Zirali retseptlar, zirali shifobaxsh damlanma
Zirali choy damlash retsepti: toʻla 1 choy qoshiq yanchilgan zira ustidan 1/4 l litr qaynab turgan suv quyiladi va 10 minutdan soʻng dokadan oʻtkazib olinadi. Ziradan damlangan bunday choyni iliq holatda oz-oz hoʻplab ichish maqsadga muvofiq boʻladi. Bu choy oshqozon hazm yoʻllarining dam boʻlishi va ichaklar siqilib qolishini bartaraf etadi.
Shifobaxsh damlama retsepti: 1-5 g yanchilgan zira ustidan 100 ml qaynab turgan suv quyiladi, 10-15 minut tindiriladi. Tayyorlangan damlamani 2-3 ga boʻlib ovqatlanishdan oldin ichiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |