Zichlik o‘lchash tizimlari.
Zichlik to‘g‘risidagi umumiy tushunchalar
Reja:
Zichlik o‘lchash tizimlari.
Zichlik to‘g‘risidagi umumiy tushunchalar
Vaznli zichlik o‘lchash vositalari.
Qalqovichli zichlik o‘lchash vositalari.
1. Gidrostatik zichlik o‘lchash vositalari.
2. Vibratsion zichlik o‘lchash vositalari.
Moddalarning zichligi texnologik mahsulotning sifatini ba'zi hollarda esa tarkibini ham xarakterlovchi asosiy parametrlardan hisoblanadi. Zichlikni avtomatik o‘lchash asboblari kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlaridagi bir qator jarayonlarni avtomatlashtirishdagi muhim vositalardan hisoblanadi. Masalan, bug‘latuvchi qurilmalar, absorber, distillyasion, rektifikatsion va boshqa uskunalarni nazorat qilish hamda boshqarishda zichliklarni uzluksiz o‘lchab turilishini talab qiladi. Ba'zi ishlab chiqarishda suyuqliklarning zichligi erigan modda konsentratsiyasini aniqlash maqsadida o‘lchanadi.
Modda massasining hajmiga nisbati zichlik deyiladi, ya'ni
, (1)
bu yerda — zichlik, kg/m3; m — moddaning massasi, kg; V — moddaning hajmi, m3.
Suyuqlikning zichligi haroratga bog‘liq va normal (20°S) haroratda quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
ρ20=ρt[1-β(20-t)] , (2)
bu yeda pt —suyuqlikning ish haroratidagi zichligi, kg/m3; β—suyuqlik hajmiy issiqlik kengayishining o‘rtacha koeffitsienti, 1/°S; t —suyuqlikning harorati, °S.
Sanoatda suyuqlikning zichligini o‘lchash uchun qalqovichli, vaznli, gidrostatik va radioizotopli zichlik o‘lchagichlar ko‘p qo‘llaniladi
Vaznli zichlik o‘lchash asboblarining ishlash prinsipi
Nazorat qilinayotgan suyuqlikning ma'lum bir doimiy hajmining vaznini uzluksiz o‘lchab turishga asoslangan.
Toza suyuqliklar zichligi o‘lchashdan tashqari vaznli zichlik o‘lchagichlar suspenziya va tarkibida qattiq moddalar bo‘lgan suyuqliklar zichligini o‘lchashda ham ishlatiladi.
1- rasmda pnevmatik o‘zgartkichli vaznli zichlik o‘lchagichning prinsipial sxemasi keltirilgan. Suyuqlik rezina tarnov va metall silfonlari 6 bo‘lgan sirtmoqsimon quvur 1 dan o‘tadi. Sirtmoqsimon quvur pnevmoo‘zgartkichining to‘sig‘i 2 bilan bog‘liq. Suyuqlik zichligi oshganda sirtmoqsimon quvurning vazni ortadi va u pastga harakatlanadi, soplo 3 bilan to‘siq 2 oralig‘i kichrayadi, o‘zgartkichdagi bosim ko‘tariladi.
Unifikatsiyalangan pnevmatik signal kuchaytirgich 4 orqali silfon 5 ga uzatiladi (teskari aloqa). Silfondagi bosim suyuqlik zichligining o‘zgarishiga mutanosib o‘zgaradi va shkalasi zichlik birligida darajalangan ikkilamchi asbob bilan o‘lchanadi. Asbob suyuqlikning zichligini sirtmoqsimon quvur to‘ldirilayotgan paytdagi amaliy haroratda o‘lchaydi.
Vaznli zichlik o‘lchagichlarning afzalligi sirtmoqsimon quvur kesimining doimiyligi va quvurdan suyuqlikning katta tezlikda o‘tishidir. Bu esa suyuqlik tarkibidagi qattiq jismlarning sirtmoqsimon quvur tubiga (devorlariga) cho‘kishiga yo‘l qo‘ymaydi. Sanoatda 500...2500 kg/m3 o‘lchash chegaralariga mo‘ljallangan vaznli zichlik o‘lchagichlar chiqariladi: O‘lchashdagi asosiy xatolik ±2%.
2- rasmda Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari yaratgan zichlik o‘lchagichning sxemasi keltirilgan.
U korpus va o‘lchash asbobi 2 dan iborat. Korpus nazorat qilinayotgan suyuqlik solingan kamera 3, bufer suyuklik bilan to‘ldirilgan oraliq kamera 4 va pnevmoo‘zgartkich vazifasini bajaradigan kamera 5 dan iborat. Zichligi o‘lchanayotgan suyuqlik kamera 3 ga kirish shtutseri 6 orqali to‘xtovsiz kelib turadi va undan chiqish shtutseri 7 orqali chiqib ketadi, bu esa kamerada suyuqlikning bir sathda turishini ta'minlaydi. Oraliq kamera 4 idish 3 tubi 8 ning siljishini kuzatish uchun mo‘ljallangan, u bikr markazli elastik membrana 9 dan iborat, markaz kamera 4 ning tubida o‘rnatilgan. Kamera 5 soplo 10 bilan jihozlangan. Siqilgan havo naycha 11 orqali kamera 5 ga doimiy drossel 12 orqali kiradi. Membrananing bikr markazi soplo 10 ning to‘sig‘i rolini o‘ynaydi. Membrana 8 ning suyuqlik vazni (zichligi) ga bog‘liq bo‘lgan ciljishi oraliq kamera 4 orqali membrana 9 ga beriladi, bu membrana siljib soplo 10 ni berkitadi. Kamera 5 dagi havo bosimi o‘lchash asbobi 2 yordamida nazorat qilib turiladi va suyuqlikning zichlik o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi.
Membrana-vaznli zichlik o‘lchagich o‘lchash sezgirligi va aniqligini oshirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |