5. Barabanli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi va unga
ta’sir qiluvchi omillar
Barabanli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi vaqt birligi ichida yangidan hosil bo‘lgan ma’lum bir sinfning (masalan, 0,074 mm li) miqdori bilan aniqlanadi. 88 Tegirmonlarni ishlatish vaqtida uning ishlab chiqarish unumdorligiga va yanchish ko‘rsatkichlariga yanchishning ochiq va yopiq sikllari: yanchuvchi vositaning shakli, zichligi va qattiqligi, tegirmondagi bo‘tananing zichligi, tegirmonni yanchuvchi vosita bilan to‘ldirilish darajasi, tegirmon barabanining nisbiy aylanish chastotasi, klassifikatsiya samaradorligi va h.k. ta’sir ko‘rsatadi. Tegirmondagi bo‘tananing zichligi uning oquvchanligini belgilaydi. Bo‘tananing zichligi qancha katta bo‘lsa, shuncha ko‘p yirik zarrachalar tegirmonning bo‘shatuvchi sapfasiga tushadi. Markaziy bo‘shatiluvchi sharli tegirmonlar (MSHTS) da bu yanchilgan zarrachalar o‘lchamining kattalashishiga olib kelsa, panjara orqali bo‘shatiluvchi tegirmonlarda yanchilgan mahsulot tarkibida yirik zarrachalar ko‘payishi sodir bo‘lmaydi, chunki yirik zarrachalar panjara tomonidan ushlab qolinadi. Bo‘tananing zichligi kichik bo‘lganda mahsulot MSHTS tegirmonlarida bo‘shatuvchi panjaradan tezroq o‘tib ketadi. MSHTS turidagi tegirmonlarda bo‘tana zichligining kamayishl yanchilgan mahsulot tarkibida mayin sinfning ko‘payishiga olib keladi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillardan tashqari, barabanli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligiga dastlabki mahsulotning yirikligi va yanchiluvchanligi, yanchilgan mahsulotning o‘lchami, barabanning o‘lchamlari (D va L), tegirmonlarning tuzilishi, uni ishlatish sharoitlari ham ta’sir qiladi. Bir xil sharoitda mahsulotning yanchiluvchanligi va tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi orasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik bor. Yanchilayotgan mahsulotning o‘lchami qancha kichik bo‘lsa va yanchilgan mahsulot qancha yirik bo‘lsa, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu bogiiqlikni nazariy jihatdan tasdiqlovchi Rittenger qonunidir. 6Qδ–1(d–1 – D–1) = ki · N, (1) bunda: Q – tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi; 5 – yanchiluvchi mahsulotning zichligi; D va d – dastlabki va yanchilgan mahsulot zarrachasining o‘rtacha diametri; ki – mahsulotning yan- 89 chiluvchanligiga doir proporsionallik koeffitsiyenti; N – tegirmon iste’mol qiladigan foydali quvvat. Yuqoridagi (1) formula quyidagicha ifoda qilinishi ham mumkin: Q = E · N (2) bunda: ( ) 11 1 i k E bdD δ−− − = − – yanchish samaradorligi, t/(kW o soat). Shunday qilib, mahsulot yanchishning doimiy sharoitida tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi iste’mol qiladigan foydali quvvatiga proporsional. Amalda foydali quvvat umumiy quvvatning 75% dan 90% gachasini tashkil qiladi. Barabanli tegirmonning geometrik o‘lchamlari va foydali quvvati orasida quyidagi bog‘liqlik mayjud: N = kD2,5–2,6L (3) bunda: k – proporsionallik koeffitsiyenti; D va L – tegirmon diametri va uzunligi. Panjarali sharli tegirmon uzunligi ortganda va u klassifikator bilan yopiq siklda ishlaganda tegirmon ichida aylanadigan yukni kichraytirish kerak, bu esa tegirmonning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligini kamaytiradi. Tegirmonlarning ichida aylanadigan optimal yuk tegirmon ma’lum sharoitda ishlaganda barabanning uzunligiga teskari proporsional. N ning qiymatini (3) formuladan (2) formulaga qo‘ysak: Q = EkD2,5–2,6L = cD2,5–2,6L, Shunday qilib, bir xil sharoitda tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi barabanning diametriga 2,5 : 2,6 darajada va uzunli- 90 giga to‘g‘ri proporsional. Sharli tegirmonlarda D = 2,5, o‘z-o‘zini yanchuvchi tegirmonlarda D = 2,6. Barabanning 1 m3 hajmiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish unumdorligi solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi deyiladi: 2,5 2,6 0,5 0,6 0,5 0,6 2 4 . 4 cD L cD L q cD π D L π − − − = = = Bir xil mahsulotni bir xil sharoitda yanchuvchi ikkita tegirmonning solishtirma ishlab chiqarish unumdorliklarining nisbati: 0,5 0,6 2 2 1 1 . q D q D − = Tegirmonni yanchuvchi vosita bilan to‘ldirilish darajasi ortgan sari yanchishga ketadigan energiyaning hajmiy sarfi ortib boradi, bunda v = 50% bo‘lganda, u maksimumga yetadi. Bu holda, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi ham tegishli ravishda ortadi.
Klassifikatsiyalash samaradorligi qancha yuqori bo‘lsa, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Klassifikatsiyalash samaradorligining pastligi kam aylanadigan yuk bilan ishlaganda tegirmonga shuncha salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Klassifikatsiyalash samaradorligining ortishi mahsulot o‘ta yanchiluvchanligining oldini oladi. Mahsulotning baraban ichidan o‘tish tezligining ortishi yanchuvchi vositaning ish samaradoriigini oshirishga, o‘ta yanchilish darajasining kamayishiga va tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi ortishiga olib keladi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |