Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi kо‘pgina muammolarni hal etish gorizontal bо‘yicha kelishib olish va muvofiqlashtirishni talab etadi. Masalan, korxona yangi xil mahsulot ishlab chiqarishga kо‘chadigan bо‘lsa:
- materiallarini sarflashning yangi meyorini ishlab chiqish;
- mehnat meyorlarini qayta kо‘rib chiqish;
- turli kasbdagi ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
- yangi materiallarga ehtiyojni aniqlash;
- yetkazib beruvchilar bilan aloqa о‘rnatish;
- yangi texnologiyalarni joriy etish va hokazolar talab qilinadi.
Yuqoridagi vazifalarini turli xizmat bо‘linmalari bajaradi, ular bajaradigan ishlarning mazmuni va muddatlarini kelishib olishi, ishlab chiqarishning kо‘pgina elementlarini tutashtirishi lozim. Goho funksional xizmatlar о‘rtasidagi aloqalarda buzilish vujudga keladi, xizmatlar esa bahs va munozaralar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli-tarkib rahbari esa kо‘p sonli bо‘linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muomalalarini yangi tashkiliy boshqaruv tarkiblarini tuzish yо‘li bilan, aniqrogi, chiziqli-funksional boshqaruv tarkiblariga tuzatishlar kiritish yо‘li bilan hal etiladi. Bunday tarkib dasturli-maqsadli tarkib deb ataladi. Boshqaruvning dasturli-maqsadli tarkibi quyidagi ikki kо‘rinishda bо‘ladi: loyiha bо‘yicha va mahsulotga kо‘ra boshqaruv.
Loyiha bо‘yicha boshqaruv qisqa muddatda yangi texnika va texnologiyani joriy qilish zaruriyatida tug‘ilgan hollarda qо‘llaniladi. Bunda vaqtinchalik mahsus xizmat bо‘limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bо‘lim loyiha tuzadi va uning joriy etilishini nazorat qiladi.
Loyiha bо‘yicha boshqaruv muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi, kichik bо‘laklarga ajratadi yoki tо‘ldiradi. U loyihani bajarish uchun korxonaning barcha funksional xizmatlari va bо‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Bu organga tegishli huquqlar beriladi. U vazifalarning bajarilishi uchun tо‘la javobgar bо‘ladi.
Bunday boshqaruv kо‘p nomenklaturali ishlab chiqarishda qо‘llaniladi. Loyiha rahbari mahsus vakolatga ega bо‘lib, texnologik ishlarni zvenolar bilan ishchilar о‘rtasida taqsimlaydi, uning bajarilishini о‘z loyihasi doirasida nazorat qilib boradi. Chiziqli rahbarning shu ishlarga oid buyruqlari loyiha rahbari bilan kelishiladi. Bunda bajaruvchi kishi ikki va undan ortiq rahbarga ega bо‘lib, ularga bо‘ysunadi.
Mahsulotga kо‘ra boshqaruv tarkibining afzalligi axborotlar-ning kelish yо‘llari va oqimining qisqarishida, yakkaboshchilik tamoyiliga tо‘la rioya qilinishida, boshqaruvning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan halos qilishda namoyon bо‘ladi. Bunday tarkib bozorda talabning о‘zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodirdir.