Ózbekstannıń eń jańa tariyxı


Mustamlakachilik va milliy tahqirlash siyosatining yorqin ko’rinishlaridan biri



Download 39,26 Kb.
bet4/4
Sana25.03.2023
Hajmi39,26 Kb.
#921499
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekstannin\' en\' jan\'a tariyxi

Mustamlakachilik va milliy tahqirlash siyosatining yorqin ko’rinishlaridan biri


O’zbekiston KP MQning 1984-yil iyunida bo’lib o’tgan XVI Plenumidan so’ng Markazdan respublikaga yuborilgan “kadrlar desanti” bo’ldi. Bu hodimlar O’zbekiston Kompartiyasining faoliyatiga musaffo oqim baxsh etmoqdalar, eng yirik partiya tashkilotlarining tajribasini jamlab, undan foydalanishga yordamlashmoqdalar” deb maqtanar edi I.Usmonxo’jayev O’zbekiston KPsining XXI syezdidagi hisobat ma’ruzasida.8


Bu “desantchilar” respublikada sovet, huquq targ’ibot idoralarda rahbarlik lvozimlarida ishladilar va “layoqatsiz” kadrlar o’rnini egalladilar.


Xuddi shu jarayon O’zbekistondan ham Rossiya Federatsiyasiga xodimlar “rejali” jo’natilgan. Ammo Markazdan kelgan xodimlar faqat rahbar lavozimlariga joylashtirilgan bo’lsa, O’zbekistonlik kadrlar faqat qora mehnat zonalarida ishlish va ish o’rganish uchun yuborilgan.


O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti 1973-yilda “Ko’chirma oilalar uchun yengilliklar” to’g’risida mahsus qaror ham qabul qilgan.Ushbu qarorga asosan har bir ko’chirma oilada albatta ikkita odam ishga yaroqli bo’lishi kerakligi ko’rsatiladi. Bundan tashqari yolg’iz mehnatkashlarni ham Rossiyaning turli viloyatlariga rejali yuborish O’zbekiston viloyatlari zimmasiga yuklandi. 1987yilga qadar O’zbekiston Rossiyaning noqoratuproq zonasi va Sibir hududlariga jami bo’lib 30 ming fuqaroni jo’natdi. Ko’chiriluvchilar soni yildan yilga oshib bordi. Jumladan, oilasizlar 1981-yilda 4124 bu ko’rsatkich 11099 kishiga yetdi.7 Demak bu jarayon yanada jadalashdi, O’zbekistonlik ishchilar yerlarni o’zlashtirish, qurilish ya’ni turar- joy binolarini qurdilar. Shunday sharoitda savol to’g’iladi O’zbekitonda malakali kadrlar yo’q edimi yoki Rossiyada ishchi kuchi mavjud emasmidi? Bu say-harakatlarning tub zamirida boshqa g’oya yotar edi u ulug’ davlatchilik shovinizm siyosatining tarkibiy qismi sanalib, u kichik millitlarni assimilyasiya qilib yuborishdan iborat bosh maqsadga xizmat qiladi.


Shovinizm siyosatining barcha ijtimoiy siyosiy jabhalarda ta’siri keng ko’lamli va u xalq yashash sharoitini yanada og’irlashtirib borgan. Buni biz xususan qishloq xo’jaligi sohasida ham ko’rib o’tishimiz mumkin.Demak qishloq xo’jaligida sifat ko’rsatgichlari yildan yilga pasayib bordi.Mehnatkash aholi o’z mehnatiga yarasha haq olmaganligi sababli mehnat layoqati pasaydi.Markaz borgan sari paxta buyurtmasini oshirib bordi, lekin aholiga to’lanadigan haq kamligicha qolaverdi. Qishloq oilasining har bir a’zosiga to’g’ri keladigan oylik daromad Rossiyada 98,1 so’mni tashkil etgan bir paytda, O’zbekistonda o’z tamorqasidan tushadigan daromad bilan birgalikda hisoblanganda 58,9 so’mga teng bo’lgan. Natijada O’zbekiston xalqining turmush darajasi pasayib, SSSR mintaqasida oxirgi o’rinlarga tushib qoldi.8

Bundayin ijtimoiy larzalarda xalqimizning o’ta qiyinchilik bilan hayot kechirgan shunday alamli sharoitda sho’rolar xalqining o’zligini, tilini yo’q qilib rus bo’lmagan millatlarni umuman millat sifatida tobtab assimilyasiyani amalga oshirgan. Bu jarayon, xususan KPSS XXII syezdining “ Kommunizm qurish” dasturi qabul qilingach, bevosita kun tartibiga qo’yildi. SSSRda “sotsializm to’la va uzil kesil g’alaba” qilgach, bevosita SSSR xalqining yangi tarixiy birligi sovet xalqi paydo bo’ldi. Bu birlik: “Yagona Vatan-SSSR; “Yagona til-rus tili”; “yagona maqsad kommunizm”; “Yagona mafkura- marksizm leninizm” ga asoslanadi, degan g’oyalardan kelib chiqib, “Yagona xalq- sovet xalqi”; “Yagona pasport-Sovet pasporti” qoidasini ilgari surishgacha borib yetdilar.9


“Baynalminal tarbiya” bayrog’i ostida, sistemali sur’atda, 70-yidan ortiq vaqt mobaynida xaspo’shlab olib borildi. Demak bu g’oyalarning asl maqsadi millatning o’zligini yo’q qilish xalqni sovet xalqiga aylantirish edi. Barcha davlat idoralarida hujjat rus tilida olib borilishi odat tusiga kirdi. O’zbek tili o’z yurtda ikkinchi darajali tilga aylandi. Misol uchun 1970-yilda 1-million nusxada chop etilgan bo’lsa, shundan 600 ming (60%) nusxada rus tilida u faqat 300-400ming


(30-40%) o’zbek tilida edi xolos. Holbuki, o’zbeklar O’zbekistonda 73 foizdan ortiqni tashkil etganlar.10


Bu mustaqillik e’lon qilinishi arafasida Respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat haqida o’rganish jarayonida ijtomoiy hayotning barcha sohalarida sof shovinistik mustamlakachilik siyosati olib borilganiga guvoh bo’ldim.


Xalqimizning juda boy tarixi uning madaniyati, o’ziga xos noyob xususiyatlarni bilmagan va bilishni ham xoxlamagan kelgindilar mahalliy xalqning urf-odatlari, an’analarini oyoq osti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Milliy libos kiyish qoloqlik deb baholandi. Milliy an’analar bo’yicha to’y qilgan, qarindosh urug’larini milliy va diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shavqatsiz jazolandi. Bu qadar xo’rlashlar xalqimizning sabr kosasini to’ldirib bordi.


Siyosiy va mafkuraviy zug’umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o’zgara boshladi. O’tmish va hozirgi zamon muammolari to’g’risida munozaralar, turli qarashlar, nuqtai nazarlar bildiriladigan bo’ldi. Jamoatchilik paxta yakkahokimligini tugatish, o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik holatni sog’lomlashtirish kabi masalalarni ko’tara boshladilar.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida kitobini o’rganish bo’yicha o’quv –uslubiy qo’llanmada ijtimoiy-siyosiy jarayon mustabid tuzumdan qolgan og’ir meros haqida aytib o’tilgan.


Mustabid tuzumning repressiv siyosati oqibatlari


Ertangi kunga ishonchsizlikning ortishi


Ozgina uchqun chiqsa, lovullab yonib ketish mumkin bo’lgan vaziyat


Hukmron repressiv siyosat


Mustabid mafkura kuchning saqlanishi


Keng tarqalgan qo’rquv va vahima


Xalq kayfiyatdagi tushkunlik.11


Mustabid tuzumdan qolgan og’ir meros


Sog’liqni saqlash ishlarda o’ta ayanchli ahvol


Oddiy ichimlik suvi bilan taminlanmaganligi


9 million kishining daromadi eng zarur darajadan ham pastligi


60 foiz ijtmoiy infratuzilmaning nobopligi


Bir millionga yaqin ishsiz mavjudligi


“Paxta ishi”-tuxmat, tazyiq, taqib nohaq qamalishlar.12


Xalqmizni o’z girdobiga olayotgan ijtimoiy-siyosiy hayotni isloh qilish o’z o’rnini o’tab bo’lgan mustabit tuzumdan voz kechish, rivojlangan davlatlar tajribasini har tomonlama o’rganish, millatmizning asriy qadriyatlarni urf-odat va boy an’analarni yanada mustahkamlash zaruriy jarayon edi.


Shundayin bir tarixiy sharoitda Mustaqillik Dekloratsiyasining qabul qilinishi xalqimizning yorug’ istiqboli uchun qo’yilgan muhim qadam hisoblanadi.


“Mustaqillik Dekloratsiyasining qabul qilinishi xalqimiz, millatim hayotida misli ko’rilmagan tarixiy voqealardan biri sanaladi.Xo’sh bu tarixiy jarayon qanday shartsharoitda yetildi.


1989-yil 23-iyun kuni O’zbekiston kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. Bo’lajak yurtboshimiz boshliq yangi rahbariyat millatimizning o’z-o’zini anglashi kuchayib borayotganligini ilk bor etirof etgan.Xalqimiz asriy orzu-umidlari erkin farovonlik uchun kurashish milliy mustaqillikka erishish tomon zabardast qadamlar tashlandi.13


O’zbek xalqi hayotida muhim o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Bu tub o’zgarishlardan birini kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va ularni tartiblash masalalarida milliy manfaatdorlikni ta’minlashdagi qaror va farmonlarda ko’rishimiz mumkin. Zero, mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlarini egallay boshladilar.


Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarish shundan iborat bo’ldiki, endi O’zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlari Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilangan hodimlarni ko’tarish amaliyotiga chek qo’yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o’z qo’liga oldi.16


Bu rahbarimizning muhim jasorati bo’lib, siyosiy mutelikdan qutilish uchun muhim qadam bo’ldi.


Xususan, rahbarimizning o’zligimizni anglashda asosiy tayanchlaridan til husisida to’g’ri yo’l tutdi. O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 1989- yil 21- oktabrda bo’lgan 11-sessiyasi “O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida” qonun qabul qildi.


Qonunda “O’zbekiston SSRning Davlat tili o’zbek tilidir.O’zbek tili respublikada siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida to’liq amal qiladi”, deb belgilab qo’yildi.14 Bu qonun qabul qilinishi Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalarida ish yuritish, o’quv yurtlari, korxona va davlat muassasalarida ish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning tadbiq etilishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotida erkinlik sari muhim qadam edi.


1990 yil 18-fevralda O’zbekiston Oliy Sovetida saylov bo’ldi.Bu saylovning yangiligi shundan iborat bo’ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasi muqobil nomzodlar ko’rsatildi. Oldingi saylovda barcha nomzodlarni birinchi turidayoq deyarli yuz foiz ovoz bilan saylangan bo’lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to’play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo’lib o’tdi.


1990-yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy sovetining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. 24-mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo’lib “O’zbekiston SSR Prizidenti lavozimini ta’sis etish to’g’risida” qonun qabul qildi.1990 yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo’li bilan Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston Prezidendi etib saylandi.15 Prezidentimiz I.A.Karimov saylanishi bu tub o’zgarishlar yasalishiga imkon yaratdi. O’zbekiston fuqoralari kelajak avlodlari hayotining to’kisligi, tinchlik osoyishtalik muammolarini izchil hal etishni ko’rsata boshladi.O’zbekiston oldidagi mana shu dolzarb muammolarni hal etishda Prezident lavozimi keng imkoniyat ochar edi.


Respublikaning prezidenti I.A.Karimov sessiyada “Bu katta ishonch uchun o’zimning minnatdorchiligimni bildiraman, men buni, eng avvalo, o’zbek xalqi, O’zbekiston SSRning barcha mehnatkashlari, ishchilar sinfi, dehqonlar, ziyolilar, jumxuriyatimizda yashovchi hamma millat va xalqlar taqdiri uchun o’z zimmamga tushgan o’lkan burj va javobgarlik deb qabul qilaman. Har bir grajdanning konsitutsion huquqi va erkinliklarini ta’minlash yo’lida katta mas’uliyat deb tushunaman”16 degan edilar. Ular o’z nutqlarida asosiy vazifalarni belgilab aytib o’tdilar. Xalqimizning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash uni yangi mazmun bilan boyitish uning iqtisodiy mustaqilligini takomillashtirish o’z-o’zini mustaqil idora qilish va yanada ko’plab xalq farovonligini uning har bir sohadagi ijobiy o’zgarishlar yasashga intildilar.Shu tariqa Prezident eng qiyin va qonli to’qnashuvlarni boshdan kechirgan xalq oldida butun mas’uliyatni ochiq oydin o’z zimmasiga oldi.

Shu bilan birga Prezident o’z faoliyatining markazida xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va jismoniy takomilligiga erishtirish turganligini hamalohida o’qtiradi.20


Shundayin tarixiy jarayonlar sodir bo’layotgandiki bu xalqimizning o’z erki qadr-qimmati va orzu maqsadlariga yo’g’rilgan buyuk qadamlar bosila boshlandi.


Ular borgan sari bir-birini to’ldirar xalqimizning farovonligini oshirar edi.


Shunday tarixiy voqealardan biri SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik Dekloratsiyasi” edi. Uning o’rni va ahamiyatiga alohida to’xtash lozim. Dekloratsiyaning qabul qilinishida Respublika Oliy sovetining deputatlari jonbozlik ko’rsatgan.Mustaqillik Dekloratsiyasi 1990 yil 20-iyunda qabul qilindi.Ushbu tarixiy hujjatda shunday deb yozulgan edi. “O’zbekiston bugun o’z hududida mutloq ega va unda yagona hukmron emasligini tan olib, tashqi mustaqillik huquqidan mahrum ekanligini etirof etib, jumxurriyat xalqining tub manfaatlari, uning erki va irodasini ifodalab, hokimiyat manbai xalq ekanligini e’tirof etib, xalq taqdiri va mulkiga egalik huquqi faqat uning o’zigagina berilganligini qayd etib, taraqqiyot yo’lini tanlash faqat xalqning ixtiyorida ekanligini ta’kidlab, xalqaro huquq qoidalari, umuminsoniy qadriyatlar va demokratiya prinsiplariga asoslanib, jumxurriyat Oliy Kengashi O’zbekistonni suveren davlat deb e’lon qiladi”.17


Prezident I.A.Karimov qayd etib o’tilgan prinsiplarni respublika hayotida aks ettira boshladi.


Xulosa qilib aytganda, bu muhim hujjat O’zbekiston o’z taraqqiyot yo’lini belgilashda muhim o’rin egallaydi. Zero, uning asosida boshqa davlatlar bilan aloqa prinsiplarini shartnoma asosida belgilash, o’z nomini erkin e’tirof etish, o’z davlat ramzlarini ta’sis etish va Davlat Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos bo’ldi.


“Mustaqillik Deklaratsiyasi” xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat mustaqillikka ishonch ruhi bilan kutib olindi.Aynan shu kundan boshlab respublikamizda barcha sohalar jumladan, iqtisodiy-siyosiy ijtimoiy, ma’naviy, madaniy hayotga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi.


Bunga misol tariqasida ko’plab farmon va qarorlarni ko’rib o’tishimiz mumukin. 1991 yil 22-iyun O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qarorida Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga ittifoqqa bo’ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O’zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o’tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi.18


Jumladan, 1991 yil 14-fevralda O’zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.Sessiyada mamlakat Prezidenti I.Karimov nutq so’zladi. Mazkur nutq matbuotda “Murakkab vaziyatda oqilona siyosat yuritaylik”, degan sarlavhada chop etildi.19 Shular va ular qatorida bir qancha farmon va qarorlar e’lon qilindi. Zero, ushbu hujjat O’zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustivorligini ta’minladi.Mustaqillikkacha bo’lgan davrda


Mustaqillikka erishuv yo’lini yoritdi.


O’zbekiston hukumati Mustaqillik Dekloratsiyasi asosida 1990 yilda dadillik bilan respublika manfaatlaridan kelib chiqqan holda bir qator tadbirlar majmuasini amalga oshirdi. “O’zbekiston SSRdagi ijro etuvchi va farmoyish beruvchi hokimyat tuzilmasini takomillashtirish va O’zbekiston SSR konustitutsiyasi


(Asosiy Qonuni)ga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun, “Yer to’g’risidagi” qonun, O’zbekiston Prezidentining respublika fuqarolariga yakka tartibda turar joy qurish va shaxsiy tomorqa xo’jaliklari uchun yer uchastkalari ajratish to’g’risidagi, aholi punktlarini gazlashtirish, maktablar, hunartexnika o’quv yurtlari, keyinchalikva oliy o’quv yurtlari talabalarining ovqatlanish uchun beriladigan imtiyozlarini saqlab qolish to’g’risidagi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining paxta xomashyosi, boshqa turlardagi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining harid narxlarini ko’p martalab oshirish to’g’risidagi, shuningdek qishloq xo’jaligidagi mehnatga to’lanadigan haqni oshirish


to’g’risidagi qarorlar va boshqalar ana shularjumlasiga kiradi.20


Bu chora tadbirlarning amalga oshirilishi tub zamirida Mustaqillik uchun zalvorli qadam bo’lgan Mustaqillik Dekloratsiyasi yotadi. Uning qabul qilinishi xalqimiz qalbida ozodlikka erishish yo’li yoritgan nurafshon chiroq bo’ldi.


Shundayin bir sharoitda Prezidentimiz hayoti uchun xatarli bo’lgan bir vaziyatda ham bu buyuk inson o’z hayotini emas millat va yurt istiqboli xalqimizning erkin va farovon hayoti buyuk tariximizning tiklanishi va shu kabi o’ta dolzarb masalalarni xalqimiz manfaatlar yo’lida ketma-ketlikda amalga oshirdi.


O’zbekiston mustaqilligi to’g’risidagi Dekloratsiya muhim tarixiy hujjat bo’lib, mamlakatimiz o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish uchun asosiy ustun va tayanchdir.


Mustaqillik tushunchasi o’zida azaldan insoniyatning orzu-umidlarini, arman va iztiroblarni mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va xurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o’zini erkin his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi.Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha mintaqalari ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o’xshash bo’lgan xurriyatga intilish hodisalarini ko’p ko’rgan.


Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimizga azaldan meros.Bu orzu avloddan avlodga o’tib, uning yilliklar qaridan bizgacha yetib kelmoqda.21


Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u taqazo etadigan tazyiqlar, kamsitishlar va zo’ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg’or tajribalari asosida o’z ravnaqining o’ziga xos tamoyillarni ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o’zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo’lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozani asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, o’zaro hamjihatlik, mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy,iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirmasa o’z qobig’da qolib ketishi, milliy mahdudlik doirasidan chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning g’oyatda zalvorli tajribasidan o’tgan tamoyillar hamma vaqt dolzarb bo’lib qolaveradi. Chunki u doimiy ravishda rivojlanib, o’z-o’zini boyitib, takomillashib,fuqarolar ongi va tafakkurini o’stirib borayotgan tarixiy voqelikdir.22 Mustaqillik – tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni.


Mustaqillik bu totli nematga o’z-o’zidan erishilgani yo’q unga qancha qiyinchiliklar qurbonlar umrlar shu kabi timsollar orqali erishildi, va unga erishuv yo’lida vosita bu Mustaqillik Dekloratsiyasi desam mubolag’a bo’lmaydi.


Shunday qilib, Mustaqillik Dekloratsiyasi Mustaqillikkacha mavjud bo’lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohalarda mustaqil siyosat olib borish imkonini beradi.




Mustaqillik Dekloratsiyasi xalqimiz hayotida sodir bo’lgan muhim voqealar davlat mustaqilligining qabul qilinishi uchun tanlangan amaliy o’ta muhim qadam sanaladi.Bu amalda xalqimizning mustaqilligini bildiradi.
Download 39,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish