Ózbekston Respublikası qishloq XójaligI vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


-mavzu Ózbekistan Respublikasida binolar va inshootlar davlat



Download 354,09 Kb.
bet4/30
Sana31.12.2021
Hajmi354,09 Kb.
#234354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Бино ва иншоотлар ОМК

3-mavzu Ózbekistan Respublikasida binolar va inshootlar davlat

kadastrini yuritishning huquqiy asoslari
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish buyicha munosabatlar Ózbekiston Respublikasining konun xujjatlari bilan tartibga solinadi "Davlat kadastrlari tugrisida"gi Ózbekiston Respublikasi Konuniga,

Ózbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 16 fevrapdagi 66-son karori bilan tasdaklangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi tugrisidagi Nizomga,

“Ózbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kaaastrini yuritish tugrisida”gi Ózbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 2 iyundagi № 278 sonli karori va boshka xukukiy xujjatlarga muvofik; yuritiladi.

Ózbekiston Respublikasining «Er kodeksi» va «Davlat er kadastri», «Davlat kadastrlari tugrisidagi konunlariga va Ózbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil31 dekabrdagi «Ózbekiston Respublikasida er kadastrini yuritish tógrisidagi 543-sonli, 2004 yil 19 oktyabrdagi «Ózbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat kómitasi faoliyatini tashkil etish tógrisidagi 483- sonli karorlariga asosan respublikada davlat er kadastrini yuritish yulga kuyilgan. Óz ichiga er uchastkalariga bulgan xukuklarni davlat róyxatidan ótkazish, erlarni mikdor va sifat jixatlaridan xisobga olish, tuprok bonitirovkasi va erlarni iktisodiy baxolashni óz ichiga oladi. Davlat er kadastri respublika buyicha yagona tizimda davlat xisobidan amalga oshiriladi.

Davlat er kadastrini yuritish bilan boglik masalalar buyicha Ózbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat kumitasi tomonidan chikarilgan uslubiy kullanmalar va yuriknomalar óz vakolatlari doirasida barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, fermerlar, shuningdek fukarolar uchun majburiydir.

Davlat er kadastri er uchastkalariga bólgan huquqlar kafolatlanishini ta`minlash, erlarni hisobga olish va baholash maqsadida Ózbekiston Respublikasining Er kodeksiga, ”Davlat er kadastri tóǵrisida”gi Ózbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuritiladi.

Davlat er kadastri erlarning tabiiy, xójalik va huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, er uchastkalarining órni va ólchamlari, ularning er egalari, erdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar órtasidagi taqsimoti tóǵrisidagi ma`lumotlar va hujjatlar tizimidan iboratdir.

Erning tabiiy xossalarini, huquqiy holatini va undan foydalanishni har tomonlama órganish va baholash davlat er kadastrining mavzusi hisoblanadi.

Er kadastri axborotini ishlab chiqish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va foydalanuvchilarga ishonchli va tejamli er kadastri axboroti berish davlat er kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Davlat er kadastrini yuritish aerokosmik suratga olish, topografik-geodezik, kartografik, tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar va boshqa tadqiqotlar va izlanishlar olib borish, erlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishi va baholanishi, yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga bólgan huquqlarini davlat róyxatidan ótkazish bilan ta`minlanadi.

Davlat er kadastri er munosabatlarini tartibga solish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni er tóǵrisidagi axborot bilan ta`minlash, erdan oqilona foydalanishni, qayta tiklash va muhofaza qilishni, er tuzilishini tashkil etish, er uchun haq tólash miqdorlarini asoslash, xójalik faoliyatini baholash uchun móljallangan.

Quyidagilar davlat er kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi:

er uchastkalariga bólgan mulk huquqini, er uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ijaraga olish huquqlarini, servitutlarni hamda bu huquqlarga doir boshqa cheklashlarni davlat róyxatidan ótkazish;

er miqdorini hisobga olish;

er sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash);

erni qiymat jihatidan baholash.

Quyidagilar davlat er kadastrini yuritishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:

respublikaning butun hududini qamrab olish;

fazoviy koordinatlarning yagona tizimini qóllash;

er kadastriga doir axborot ishlab chiqilishi uslubiyotining birligi va uzluksizligi;

er kadastri axborotining ishonchliligi va tejamliligi.

Davlat er kadastri ma`lumotlari asosiy (dastlabki) va joriy ma`lumotlarga bólinadi. Dastlabki róyxatdan ótkazish vaqtida olingan ma`lumotlar va davlat er kadastrining dastlabki ma`lumotlarini tuzish asosiy axborot hisoblanadi.

Davlat er kadastri ma`lumotlarini qayta róyxatdan ótkazish va (yoki) ózgartirish jarayonida olingan ma`lumotlar joriy axborot hisoblanadi.

Davlat er kadastri Davlat kadastrlarining yagona tizimini, boshqa kadastr tizimlari va monitoringlarini yaratish va yuritish uchun fazoviy-huquqiy asos hisoblanadi.

Er kadastri axborotidan er munosabatlarini tartibga solishda, erdan foydalanish bilan boǵliq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda foydalanilishi kerak.

Davlat er kadastrini yuritish ishlari davlat byudjetidan, shuningdek er uchastkalariga bólgan huquqlarni davlat róyxatiga olganlik uchun undiriladigan mablaǵlar va boshqa manbalar hisobidan mablaǵ bilan ta`minlanadi.

Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT) - davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi kóp maksadli axborot tizimidir.

Davlat kadastrlari yagona tizimi Ózbekiston Respublikasi va uning aloxida xududlarining tabiiy-iktisodiy saloxiyatini yagona umumdavlat jixatidan kompleks xisobga olishni va baxolashni ta`minlash maksadida yaratiladi va yuritiladi.

Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish Ózbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat kómitasi ("Ergeodezkadastr" davlat kómitasi) tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bilan boglik munosabatlar mazkur Nizom, shuningdek boshka normativ-xukukiy xujjatlar bilan tartibga solib boriladi.

Davlat kadastrlari yagona tizimi davlat xokimiyati va boshkaruvi organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni ularning faoliyati uchun zarur bólgan barcha turdagi davlat kadastrlari axborotlari bilan tezkor ta`minlash uchun móljallangan.

Belgilangan tartibga muvofik aniklangan kadastrlar obektlarining xukukiy makomi tógrisidagi ma`lumotlar, kartografiya-geodeziya materiallari, statistik xisobga olish ma`lumotlari, davlat kadastrlari ma`lumotlari Davlat kadastrlari yagona tizimining asosini tashkil etadi. Davlat kadastrlari yagona tizimi doirasida xududlarni kompleks baxolash uchun zarur bólgan boshka ma`lumotlar xam jamlanadi.

Davlat kadastrlari yagona tizimida belgilangan chegaralarda xar bir xisobga olingan er yuzasi uchastkasi uchun uning jugrofiy xolati, xukukiy makomi, mikdor va sifat tavsiflari xamda tabiiy baxolash, xójaliklar va boshka kadastrlar obektlari tógrisida xujjatlashtirilgan ma`lumotlar bólishi kerak.

Er, suv, órmon, ósimlik va xayvonot dunyosi, binolar va inshootlar, shaxar va shaxarchalar, gidrotexnika inshootlari, geodeziya punktlari va Davlat kadastrlari yagona tizimi masalalarini xal etish uchun zarur bólgan boshka ob`ektlar Davlat kadastrlari yagona tizimining obektlari xisoblanadi.

Davlat kadastrlari yagona tizimi obektlari tógrisidagi ma`lumotlar respublika uchun yagona texnologiya (ushbu Nizomga ilova) bóyicha:

davlat er kadastri bóyicha - "Ergeodezkadastr" davlat kómitasi;

binolar va inshootlar davlat kadastri bóyicha - "Ergeodezkadastr" davlat kómitasi;

davlat shaxarsozlik kadastri bóyicha – Ózbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va kurilish kómitasi;

Tegishli davlat kadastrlarini yuritish bóyicha vakolatli organlar konun xujjatlari bilan belgilanadi.

Davlat kadastrlari yagona tizimi ma`lumotlari davlat boshkaruvi barcha organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga egadir. Kadastr xujjatlari mulkchilik va xójalik yuritishning barcha shakllaridagi ob`ektlar tógrisidagi xukukiy, iktisodiy va texnik ma`lumotlarning boshlangich manbai sifatida kabul kilinishi kerak.

Kuyidagilar Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishning asosiy principlari xisoblanadi:

xar bir kadastr obektlari turi bóyicha Ózbekiston Respublikasining barcha xududlarini tólik kamrab olish;

makon koordinatalarining yagona tizimini kóllash;

kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;

kadastr axborotlarining ishonchliligi;

kadastr axborotlarining ochikligi.

Amaldagi kadastrlar va axborotlar tizimlari doirasida olingan ob`ektlarning xisobi va róyxatdan ótkazilishi natijalari Davlat kadastrlari yagona tizimiga "Ergeodezkadastr" davlat kómitasi va davlat tegishli kadastrlarini yuritish togrisidagi nizomlar bilan belgilanadigan tartibda davlat boshkaruvi organlari xamda maxalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan bepul beriladi.

"Ergeodezkadastr" davlat kómitasi va ma`lumotlarni takdim etuvchi organlarning mansabdor shaxslari Davlat kadastrlari yagona tizimidagi ma`lumotlarning ishonchliligi uchun konun xujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bilan boglik ishlar davlat byudjeti mablaglari xisobiga moliyalashtiriladi.

Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy princip bóyicha tashkil etiladi va bu ob`ektlarning huquqiy, xójalik va arxitektura-qurilish maqomi tóǵrisidagi ma`lumotlar tizimini mujassamlashtiradi.

Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va bu obektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat róyxatidan ótkazilishini ta`minlash uchun yuritiladi.

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bóyicha munosabatlar Ózbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi tóǵrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi.

Binolar va inshootlar davlat kadastri ma`lumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma`lumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu obektlar tóǵrisidagi kadastr ma`lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma`lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

Binolar va inshootlar tóǵrisidagi kadastr ma`lumotlari mulk egalari, ularga ashyoviy huquqlarga ega bólgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat róyxatidan ótkazuvchi organ va boshqa davlat organlari tomonidan sudda talashilishi mumkin.

Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yurituvchilar hamda bunda qonun buzilishlarini aniqlaganlar, bu haqda tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar.

Mulk egasi bólgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega bólgan yuridik va jismoniy shaxslar ularga tegishli bólgan bino va inshootlarga bólgan huquqlarni davlat róyxatidan ótkazilganligi tóǵrisidagi hujjatlarga ega bólishlari shart.

Bino va inshootni davlat róyxatidan ótkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega bólgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat róyxatidan ótkazish bóyicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni róyobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi tóǵrisidagi Nizomning 7-bandida kórsatilgan shaxslar yoki ular tomonidan vakolat berilgan shaxslar bino yoki inshootga bólgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bólgandan, ózgargandan va tóxtagandan yoxud huquqiy holati ózgargandan keyin bir oy muddatda bino va inshootga kadastr yiǵmajildini tayyorlash va uni davlat róyxatidan ótkazish uchun Qoraqalpoǵiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri er tuzish va kóchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga, huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma berishlari shart.

Tumanlar va viloyatga bóysunuvchi shaharlar bóyicha binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish Qoraqalpoǵiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri er tuzish va kóchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallariga yuklanadi.

Qoraqalpoǵiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bóyicha kadastr ma`lumotlarini umumlashtirish tegishli ravishda Ózbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qómitasining Qoraqalpoǵiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar er tuzish va kóchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.

Umuman respublika bóyicha kadastr ma`lumotlarini umumlashtirish, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik qilish, shu jumladan ularni metodik jihatdan ta`minlash Ózbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qómitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yurituvchi organlar kadastr hujjatlarini va kadastr ma`lumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan himoya qilinishini ta`minlashlari shart.

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bóyicha ishlar kóchmas mulkka kadastr hujjatlarini tayyorlaganlik uchun tólanadigan mablaǵlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Davlat mulki bólgan obektlar bóyicha binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti mablaǵlari hisobidan mablaǵ bilan ta`minlanadi.


Download 354,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish