Zeb-ziynat
buyumlari
Zeb-ziynat buyumlari —
zargarlik
sanʼatida yaratiladigan bezak buyumlari,
taqinchoklar. Ayol libosini boyitib, ularni
yanada nazokatli va jozibali qilib
koʻrsatishga xizmat qiladi. Asosan, oltin,
kumush va boshqalardan yasalib,
javohirlar qoʻyib bezatiladi, jimjimador
qilib raxkori, kumushni qoraytirib
sovodkori, panjarali qilib shabaka va
boshqalar usullarda oʻyma va boʻrtma
naqshli qilib turlicha ishla’ nadi, shokilalar
bilan bezatiladi. Taqilishiga koʻra, bosh
(tillaqosh, tillabargak, bodomoy, bibishak,
gajak, koʻshduo va boshqalar), boʻyin–
koʻkrak (turli marjon va marvaridlar,
zebigardon, nozigardon, jevak,
tangajevak, tavq, boʻyintumor,
koʻkraktumor, qoʻltiqtumor kabi tumorlar,
bozuband va boshqalar), soch
(sochpopuk, tuf va boshqalar), quloq –
burun (buloqi, isirgʻalar va boshqalar) va
qoʻl (uzuk, bilaguzuklar) Zeb-ziynat
buyumlari xillari farqdanadi. Zeb-ziynat
buyumlarining paydo boʻlishi tarixi juda
qad. davrga borib taqaladi. Arxeologlar
yuqori paleolit katlamlaridan topgan tosh
munchoq, toʻgʻnogʻichlar, jez davriga oid
bilaguzuk, toʻgʻnogʻich va tugmalar ilk
ajdodlarning dastlabki bezaklari haqida
xabar beradi. Keyingi davrlarda yaratilgan
tilla buyumlar boʻrtma tasvirlar, sopol
haykalchalar, oʻrta asrlarga oid devoriy
rasmlar, qoʻlyozma asarlarga ishlangan
miniatyuralarda aks etgan. Zeb-ziynat
buyumlari vaqt oʻtishi bilan astasekin
birbirini toʻldirib, 19-asr oxiri 20-asr
boshida yaxlit toʻplamlarni vujudga
keltirgan. Oʻzbekistonning turli
viloyatlarida yasalgan zargarlik buyumlari
oʻziga xos mahalliy xususiyatlari bilan
birbiridan farq qiladi. Xorazmlik zargarlar
tayyorlagan Zeb-ziynat buyumlari
salmokdorligi, serhashamligi va koʻrinishi
bilan ajralib turadi. Samarqand zargarlari
yaratgan taqinchoqlarda Toshkent
hamda Buxoro zargarligining taʼsiri
seziladi. Mas, panjara usulida nozik did
bilan qulflik qilib ishlangan bilaguzuklar
Buxoro zargarlarining ishlariga yaqin.
Buxoro zargarlarining Qashqadaryo,
Surxondaryo viloyati zargarlarining
ishlariga ham taʼsiri katta boʻlgan.
Toshkentlik kelinlar toʻyida (nikoh libosi
bilan birga) boshga tillakrsh, tillabargak,
gajak, quloqqa isirgʻa, boʻyinga koʻkrakka
tushib turadigan zebigardon, jevak,
xafaband, marjon, boʻyintumor, sochga
sochpopuk, qoʻltiqqa qoʻltiqtumor, qoʻlga
bilaguzuk va uzuklar taqqan. Samarqand
kelinlarining Zeb-ziynat buyumlari
(tillabargak, tillakrsh, gajak, isirgʻa,
sochpopuk, tavq, marjon, koʻkraktumor,
zebigardon yoki haykal, bilaguzuk va
uzuk) toshkentlik kelinlarnikiga yaqin
boʻlgan. Xiva kelinlarining taqinchoklari
(takyatuzi, osmaqanot, butuntirnoq,
oʻqyoy, shokila va boshqalar) oʻziga
xosligi bilan ajralib turadi. Shunga koʻra,
turli markazlarda yaratilgan Zeb-ziynat
buyumlari toʻplamlari umumiylikka ega
boʻlib, mahalliy oʻziga xoslik qismlarda
namoyon boʻladi. Bu toʻplamlar bir
namuna koʻrinishiga ega boʻlib, qatʼiy
boʻlmagan, u har bir xonadonning
iqtisodiy ahvoliga qarab u yoki bu
darajada boyitilgan. Ayollar Zeb-ziynat
buyumlari ni toʻlatoʻkis holatda kelinlik
davrining dastlabki 1–2 yil ichida,
toʻytantanalarda taqishga harakat qilgan,
boshqa vaqtda yengil qarakat qilishga
xalaqit bermaydiganlari (uzuk, bilaguzuk,
isirgʻa va boshqalar)ni taqqan. Zirak,
bilaguzuk, har xil munchoklar (munchoq,
qalampirmunchoq)ni qizchalarga juda
kichikligidan boshlab taqa boshlashgan,
chunki ular bezak boʻlish bilan birga
yomon nazardan asrash vazifasini ham
bajargan. 20-asr 20-yillarida zargar
ustalar artellarga birlashdi, anʼanaviy
serhasham va ogʻir Zeb-ziynat buyumlari
oʻrniga xalq didiga moye boʻlgan yengil,
qulay va nafis isirgʻalar (qashqarboldoq,
"isirgʻabarg", buxori zirak – "shibirma",
"ayzirak", ilon zirak va boshqalar), yoqut
koʻzli uzuklar, bilaguzuklar yasala
boshlandi, xom ashyo sifatida mis,
kumush va tilla bezaklardan, qisman
davlat ajratgan tilladan foydalanildi. 1963
yilda Toshkent zargarlik fabrikasi (1972
yildan zavod) ishga tushdi, u yerda tilla
zanjirlar, yoqut, feruza, gavhar va
boshqalar qimmatbaho toshlardan
koʻzlar qoʻyib ishlangan zirak va uzuklar,
bilaguzuklar, nikoh uzuklari koʻplab i.ch.
yoʻlga qoʻyildi. Nozik did va mahorat bilan
ishlangan bu qulay va nafis
taqinchoqlarni ayollar doimo taqib yurish
imkoniyatiga egadir. Zargarlar yangi Zeb-
ziynat buyumlari (jumladan,
qashqarboldoq, buxoro isirgʻasi
"shibirma", toʻgʻnogʻich, bilaguzuk, marjon
va boshqalar) bilan bir qatorda anʼanaviy
taqinchoqlarni (mas, isirgʻa, uzuk,
bilaguzuk, marjonlardan iborat
"Bozuband", "Oynazirak" va boshqalar
toʻplamlari, 90-yillar) yangicha oʻziga xos
bezaklar bilan yaratmoqda.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Manbalar
So‘nggi tahrir 10 oylar avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Zeb-
ziynat_buyumlari&oldid=2053726
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |