Ўзбекскистон алоқа ва ахборотлаштириш агентстлиги



Download 5,18 Mb.
bet21/24
Sana06.11.2022
Hajmi5,18 Mb.
#861148
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
E va sxema 1. 2021-2022 us.qo\'llanma

Laboratoriya ishi №14
Kanali induksiyalangan MDYa tranzistor xarakteristikalarini o‘lchash va tadqiq etish
Ishning maqsadi: MDYa tranzistorlarni statik rejimda ishlash xossalarini o‘rganish.
Nazariy qism
Elektr sxemalarda MTning zatvori kirish elektrodi bo‘lib xizmat qiladi va kanaldan teskari ulangan p–n o‘tish yoki dielektrik bilan izolyatsiyalanadi. Shuning uchun MTlar BTlardan farqli ravishda o‘zgarmas tokda katta kirish qarshiligiga (108÷1010 Om) ega.
MDYa – tranzistorlar integral mikrosxemalarning, ayniqsa, O‘KISlarning asosiy elementini tashkil etadi. Ular mikroprotsessorlar, mikrokontrollerlar, axborot sig‘imi katta xotira qurilmalari, elektron soatlar, tibbiyot elektronikasi qurilmalari va boshqalarda qo‘llaniladi. Katta quvvatli MDYa – tranzistor qayta ulovchi sxemalarda keng qo‘llaniladi. Boshqaruvchi elektrodi metall – yarimo‘tkazgich o‘tishdan tashkil topgan arsenid galliy asosida tayyorlangan tranzistorlar o‘ta tez ishlovchi raqamli IMSlarni va O‘YuChli qurilmalarni yaratish uchun ishlatiladi. Kremniy asosidagi p–n o‘tish bilan boshqariluvchi MTlar past chastotali diskret elektron asbob sifatida qo‘llaniladi.


p – n o‘tish bilan boshqariluvchi maydoniy tranzistorlar
Tuzilishi va ishlash prinsipi. p–n o‘tish bilan boshqariluvchi n – kanalli MT tuzilmasining ko‘ndalang kesimi va uning shartli belgilanishi 1-rasmda keltirilgan.
Ikkita simmetrik zatvorli MTning ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz (1,v-rasm).
Istok – stok orasidagi boshqariluvchi soha ingichka n – turli o‘tkazuvchi kanalni tashkil etadi. Kanal yon tomonlari zatvor hosil qiluvchi ikkita p – yarimo‘tkazgich sohalar bilan chegaralangan. Tranzistorda zatvor uzunligiga teng bo‘lgan masofa – kanal uzunligi L, ikkita p–n o‘tishning fizik chegaralari orasidagi masofa bilan aniqlanuvchi kanalning texnologik qalinligi d0 va unga perpendikulyar yo‘nalishdagi kanal kengligi deb ataluvchi parametrlar bilan ifodalanadi.
Tok o‘tkazuvchi kanal kengligi nosimmetrik p–n o‘tishlarning (NA>>ND) kambag‘allashgan sohalari orasidagi masofaga teng: , bu yerda, -teskari siljitilgan r–n o‘tish kambag‘allashgan sohasi kengligi (shtrixlangan sohalar).
a) b)

v)

1-rasm. n – kanali p–n o‘tish bilan boshqariluvchi MT tuzilmasining ko‘ndalang kesimi (a), tranzistorlarni shartli belgilanishi (b) va ikkita simmetrik zatvorli MT tuzilmasi (v).


Bu ishni bajarishda stok toki zanjiridagi qarshilik qiymatining uzatish xarakteristikasi ko‘rinishiga ta’sirini o‘rganib chiqing. Kvazi chiziqli yuklama sifatida turli maydoniy tranzistorlar qo‘llanilganda uzatish xarakteriskalar turlicha bo‘lishiga ahamiyat bering.
Mantiqiy signallar sathlarini aniqlashda kalitning uzatish xarakteristikasi UChIQ=f(UKIR) dan foydalanilishiga e’tibor bering. (14.1- rasm)

14.1-rasm
Mantiqiy nol U0 hamda mantiqiy bir U1 sathlar uzatish xarakteristikasi va uning ko‘zguli aksi (punktir chiziq) kesishgan nuqtalardan aniqlanadi.
ΛU = U1 – U0 mantiqiy signallarning sathlar farqi deb ataladi.
2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
2.1. MDYa tranzistorda yasalgan kalit uzatish xarakteristikasiga yuklama qarshiligining ta’sirini UChIQ=f(UKIR) tadqiq etish.
n-turdagi kanali induksiyalangan MDYa tranzistorda bajarilgan kalit sxemasi 14.2- rasmda keltirilgan. Sxema E2 = 9V manbadan ta’minlanadi. Kirish kuchlanishi UKIR roslanuvchi E1 kuchlanish manbaidan beriladi. Chiqish kuchlanishi UChIQ va iste’mol qilinayotgan tokni o‘lchash uchun raqamli voltmetr va ampermetrlardan foydalaning. VT1 sifatida K176LP1 mikrosxemadagi n-kanalli tranzistorlarning birini oling. Ishlash qulay bo‘lishi uchun ilovada keltirilgan mikrosxema prinsipial sxemasini chizib oling va elektrodlari raqamlarini belgilab oling.

14.2-rasm
Tajribani quyidagi tartibda olib borish tavsiya etiladi:
- MDYa tranzistor stok zanjiriga chiziqli rezistor R=51 kOm ni ulang;
- kuchlanish manbai qiymatini E2=9 V qilib o‘rnating;
- kirish kuchlanishini 0 dan 9V gacha o‘zgartirib borib, UChIQ=f(UKIR) va IIST=f(UKIR) bog‘liqligini o‘lchang;
- qarshilikning R=10 kOm va 3,5 kOm qiymatlari uchun o‘lchashlarni takrorlang;
- tajriba natijalaridan foydalanib UChIQ=f(UKIR) bog‘liqlik grafiklarini quring.
3. Tajribada olingan natijalarni ishlash.
3.1. 2- bandda olingan uzatish xarakteristikalarni quring.
3.2. Har bir kalit uchun mantiqiy signal U0 va U1 sathlari va mantiqiy signallar sathlar farqi ΛU = U1 – U0ni aniqlang.
Olingan natijalarni 14.1 – jadvalga kiriting.
14.1 – jadval

Parametr
Yuklama turi

U0, V

U1, V

ΛU, V

PO‘RT, mV

Qarshilikli yuklama













Ryu=51kOm













Ryu=10kOm













Ryu=3,5kOm












3.3. Mantiqiy nol va mantiqiy bir holatlarida manbadan iste’mol qilinayotgan quvvatning o‘rtacha qiymatini aniqlang:


; .
4. Hisobot mazmuni.
1) o‘lchash sxemalari;
2) olingan bog‘liqliklar jadvallari va grafiklari;
3) o‘lchash va hisob natijalarining tahlili.
5. Nazorat savollari.
1. Yuklama sifatida qarshilik ulangan kalit parametrlarining yuklamadagi qarshilik qiymatiga bog‘liqligini tushuntiring.
2. Nima sababli KMDYa tranzistorlarda yasalgan kalit statik holatlarda manbadan quvvat iste’mol qilmaydi ?
Nazorat savollari.
1. Zatvori p-n o‘tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistorni tasvirlang va ishlash mexanizmini tushuntiring.
2. Maydoniy tranzistor ish rejimlarini aytib bering. Har qaysi rejimda tranzistor zatvori va stoki orasidagi kuchlanish munosabalari qanday bo‘ladi ?
3. Maydoniy tranzistorlarda qanday differensial parametrlar tizimi qo‘llaniladi va nima sababli?
4. Zatvori p-n o‘tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistor uzatish xarakteristikasini tasvirlang va tushuntirib bering.
5. Zatvori p-n o‘tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistor chiqish xarakteristikalar oilasini tasvirlang va tushuntirib bering.
6. Turli temperaturalarda o‘lchangan zatvori p-n o‘tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistor uzatish xarakteristikasini tasvirlang. Bu xarakteristikalarda temperaturaga barqaror nuqtalarning mavjudligi nima bilan tushuntiriladi?



Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish