Zilzila va undan himoyalanish Kompyuterda ishlashda texnik xavfsizlik



Download 0,49 Mb.
Sana21.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#834385
Bog'liq
XFX Shaxzod


  1. Zilzila va undan himoyalanish

  2. Kompyuterda ishlashda texnik xavfsizlik



  1. Zilzila, yer qimirlash — yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoklarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish zilzilalariga boʻlinadi. Yer poʻstining qar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik zilzilalar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish zilzilalari tabiatda juda kam sodir boʻladi, ular kuchi jixatidan tektonik zilzilalarning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan zilzilalar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik kismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz zilzilalar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan zilzilalar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma zilzilalar natijasida taxminan 0,510" J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5 % inigina tashkil etadi.

Zilzila haqida umumiy tushuncha
Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining belbogʻli (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi.

Tektonik plitalar
Yer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yoʻnalishda — Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Jan. Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va b. hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi. Yer pusti yoki yuqori mantiya qatlamidagi zilzila paydo boʻlgan maʼlum bir hajm zilzila oʻchogʻi, uning markazi deb hisoblangan nuqta esa gipotsentr, gipotsentrning yer yuzasidagi proyeksiyasi zilzila epitsentri deyiladi. Epitsentr va gipotsentr oraligʻidagi masofa zilzilaning yer yuzidan chuqurligini koʻrsatadi. Zilzila oʻchogʻi Oʻrta Osiyo hududida, aksariyat hollarda, Yer sathidan 5-50 km chuqurlikda joylashgan boʻladi. Yer sharining maʼlum hududlarida zilzilalar oʻchogʻi 200— 300, hatto 700 km gacha chuqurlikda boʻlishi ham mumkin. Zilzila sodir boʻlganda uning oʻchogʻidan boʻylama va koʻndalang seysmik toʻlqinlar tarqaladi. Boʻylama toʻlqinlar R harfi (birinchi toʻlqin), koʻndalang toʻlqinlar S harfi (ikkinchi toʻlqin) bilan belgilanadi. Bulardan tashqari, yer yuzasida paydo boʻladigan yuza toʻlqinlar (L) mavjud. Mazkur toʻlqinlar asosiy hisoblansada, koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar yer yuzasi hamda ichki qatlamalarida sinish va qaytarilish xususiyatiga egaligi sababli murakkab toʻlqinlar hosil boʻladi. Toʻlqinlar har xil tezlik bilan tarqaladi. Eng tez tarqaluvchi toʻlqin boʻylama toʻlqin boʻlib, muhitda taxminan bino ichidagi odamlarning koʻpchiligi sezadi. Uydagi jihozlar harakatga keladi. Bino va mebel tebranadi. Uyqudagilar uygʻonib ketadi. Hamma sezadi.Koʻpchilik tashqariga chiqishga oshiqadi, baʼzi buyumlar turgan yeridan tushib ketadi.

Tinch okeanida sunami to'qinlarining tarqalishi, Yaponiyadagi zilzila (2011)
Baʼzi uylarda suvoqlar koʻchib tushadi. Imoratlar shikastlanadi, gʻishtli devorlar yoriladi. Xom gʻisht va paxsadan qurilgan baʼzi uylar buziladi, togʻlarda baʼzan qoyalar koʻchadi. Imoratlar kuchli shikastlanadi, togʻlarda surilmalar yuz beradi. Gʻisht, betondan ishlangan uylar butunlay yoki qisman buziladi, yer osti quvurlari uziladi. Qoyalar qulab, tepaliklar suriladi, yerdagi yoriqlarning eni 10 sm gacha boradi. Yer yuzida katta (eni 1 m gacha) yoriqlar paydo boʻladi. Toʻgʻon va qirgʻoq dambalari ishdan chiqadi, temir yoʻllar bukiladi. Yangi koʻllar paydo boʻladi. Yer yuzida keng va chuqur jarliklar hosil boʻladi, yer vertikal va gorizontal yoʻnalishda silkinadi. Togʻlarda qoyalar agʻdariladi, koʻprik, toʻgʻon, temir yoʻllari butunlay buziladi. Yer qiyofasi, relyefi oʻzgaradi. Yer yuzi burmalanadi, baland qoyalar agʻdariladi, daryolar oʻzanini oʻzgartiradi. Koʻndalang toʻlqin esa oʻrtacha 5 km/s tezlikda, yuza toʻlqinlar esa eng sekin tezlikda tarqaladi. Qayd qilingan toʻlqinlarning yozuviga qarab zilzila epitsentridan stansiyagacha boʻlgan masofani aniqlash imkonini beradi. Shu maqsadda koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar orasidagi vaqtning epitsentr uzoqligiga bogʻliqligi har xil hudud uchun oʻrganiladi.
Bu bogʻliqlik chizma koʻrinishida boʻlib, u godograf deb yuritiladi va zilzila maʼlumotlarini ishlash va oʻrganishda muhim ahamiyatga ega boʻladi. Zilzila toʻlqinlarining umumiy quvvati magnituda (M) bilan belgilanadi. U shartli son boʻlib, yer sathidagi muhit zarralarining siljish amplitudasiga toʻgʻri keladi. Bu qiymat seysmik stansiyalar qayd qilgan yozuvlar — seysmogrammalardan aniqlanadi. „A“ harfi bilan belgilangan kattalik K = lg£ zilzilaning quvvatlilik sinfi deb ataladi. Masalan, magnitudasi 5 ga teng (M = 5) boʻlgan zilzila oʻchogʻidan 1012 J quvvat ajraladi, yaʼni K = 12 zilzila kuchini ifodalash uchun turli seysmik shkalalar taklif etilgan. Ulardan biri — 1917 yilda Xalqaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli — Kankani — Ziberg shkalasi boʻlib, u hozirgacha bir qancha Yevropa mamlakatlarida qoʻllaniladi. . Ikkinchisi — AQSH da Vud va Nyumanlar tomonidan 1931 yilda Merkalli shkalasini bir oz mukammallashtirilgan 12 balli MM shkalasi qisoblanadi. Uchinchisi — Rossiyada S. V. Medvedev tomonidan ishlab chiqilgan 12 balli shkaladir. 1964 yil Parijda YUNESKO ning seysmologiya va seysmobardosh qurilish boʻyicha oʻtkazilgan davlatlararo yigʻilishida tavsiya etilgan MSHK=1964 12 balli shkala S. V. Medvedev (Moskva), V. Shponxoyer (Iyena, Germaniya) va V. Karniklar (Praga) tomonidan tuzilgan. Zilzila kuchini aniqlashning juda koʻp usullari va belgilari bor. Pekin zilzilaning yer yuzida namoyon boʻlishi ballarda aniqlanganligi bilan zilzilaning aniq, quvvatini ballar ifodalamaydi. Shuning uchun zilzilaning haqiqiy kuchini koʻrsatuvchi oʻlcham — magnituda hisoblanadi. Yer qaʼridagi tektonik, harakatlar faollashgan qismi va uning tevarak atrofida fizikaviy va kimyoviy jarayonlar ham faollashadi. Jumladan, togʻ jinslarining zichligi, elektr oʻtkazuvchanligi, magnitik xossalari, elektromagnit toʻlqinlar tarqatish xususiyati, yer sathining vertikal va gorizontal holati kabilar oʻzgarishi mumkin. Mazkur hududlarda mavjud boʻlgan burgʻi quduqlari orqali olinayotgan neft, gaz, suv miqdori keskin oʻzgarishi, yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, mikroelementlar, gazlar miqdori ham oʻzgaradi. Ushbu sanab oʻtilganlar zilzila sodir boʻlishi arafasida keskin va koʻp miqdorda oʻzgarib, zilzilaning darakchilari sifatida qaralishi mumkin. Ular zilzilalarni oldindan aytib berish muammosini hal qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada Yer sharining seysmik jihatdan faol boʻlgan barcha hududlarida koʻp yillik xalqaro va milliy dasturlar asosida toʻxtovsiz izlanishlar olib borilayapti.

Zilzilaning yuzaga kelish sabablari
Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga koʻra kuyidagi guruhlarga boʻlinadi:
• Tektonik zilzilalar;
• Vulqon zilzilalari;
• Agʻdarilish, oʻpirilish zilzilalari;
• Texnogen (insonning muxandislik faoliyati bilan bogʻlik) zilzilalar.
Yuqorida qayd etilgan yer silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng kup talofat keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera oʻramlarida boʻladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi. Qiya sathlarida togʻ jinslarining katta bulaklarini agʻdarilishi, yoki toglarning oʻpirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar agʻdarilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishining tarqalish maydoni kichik, koʻp hollarda talofatsiz boʻladi. Vulqon jarayoni, yaʼni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bogʻlik boʻlgan yer silkinishiga vulqonli yer silkinishi deyiladi.Bunday yer silkinishi vulqonning faollashishi bilan bogʻlik boʻlganligi sababli aksariyat koʻp hollarda ular aniq bashorat qilinadi.Shuning uchun uning keltiradigan talofati deyarli kuchli boʻlmaydi. Zilzila turlaridan eng xavflisi (talofatlisi) tektonik zilzila hisoblanadi. Maʼlumki, har yili sayyoramizda 100000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia boʻlib, imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo boʻlishiga, ming-minglab insonlar yostigʻining qurishiga olib keladi.
Yer silkinish oʻchogʻi gipotsentrning joylashgan chuqurligi boʻyicha:
1. yuza — 70 km.gacha
2. oʻrta — 70-300 km.
3. chuqur — 300 km.dan pastda „mantiya“ qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin.
Zilzila kuchi
Yer silkinish kuchiga qarab quyidagi holatlar kuzatiladi:
• 1 ball — sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi;
• 2 ball - juda kuchsiz, uy ichida utirgan baʼzi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi);
• 3 ball — kuchsiz, kupchilik odamlar sezmaydi, ochiq joyda tinch oʻtirgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin tebranadi;
• 4 ball - oʻrtacha sezilarli. Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Roʻzgʻor anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi;
• 5 ball — ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʻonadi, baʼzi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishlardagi suyuqlik chayqalib toʻkiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi;
• 6 ball - kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʻonadi, koʻpchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat boʻladi. Baʼzi hollarda kitob javonidagi kitoblar, roʻzgʻor buyumlari javonlaridagi idishlar agʻdarilib tushadi;
• 7 ball - juda kuchli. Koʻpchilik odamlarni qoʻrquv bosadi, koʻchaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo boʻladi, Hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqlanadi.
• 8 ball - yemiruvchi. Xom gishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayronaga aylanadi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo boʻladi, uy tepasidagi moʻrilar yiqiladi, baʼzi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, togʻliq joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi.
• 9 ball - vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshoatlar ham qattiq shikastlanadi. Oddiy imoratlar butunlay vayron boʻladi, yer yuzasida yoriqlar paydo boʻladi, yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin.
• 10 ball - yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson boʻladi. Temir yoʻl izlari toʻlqinsimon shaklga kelib bir tomonga qarab egilib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, choʻkish hodisalari yuz beradi. Suv havzalari toʻlqinlanib qirgʻoqqa uriladi, qoyali yon bagʻrlarda katta-katta surilish hodisalari sodir boʻladi.
• 11 ball - fojiali. Hamma imoratlar deyarlik vayron boʻladi, toʻgonlar yorilib ketadi, temir yoʻllar butunlay ishdan chiqadi, yerning ustki qismida katta-katta yoriqlar paydo boʻladi, yer ostidan balchiqdar koʻtarilib chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi.
• 12 ball - oʻta fojiali. Yerning ustki qismida katta oʻzgarishlar yuz beradi. Hamma imoratlar butunlay vayron boʻladi, daryolarning oʻzani oʻzgarib sharsharalar paydo boʻladi, tabiiy toʻgʻonlar vujudga keladi.
MDH hududining 20 foizga yaqin yeri seysmoaktiv mintaqa hisoblanib, bunday hududlarga asosan togʻli oʻlkalar, Kavkaz orti, Shimoliy Kavkaz, Karpat boʻyi, Janubiy Qrim, Moldaviya, Primor’e, Saxalin, Kamchatka, Kuril orollari, Turkmaniston va Oʻrta Osiyoning torli oʻlkalari kiradi.


  1. Kompyuterda ishlashda texnik xavfsizlik

Kompyuter bilan ishlashda hayotiy faoliyat xavfsizligi qoidalari va talablari. Kompyuter bilan ishlash davomida bir qator faoliyat bilan bog’liq fiziologik jarayonlar sodir bo’ladi va inson organizmiga turli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bu kabi surunkali ta’sirlar va xavfli holatlar muxandis-dasturlarni ish faoliyatiga ta’sir ko’rsatib kasb kasaliklarini keltirib chiqarishi tasdiqlangan.
Kompyuter sinflarida yong’in xavfsizligini ta’minlash masalasi
Kompyuterlar joylashtirilgan xonalar va dasturlovchi o’rni yong’in xavfsizligi talablari bo’yicha «D» toifaga mansub bo’lib, tez yonuvchi materiallar kam hisoblanadi. Elektr hisoblash mashinalari va aloqa vositalari joylashtirilgan xonalarda yong’in xavfi mavjud bo’lib, bu holat katta miqdorda tez eriydigan yengil materiallar. Bu xonalarda yong’in asosan yonuvchan moddalarning oksidlanishi, issiqlik ta’sirida erishi natijasida sodir bo’ladi. Mavjud xonalarda o’rnatilgan akustik va estetik talablarga mos keluvchi eshik, pol, kabellar izolyasiyasi va boshqalar yonuvchi komponentlar toifasiga kiradi. Yong’inga qarshi kurash bu kompleks tashkiliy va texnik tadbirlar bo’lib, xodimlarni xavfsizligini ta’minlash, yong’inni samarali o’chirish uni tez tarqalishini oldini olishdan iborat. Uchqun chiqaruvchi manbalar esa, elektron sxemalar, elektr ta’minot tarmoqlari, turli elektron uskunalarning nosozligi, qisqa tutashuv, yer bilan notug’ri biriktirish, ulashdagi nosozliklar hisoblanadi. Zamonaviy kompyuterlar va EHMlarida elektron sxemalar va detallar zich joylashganligi va kabellar hamda ulash simlari yaqinligi sababli bu xavf ancha yuqoridir. Bulardan elektr tokini oqishi himoya qavatini erishiga olib keladi. Kompyuterlarda bu kabi ortiqcha issiqlik maxsus shamolatish bloki orqali chiqarib yuboriladi. Bu blokni ishdan chiqishi esa juda xavflidir. Bunday hollarda xavfsizlik choralarini ko’rish va qo’shimcha shamollatish tizimini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Yong’in xavfsizligi qoidalariga binoan EHM joylashtirilgan xonalar, ko’paytirish va nusxa ko’chirish uskunalari atrofida tutunli xabar berish moslamalari o’rnatiladi. Yonqin boshlangan holatda plastmassalarni tutashi natijasida zaharli is gazi ajralib chiqadi va ishchilarni bug’ishi mumkin. Shu sababli, belgilangan talablarga mos keladigan o’chirish usullari va tizimlaridan foydalanish maqsadidga muvofiqdir. Olib borilayotgan tadqiqotchilar va tahlillar asosida aynan shu holatga mos keluvchi usullar tanlanadi. Ish o’rnini samarali tashkil etishda asosiy e’tibor elektromagnit va elektrostatik maydonlar ta’sirini kamaytirishga qaratilishi darkor. Bugungi kunda ish o’rnini ergonomik talablar asosida tashkil etish, komfort ish sharoitini tashkil etish dolzarb sosial masaladir. Olingan tadqiqotlar asosida ish stolining optimal o’lchamlari, qo’lay konfegurasiya, ish o’rnini to’g’ri tashkil etishda asosiy manbadir. Belgilangan talablarga javob beradigan sharoit yaratish, ish sifatini va unumdorligini oshirish, dastur ishini yaxshilash, nuqsonsiz ishlashni ta’minlash imkonini beradi.
Shovqin. Ma’lumki, turli darajadagi va kattalikdagi shovqinlar organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi va uni qobiliyatini pasayishiga sabab bo’ladi. Shovqin sharoitida ishlashda insonlarda jizzakilik, bosh og’rig’i, bosh aylanishi, xotira susayishi, ishtaha bug’ilishi, quloqda og’riq va boshqalar kuzatiladi. Quyidagi jadvalda keltirilgan. Shovqinning og’irlik darajasi ko’p jihatdan ishning kuchlanganlik darajasiga bog’liq. Demak, kuchlanish katta bo’lsa, xavf darajasi katta bo’lishi kuzatiladi.
Ish o’rinda shovqinni chegaraviy qiymati, dB.

III. Kuchlanishga

60

60

-

-

IV. Juda katta kuchlanish

50

50

-

-

Muxandis dasturlarni ish o’rnida shovqinning maksimal qiymati, 50 dBa dan katta, informatika va hisoblash zallarida esa 65 dBa bo’lishi lozim. Bu kabi javobgarlik talab qiladigan xonalarda va kompyuter zallarida tegishli himoya vositalarini ko’rish va amalga oshirish juda muhimdir. Bu maqsadida maxsus shovqin yutuvchi va kamaytiruvchi moslamalar o’rnatish talab etiladi.


Kompyuter oldida uzoq o’tirishning mehnat unumdorligiga ta’siri
Ma’lumki, kompyuter bilan ishlashda operatorlarda aqliy, emosional (his-hayojon) va jismoniy nagruzkalar bilan birga yuqori darajadagi shu jumladan ko’rish organlarining ortiqcha zo’riqishi sodir bo’ladi.
Bir o’rinli stolning o’lchamlari

T/r

Talaba va o’quvchilar balandligi, mm

Poldan balandligi, mm

Stolning
Balandligi

Oyoq uchun kenglik
Chegarasi

1.

116-130

520

400

2.

131-145

580

520

3.

146-160

640

580

4.

161-175

700

640

5.

175 va yuqori

760

700

Ayrim hollarda oyoq uchun monitorning eni va chuqurligi stol konstruksiyasining turiga qarab tanlanadi. Juda ko’p hollarda stolning optimal balandligi 760 mm, oyoq uchun maydon kengligi 800 mm qabul qilinadi.


Me’yoriy talablarga binoan o’quvchi va talabalar uchun stolning asosiy o’lchamlari qo’yidagicha:

t/r

Stol parametrlari

Talabalar va o’quvchilar o’lchamlari

116-130

131-145

146-160

161-175

176

1.

O’tirgichning poldan balandligi, mm

300

340

380

420

460

2.

Eni, mm

270

290

320

340

360

3.

O’tirgichning chuqurligi, mm

290

330

360

380

400

4.

Stol yelkasining balandligi

130

150

160

170

190

5.

Stol yelkasining eng yuqori balandligi

280

380

330

320

400

6.

Egilgan joyining balandligi

170

190

220

210

220

7.

Stol oldi qismining egrilik radiusi

20-50

-

-

-

-

8.

O’tirgichning egrilik burchagi radiusi. grad.

0-4

-

-

-

-

9.

Stol yelkasining egrilik, radiusi, grad.

95-108

-

-

-

-

10.

O’tirgichning egrilik burchagi radiusi, mm.

300

-

-

-

-

Berilgan ma’lumotlar asosida kompyuter ish o’rnini optimal tashkil etish mumkin. Shu sababli, kompyuter operatorlari uchun belgilangan talablarga mos keladigan ko’tariladigan - aylanadigan maxsus stoldan foydalanish tavsiya etiladi.


Bu turdagi stullar uzunligi 250 mm va eni 50 mm bo’lgan tirsak osti tayanch bilan ta’minlanadi. Oxirgi yillarda dasturlovchilarning qomatiga mos ravishda o’zgartirish imkoni mavjud konstruksiyalardan foydalaniladi. Ish o’rni albatta oyoq uchun taglik bilan ta’minlanadi va uning o’lchamlari eni 300 mm chuqurligi 400 mm bo’lib, o’zgartirish imkoni mavjud. Podstavkalar maxsus balandligi 10mm bo’lgan bortcha Bilan ta’minlanadi. Ergonomik talablardan kelib chiqqan holda ish o’rnini qo’yidagi qismlarga ajratish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:


• Umarov Gʻ. — „HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI“ fanidan MAJMUA, Samarqand


• Yormatov G‘.Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. -T.: „Aloqachi“, 2009 yil. — 348 b.
• Nigmatov I., Tojieyv M.X. — „Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi“ Darslik.-T.: Iqtisod-moliya. 2011. −260 b.
• Qudratov A. va b. — „Hayotiy faoliyat xavfsizligi“.Maʼruza kursi. „Aloqachi“ -T.: 2005. −355 b.
• Abdullabekov K. N., Zilziladan saqlanish mumkinmi? T., 1992; Karimov F. X., Zemletryaseniye, M, 1993; Otaboyev X., Zilzila T., 1988.
• Akhmedov, B. A., Kuchkarov, Sh. F., (2020). Cluster methods of learning english using information technology. Scientific Progress, 1(2), 40-43.
• Akhmedov, B. A., Majidov, J. M., Narimbetova, Z. A., Kuralov, Yu. A. (2020). Active interactive and distance forms of the cluster method of learning in development of higher education. Экономика и социум, 12(79), 805-808.
Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish