproqli partenosissus; C) yeryong‘oq; D) misr g‘o‘za;

12. Bargi qor tagida qishlab, bahorda yana o‘sishda davom etadigan o‘simliklarni ko‘rsating? A) nastarin, qoqio‘t, sachratqi B) ituzum, g‘o‘za, qoqio‘t C) atirgul, zig‘ir, kartoshkagul D) achambiti, qurttana, bug‘doy

13. Bargidagi qaysi hujayralar oxirgi hujayralar dеyiladi? A) ustunsimon hujayralar

B) bulutsimon hujayralar C) po‘st hujayralari

D) po‘stdagi egilgan juft hujayralar

14. 4000-6000 yilgacha yashaydigan daraxtlar? A) ajdar daraxti, sekvoyadendron;

B) sekvoyadendron, chinor; C) Rotang palmasi, archa; D) eman, qarag‘och

15. Agar murtakdagi boshlang‘ich ildiz o‘sishda davom etmasa, u holda ...

A) asosiy ildizda oziq moddalar ko‘p to‘planadi B) boshlanag‘ich ildiz suv va unda erigan minеral moddalarni ko‘p shimib ola boshlaydi C) yosh ildizlar rivojlanishi sustlashadi

D) boshlang‘ich poyadan qo‘shimcha ildizlar hosil bo‘ladi

16. Agar tuproqqa mineral o‘g‘itlar me'yoridan ortiqcha solinsa...

A) tuproqning ekologik holatiga ta'sir etmaydi B)tuproqning ekologik holati yomonlashadi

C) B va D D) meva va sabzavotlarning sifati buzilishiga olib keladi

17. Buta o‘simliklar berilgan qatorni ko‘rsating? A) gulsafsar, shuvoq, zirk, do‘lana B) floks, andiz, lola, nizomgul C) izen, keyreuk, teresken, sarsazan D) uchqat, nastarin, irg‘ay, singirtak

18. O‘simlik mevalarining tez pishib yetilishiga yordam beruvchi o‘g‘itlarni aniqlang? A) fosforli, azotli B) kaliyli, azotli C) azotli D) fosforli, kaliyli

19. O‘simlik poydevorini aniqlang.

A) poya B) barg C) ildiz D) meva

20. O‘simlik tarkibidagi o‘lik (a) va tirik (b) hujayralarini juftlab ko‘rsating? 1) elaksimon naylar 2) yog‘ochlik naylari 3) po‘kak 4)epiderma 5) endosperm hujayralari

6) sklerenxima 7) kollenxima

A) a-2,3,6 b-1,4,5,7 B) a-1,4,5,7 b-2,3,6

C) a-2,3,4,5 b-1,6,7 D) a-2,4,5,6 b-1,3,7

21. O‘simlikdagi oziq moddalarning harakatini nima hisobiga maqsadga muvofiq tomonga yo‘naltirish mumkin?

A) ildiz uchini chilpish B) mineral va organik og‘itlarni qat'iy reja asosida ishlatish

C) sug‘orish tartibini o‘zgartirish

D) shox-shabbasiga shakl berish va qisqartirish

22. O‘simliklar eniga tez yoki sеkin o‘sishi nimaga bog‘liq A) po‘stlog‘ining o‘ziga xos tuzilish hususiyatlariga B) barcha javoblar to‘g‘ri C) suv bilan ta‘minlanishiga D) kambiy hujayralarining mayda –yirikligiga va ko‘payishiga

23.Shakli o’zgargan yerosti (a) va yerusti (b) novda turlarini juftlang. 1)tikan 2)piyozbosh 3)gajak 4)jingalak 5)ildizpoya 6)tuganak A.a-1,2,3;b-4.5.6 B.a-2,5,6; b-1,3,4

C.a-4,5,6; b-1,2,3 D.a-1,3,4; b-2,5,6

24. O'simlik bargida organik moddalarning hosil bo'lishini kuzatish jarayonida qirqib olingan barg nima uchun spirtga solinadi?

A) pigmentni aniqlash uchun

B) kraxmalni aniqlash uchun

C) oqsilni aniqlash uchun

D) pigmentdan tozalash uchun

25. O'tkazuvchi to'qima hujayralari mexanik to'qima hujayrasidan nimasi bilan farq qiladi?

A) faqat o'lik hujayralardan iborat bo'ladi

B) yupqa qobiqli bo'ladi

C) cho'zinchoq, ovalsimon shaklga ega

D) faqat tirik hujayralar bo'ladi

26. Ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil qiluvchi o'simliklar qaysi?

a)tol b)tut c)terak d)shirinmiya e)olma f)olvoli

A. a,c,e B. c,e,f

C. c,d,f D. a,b,c

27. Chirmashib o'suvchi poyali o'simlikni toping.

A) liftok B) Rotang palmasi

C) partenosissus D) g'ozpanja

28.O'g'itlarni xususiyatlari bilan juftlang.

1)go'ng; 2)kaliyli; 3)azotli; 4)fosforli

a)hosildorlikni oshiradi; b)o'simlik o'sishini tezlashtiradi; c)tez pishib yetilishiga yordam beradi

A) 1-a; 2-a, c; 3-b; 4-a, c

B) 1, 3-b, a; 2,4-b, c

C) 2, 1-a, c; 3, 4-c, b

D) 1-a, c; 2,4-b, c; 3-a

29. Qo'shimcha ildiz hosil qiladigan o'q ildizli o'simliklarni aniqlang.1) qulupnay;

2) makkajo'xori; 3) kartoshka; 4) ajriq

A) 1,2,3 B) 1,2, 3, 4 C) 1, 3 D) 2,4

30. O’simliklar tuproq uchun qanday ahamiyatga ega? A) tuproqni unumdorligini oshiradi, tuproqni havo bilan boyitadi B) tuproq hosil bo’lishida ishtirok etadi va tuproqni yemirilishdan saqlaydi C) tuproqni yumshatib havo aylanishini yaxshilaydi va tuproqni yemirilishdan saqlaydi D) tuproq unumdorligini oshiradi va uni yemirilishdan saqlaydi hamda tuproq hosil bo’lishida ishtirok etmaydi

31.. Makkajo’xorining 8mm2 so’rish qismida bo’ladigan hujayralarining umumiy sonining 10% hosil bo’lganiga 5 kun, 30% hosil bo’lganiga 6 kun, 45% hosil bo’lganiga 7 kun, 15% hosil bo’ganiga 8 kun bo’lganlihi ma’lum bo’lsa, 9 kundan keyin makkajo’xorining 8mm2 so’rish qismida qancha ildiz tukchasi bo’ladi? (ildiz tukchalari o’rta hisobda yashaydi deb hisoblansin) A) 0 B) 2800 C) 5600 D) 8400

32.. Dehqonlar mo’l hosil olish uchun ildiz chelpish usulini qo’llaydigan o’simliklar orasidan manzarali navlarga ega bo’lgan o’simlikni hayotiy shaklini ko’rsating?

A) bir yillik B) ikki yillik C) ko’p yillik

D) manzarali navlarga ega bo’lmagan o’simliklar hisoblanadi

33.. Poyaning floema qavati qaysi to’qima(lar) hujayralaridan tashkil topgan?

A) mexanik, asosiy, o’tkazuvchi B) mexanik, o’tkazuvchi, hosil qiluvchi C) o’tkazuvchi, ajratuvchi, hosil qiluvchi D) asosiy, o’tkazuvchi, hosil qiluvchi

34.. Poyaning ksilema qavati qaysi to’qima(lar) hujayralaridan tashkil topgan?

A) mexanik, asosiy, o’tkazuvchi B) mexanik, o’tkazuvchi, hosil qiluvchi C) o’tkazuvchi, ajratuvchi, hosil qiluvchi D) asosiy, o’tkazuvchi, hosil qiluvchi

35.. Novdaning yon vegetativ organi bajaradigan vazifalarni botanikaning qaysi bo’limi o’rganadi? A) embriologiya, anatomiya

B) fiziologiya, marfalogiya C) ekologiya, sitologiya D) embriologiya, fiziologiya

36.. Hujayra tarkibiy qismlarini vazifalari bilan to’g’i juftlang. a) yadro, b) hujayra qobig’I, c) vakuol 1-himoya, 2-hujayra shaklini saqlash, 3-bo’linishda kata rol o’ynaydi, 4-mevaning tamini belgilaydi, 5-irsiy axborotlarni yangi avlodga o’tishini taminlaydi.



A) a-3.5; b-1.4; c-2. B) a-3.5; b-2; c-1.4

C)a-3.5; b-1.2; c-4 D) a-1.5; b-2.3; c-4
Download 47,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish