11-jadval
Sotilgan mahsulotlar rentabelligining tahlili
Kо‘rsatkichlar
|
О‘tgan yilda
|
Hisobot yilida
|
Farqi
(+; -)
|
Sotishdan olingan sof foyda, ming sо‘m
|
122441
|
126086
|
+3645
|
Sotilgan mahsulotning tannarxi, ming sо‘m
|
96042
|
99382
|
+3340
|
Sotilgan mahsulotdan yalpi foyda, ming sо‘m
|
26399
|
26704
|
+305
|
Sotilgan mahsulotning rentabelligi, % da
|
21,6
|
21,1
|
-0,4
|
Jadval ma’lumotlari kо‘rsatishicha, hisobot yilida sotilgan mahsulotlarning rentabelliligi о‘tgan yilga nisbatan 0,4% ga pasaygan. Bu sotishdan sof foyda miqdorini 3645 ming sо‘mga kо‘paygani natijasida sodir bо‘lgan.
Mehnat unumdorligi. Bu kо‘rsatkich bilan xodimlarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi aniqlanadi. Bu ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim о‘lchovlaridan biridir. Mehnat unumdorligining о‘sishi jonli va buyumlashgan mehnatning tejalishini bildiradi.
Mehnat unumdorligi – bu bir xodim tomonidan ish vaqti birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulotning mikdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarishga ish vaqtining mikdori bilan о‘lchangan jonli mehnat sarfining samaradorligidir.
Birinchi kо‘rsatkich bir xodimning vaqt birligi ichida ishlab chiqargan mahsulotini aniqlaydi:
Ishlab chiqarish
|
=
|
Ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori (Q)
|
Ishlangan vaqt (T)
|
Ikkinchi kо‘rsatkich mehnat sarfini, ya’ni mahsulot birligiga sarflangan vaqtni aniqlaydi:
Mehnat sarfi
|
=
|
Ishlangan vaqt (T)
|
Ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori (Q)
|
Mehnat unumdorligining oshishi mahsulot ishlab chiqarishni kо‘paytirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga, ish kuchiga ehtiyojni nisbatan qisqartirishga, xodimlar ish haqining о‘sishini ta’minlashga imkon beradi. Bularning barchasi kichik korxonaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarurdir.
Mehnat unumdorligining quyidagi kо‘rsatkichlari mavjud: bir ishchining о‘rtacha yillik ishlab chiqarishi (mahsulot hajmini ishlovchilarning о‘rtacha rо‘yxat soniga bо‘lish yо‘li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha yillik ishlab chiqarish (mahsulot hajmini ishchilarning о‘rtacha rо‘yxat soniga bо‘lish yо‘li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha kunlik ishlab chiqarish (bir kunlik mahsulot hajmini barcha ishchilar soniga bо‘lish yо‘li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga bir soatga tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha ishlab chiqarish (bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini barcha ishchilar soniga bо‘lish yо‘li bilan aniqlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |