Bino va inshootlarni davlat róyxatiga olish va
inventarizatsiya qilish muddatlari
№
|
Ob`ektlar nomi
|
Inventarizatsiya
qilish
muddatlari
|
Róyxatga
olish muddatlari
|
1
|
Savdo-sotiq, maishiy xizmat
kórsatish, umumiy ovqatlanish,
madaniyat muassasalari, ofislar
va boshqa ob`ektlar.
|
Bir oy
(30 kun)
|
Bino va inshoot-larni
davlat róy-hatiga olish
tarti-bi tóǵrisidagi
me`yoriy hujjatga asosan
bir oy
|
2
|
Fuqarolar uchun móljallangan
ob`ektlar, jumladan:-kasalxona-lar, mehmonxonalar, maktablar,
muassasalar, omborlar, bazalar,
korxonalar, komplekslar va bosh-qa, maydoni: - 2ming kv.m.dan
-5 ming kv.m.gacha bólgan
maydonlar
|
45 kun;
Shartnoma bóyicha
|
Bino va inshoot-larni
davlat róy-hatiga olish
tarti-bi tóǵrisidagi
me`yoriy hujjatga asosan
bir oy
|
3
|
Sanoat ob`ektlari: zavodlar,
fabrikalar, kombinatlar,
maydoni : -5ming kv.m;
-10ming kv.m.gacha
|
60kun;
Shartnoma bóyicha.
|
Bino va inshootlarni
davlat róyxatiga olish
tartibi tóǵrisidagi me-yoriy hujjatga asosan 1oy
|
Izoh: jadvaldagi muddatlar buyurtmachi tomonidan barcha yuridik hujjatlarni, texnik axborotlarni va shartnomada kórsatilgan tólov mablaǵlari hal etilgandan sóng kuchga kiradi.
Har qaysi ob`ekt bóyicha “Er bólagi va kóchmas mulk ob`ektiga kadastr hujjatlari tóplami” qalin qoǵozli jildga tartib bilan taxlanib, varaqlari raqamlab chiqiladi va ip ótkazilib muhrlanadi. Tóplamning bosh beti quyidagi shaklda bólishi tavsiya etiladi. Unda, jumladan, yuqori tashkilot nomi, mulk egasining tóliq familiyasi, ismi-sharifi va kóchmas mulk ob`ektining tóliq nomi, ob`ekt manzili, huquq turi va kadastr(kod) raqamlari yoziladi.
Quyida “Er bólagi va kóchmas mulk ob`ektiga kadastr hujjatlari tóplami”ni tayyorlash tartibi namuna tarzida kórsatib berilgan, lekin kadastr hujjatlar tóplamidagi ob`ekt egasi va huquq egalarining nomlari, yuridik manzillari hamda ularga tegishli ma`lumotlar va kórsatkichlar, shuningdek, kadastr xizmati xodimlari, nazorat qiluvchi shaxslarning ismi-shariflari shartli ravishda ózgartirib kórsatilgan.
Tóplamning 1-varaǵi quyida kórsatilgan shakldagi hujjatdan iborat bólib, tayyorlangan “Er bólagi va kóchmas mulk ob`ektiga kadastr hujjatlari tóplami”ning tóǵriligini tashkilot huquqshunosi tekshiruvidan keyin rahbar tomonidan imzolanib tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan hujjat yuqori tashkilot “Viloyat xójalik hisobidagi er tuzish va kóchmas mulk xizmati” boshliǵi imzosi va muhri bilan kelishiladi. “Er bólagi va kóchmas mulk ob`ektiga kadastr hujjatlari tóplami”ning 2-varaǵida ob`ektda olib borilgan tekshiruv-tadqiqot va ólchov-hisoblash ishlarida foydalanilgan asbob-uskunalar, hamda ob`ektning joylashgan órni, chegaradosh xójaliklar, tadqiqot ishlarini olib borish uchun asos, tóplamni tayyorlashda foydalanilgan huquqiy va qonun hujjatlari, ularning turlari haqida ixtiyoriy ravishda tushuntirish xati yoziladi.
Tushuntirish xati bajaruvchilar va guruh rahbari tomonidan imzolanadi.Tóplamning keyingi 3-beti asosiy qism hisoblanadi va “Er uchastkasi tasnifi” deb nomlanadi.
U jadval kórinishida bólib, unga er uchastkasiga tegishli buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi huquqiy ma`lumotlar qayd etiladi.
Jadval bajaruvchi tomonidan qayta-qayta tekshirilib aniqlangan kamchilik va xatolar bartaraf etiladi, sóngra jadvaldagi ma`lumotlarni er uchastkasi egasi ishtirokida tóǵriligini tasdiqlanib buyurtmachi bilan birgalikda imzolanadi. Tayyorlangan “Er uchastkasi tasnifi” hujjati nazorat uchun guruh rahbariga topshiriladi.
Jadval 3ta ustun va 11ta qatordan iborat. Jadvalning 1-ustuniga kórsatkichlarining tartib raqami, 2-ustuniga er uchastkasining asosiy kórsatkichlari, 3-ustuniga esa er uchastkasi haqidagi ma`lumotlar qayd qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |