Zirhli qurol-aslahalarni o‘rganishda elektrotexnika va elektronika asoslari fanining o‘rni



Download 37,71 Kb.
bet1/2
Sana29.01.2022
Hajmi37,71 Kb.
#417774
  1   2
Bog'liq
Чирчик доклад Пазилова Ш


ZIRHLI QUROL-ASLAHALARNI O‘RGANISHDA ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARI FANINING O‘RNI
Pazilova Shoxida Abdulbasitovna
O‘R QK Akademiyasi katta o‘qituvchi, p.f.f.d. PhD
Jahonda sun’iy intellektni rivojlantirish va raqamli texnologiyalar asrida axborot makonining globallashuvi, ochiqligi va ommaviy axborot vositalarining kuchayishi integratsiyalashgan ta’lim muhitida ta’lim oluvchilarning innovatsion salohiyatini tarkib toptirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Yevropa davlatlari, AQSh va Rossiya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarda qurolli kuchlarni modernizatsiya jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, axborot-kommunikativ va texnik layoqatini rivojlantirishda tabiiy fanlar, shu jumladan, elektronika asoslarini o‘qitish jarayonlarini modernizatsiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bo‘lajak ofitserlarning texnik-texnologik kompetentligini rivojlantirishda dual ta’limni samarali tashkil etish, ularning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish muhim dolzarblik kasb etmoqda.
Dunyoda oliy harbiy ta’lim mazmunini takomillashtirish, elektrotexnika va elektronika asoslari fanini kasbiy sohaga yo‘naltirib o‘qitish, bo‘lajak ofitserlarning akmeologik kompetensiyasini rivojlantirishga qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalarida elektrontexnika va elektronika asoslarini o‘qitishda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish, aralash ta’lim (blended learning) imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim sifatini oshirish, texnokratik ta’lim paradigmasiga ustuvorlik berish asosida o‘qitish jarayonining intensivligini ta’minlash, konsentrizm tamoyillari asosida o‘quv materiallarini loyihalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa, elektrotexnika va elektronika asoslarini o‘qitishning innovatsion metodik tizimini ishlab chiqish, ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash orqali bo‘lajak ofitserlarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda harbiy ta’lim sohasiga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, oliy ta’limda fizikaning turli sohalarini o‘qitishda integrativ tamoyillarning qo‘llanilishiga katta e’tibor qaratilmoqda. “Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” muhim vazifa sifatida belgilab berilgan. Bu esa, oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanini o‘qitish tuzilmasi, mazmuni va metodikasini takomillashtirish lozimligini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2017 yil 20 apreldagi PF-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi PQ-5032-son “Fizika sohasidag ita’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Hozirgi vaqtda inson faoliyati doirasiga kirgan har bir sohada va yo‘nalishda elektrotexnika va elektronika qurilmalari mavjud. Shu sababdan elektrotexnika asoslarini bilish, uni tushunish va amalda qo‘llay bilish nafaqat elektrotexnik xodimlar, balki turli soha mutaxassislari va xodimlari uchun ham ertangi kunning ravnaqini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Elektrotexnika va elektronika asoslari fanini kursantlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilishi albatta ularning tabiiy-ilmiy fanlar, jumladan, oliy matematika, fizika, kimyo, zirhli qurol aslahalari tuzilishi kabi fanlarining qanday o‘zlashtirganliklariga ham bog‘liq.
Oliy harbiy ta’lim muassasalrida elektrotexnika va elektronika asoslari fanining mazmunini hozirgi davr talablariga javob beradigan darajaga yetkazish respublikamiz ta’lim va fan sohalarining asosiy yutuqlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad kursantlarga elektrotexnikaning asosiy qonunlarini o‘rgatish, elektron qurilmalar va avtomatik boshqaruv tizimlarining elektr sxemalari tuzilishi va ishlashini birinchi galda kursantlarning harbiy texnika fanlarda o‘rganiladigan elektr asbob, elektron va avtomatik tizimlarni harbiy mashinalarda qo‘llanilishini va texnik xizmat ko‘rsatishni, qurollar va zirhli texnikalarni ta’mirlash, shuningdek, parklar, tankadrom va direktrisalar elektr ta’minoti vositalari bilan tanishtirishdir.
Elektrotexnika va elektronika asoslari fani qanday o‘qitilishi kerak, qanday metodlardan foydalanilsa, dastur mazmuni ochiladi, kursantlarda mazkur fanga qiziqish uyg‘onib, ularni mustaqil ishlashga undaydi, - bular fanni o‘qitish metodikasining asosiy savollaridir. Boshqa fanlar kabi elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitish jarayonida kursantlarga kerakli bilimlarni berish bilan birga ularning bilish qobiliyatlari ham rivojlantiriladi.
Elektrotexnika va elektronika asoslari fanini oq‘itishda eng avvalo o‘tiladigan mavzularni qiziqarli, tushunarli va soddaroq bayon etishga erishish zarur, chunki bu fan bo‘lajak harbiy mutaxassislar uchun o‘tiladi. Ularga bu fan to‘g‘risida qisqa vaqt ichida aniq bir tassavurga, bilimga ega bo‘lishlari uchun harakat qilish kerak. Agar ta’lim jarayoni kursantda faol harakat, bilim va ko‘nikmalar orttirish ishtiyoqini uyg‘otsagina, samarali kechadi va sifatli natijalar beradi.
O‘qitishni bunday tashkil qilish uchun uning barcha usullari og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy, reproduktiv, qidiruv, induktiv va deduktiv, shuningdek, mustaqil ish usullaridan foydalanish lozim. O‘qitishga qiziqishning asosiy manbai, avvalo uning mazmunidir. Bu mazmun kuchli rag‘batlantiruvchi tasir ko‘rsatishi uchun o‘qitish prinsiplari qator talablarga javob berishi lozim. Buning uchun, birinchi navbatda yangilik va dolzarblik vaziyatlarini yaratuvchilik mazmunini, fan va texnikaning eng muhim kashfiyotlarini, zamonaviy madaniyat, san’at, ijtimoiy-siyosiy va xalqaro hayot xodisalariga yaqinlashtirishni kiritish lozim. Ana shundagina kursantlar mashg‘ulotlarda o‘rganilayotgan masalalarining muhimliginiyorqin va chuqur his qiladilar va unga katta qiziqish bilan yondashadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining o‘quv rejasiga ko‘ra elektrotexnika va elektronika asoslari fani bo‘yicha o‘quv ishlarining quyidagi shakllari mavjud: ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari. Elektrotexnika va elektronika asoslaridan tayyorgarlik sifatini oshirish uchun mustaqil tayyorgarlik soatlari e’tiborga olingan. Elektrotexnika asoslarini o‘qitishda umumiy metodlar bilan bir qatorda eksperiment, jarayonlarning grafik tasvirlanishi, qurilmalarning sxematik tasavvuri, vektor diagrammalarni qo‘llash va hokazolar kiradi.
O‘qitishning eng samarali metodini tanlash o‘quv jarayonini tashkil qilishning asosiy masalalaridan biri bo‘lib, bu ba’zi qiyinchiliklarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Pedagogik tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘qitish metodini tanlashda qiynaladilar. Metodlarni tanlash metodikasiga ega bo‘lish uchun, ularning turlarini va har biridan samarali foydalanish usullarni bilish kerak.
Oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun elektrotexnika va elektronika asoslari fanidan mashg‘ulotlarning takomillashgan mazmunini ishlab chiqish, samarali o‘qitishni ta’minlovchi o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy-uslubiy, metodik tavsiyalar, dars ishlanmalari hamda elektron ishlanmalar tayyorlash davr talabidir. Fanning takomillashtirilgan mazmuni, uni o‘qitish metodikasi hamda yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar va elektron materiallar bo‘lajak ofitserlarni tayyorlashda elektrotexnika va elektronika asoslari fanidan chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida o‘qitishning an’anaviy va past samarali usulidan to‘la qonli xalos etadi.


Elektrotexnika va elektronika asoslari fanining


takomillashtirilgan mazmuni
Jahon tajribasidan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga o‘qitishning yangi, zamonaviy usul va vositlari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmoqda. Bunda: o‘qituvchi bilim olishning yagona manbai bo‘lib qolishi kerak emas, balki kursantlar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi va maslahatchisi bo‘lishi lozim. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g‘oyalar yotadi. Yangicha metodlarni, yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish haqida fikr yuritilganda inter aktiv usullarning o‘quv jarayonida qo‘llanishi tushuniladi. Inter aktiv usulning asosiy maqsadi o‘quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali kursantning faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishidir. Bu esa ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlaydi. Interaktivlik asosida mashg‘ulot tashkil etilganda birorta ham kursant chetda qolmaydi va ular o‘ylagan fikrlarini ochiq-oydin bildira olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kursantlar hamkorlikda ishlashda mavzu mazmunini bilish, o‘zlashtirishda o‘zlarining shaxsiy hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘zaro bilimlar, g‘oyalar, fikrlarni almashish jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday holatlar o‘zaro samimiylikni ta’minlaydi, yangi bilimlar olish, o‘zlashtirishga havas ortadi, shu jarayonda bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro do‘stona munosabatlar vujudga keladi. Buning esa tarbiyaviy ahamiyati katta. Demak, interaktiv mashg‘ulotlarni tashkillashtirishda o‘quv jarayoni davomida yakka va juft bo‘lib ishlash, guruhlarda ishlash, rolli o‘yinlar, axborot manbalari bilan ishlashlardan foydalanish mumkin. Interaktiv metodlarda o‘qituvchi kursantning fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to‘g‘ri xulosani aytib o‘tib ketadi, natijada kursant xatosini tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi holatlarning oldini oladi. O‘qituvchi qanday bo‘lmasin kursantning fikrini tinglaydi va hurmat bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga kursantlarni o‘zaro bir-birlarini tinglashga o‘rgatadi. Interaktiv metodlar kursantlarda doimiy faollikni ta’minlaydi. Mashg‘ulot davomida kursantlar bo‘sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo‘ladilar.
Yosh avlodning dunyo qarashini shakllantirish, hayot kechirish tarzini tanlashning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish lozim. Ilmiyligi jihatdan nazariya asoslarini amaliyot bilan, masalaning qo‘yilishini ilmiylik bilan hamda iqtisodiyotning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondashish bilan, nazariy dalillarning mantiqiylik bilan uzviy birligi ta’minlanishi kerak.
Hozirgi davr o‘qitish shakllari kursantlarni erkin, ijodiy fikrlashga xizmatini a’lo darajada tashkillashtirishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. Shunday ekan, kursantlar mustaqil fikrlay olsalar, har bir masalaga ijodiy yondashsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, to‘g‘ri xulosa chiqara olsalar, o‘zlariga, guruhiga, guruh esa ularga baho bera olsa, ana shu o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi.

Download 37,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish