O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI FAKULTETI
“Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi
ELEKTRONIKA VA SXEMALAR 1
fani bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari uchun
USLUBIY QO’LLANMA
Kredit tizimida ta’lim oluvchi talabalar uchun
Bilim sohalari:
|
300000
|
Ishlab chiqarish-texnik soha
|
Ta’lim sohalari:
|
330000
350000
|
Kompyuter texnologiyalari va informatika
Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari
|
Ta’lim yo‘nalishlari:
|
5330500
5330300
|
Kompyuter injiniringi (Multimedia texnologiyalari)
Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
|
|
5350100
|
Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiyalar", "Teleradioeshittirish", "Mobil tizimlar")
|
Samarqand 2021
Mualliflar: X.A.Jumanov, Z.Ruziyeva, J.O.Urinov, A.T.Jumaboyev, G.Primova, J.X.Nurmurodov, Z.K.G’ayratov “Elektronika va sxemalar1” fani bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo’llanma. – Samarqand: TATU.Samarqand filiali 2021 - 108 b.
Mazkur uslubiy qo‘llanma “Elektronika va sxemalar1” fanining ma’ruza mashg‘ulotlarida o‘tilgan mavzular bo‘yicha talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash uchun mavzularga doir laboratoriya ishlarini bajaradilar. Talabalar laboratoriya ishlarini bajarish, bajarilayotgan ishlarning mohiyati va tushunchasiga ega bo‘lishlari uchun: laboratoriya ishining maqsadi, laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish, laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq, hisobot mazmuni, ish natijalarini qayd etish jadvallari, o‘lchash sxemalari, komponentlarning asosiy parametrlarini hisoblash uchun formulalar, xarakteristikalari, shuningdek, mustaqil tayyorlanish uchun nazorat savollari ko‘rsatmada keltirilgan.
“Elektronika va sxemalar 1” fanining mavzulariga oid asosiy tadqiqotlarni, talabalarning elektr zanjirlar qonunlarini bajarilishini amalda tekshirish usullarini o‘z ichiga oladi. Mazkur laboratoriya ishlari to‘plamida keng tarqalgan elektron va yarimo‘tkazgich asboblar chiziqli va nochiziqli matematik modellari parametrlarini tajriba ma’lumotlari asosida aniqlash usullari berilgan.
Uslubiy qo’llanma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali 2-kurs talabalari uchun o‘quv jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan.
Uslubiy qo‘llanma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ilmiy-uslubiy kengashining qarori bilan chop etishga tavsiya etildi (2021 yil “___” “_______” “___“ – sonli bayonnoma).
© Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnolgiyalari universiteti, Samarqand filiali 2021
KIRISH
Ushbu uslubiy qo‘llanma «Elektronika va sxemalar1» fanining o‘quv dasturi asosida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” va “Kompyuter injiniringi” fakultet talabalari uchun tayyorlangan. Unga ko‘ra, laboratoriya amaliy ishlarini o‘tkazishdagi auditoriya mashg’ulotlari uchun, ya’ni laboratoriya ishiga kiritish, laboratoriya ishlarini bajarish, laboratoriya tadqiqotlari natijalarini tahlil qilib rasmiylashtirish va uni himoya qilishga hisobot tayyorlab topshirish 30 soatga mo’ljallangan.
Laboratoriya ishlaridagi eksperimental tadqiqotlar zanjirlardagi elektr jarayonlarini kuzatish, soddalashtirilgan sxemalarning va ular tashkil etuvchilarining (rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik qaltaklari, nochiziqli elementlar, tebranish konturlari) parametrlarini o‘lchash imkonini beradi. Biroq, ushbu tadqiqotlarni bajarish jarayonida talaba sezilarli bilimni olishi va uni mustahkamlashi uchun mazkur elektr uskunalari, ulardagi jarayonlarning nazariy bilimlari avvaldan mustaqil o‘rganilgan bo‘lishi shart. Shuning uchun laboratoriyadagi tadqiqotlar bajarilishidan avval talaba konspekt, o‘quv darsliklari yordamida uyda (kutubxonada) mustaqil nazariy bilimlarni olishi shart.
Talaba navbatdagi laboratoriya ishlarini bajarishga faqatgina bajarilishi lozim bo‘lgan laboratoriya ishining vazifalari va mohiyatini aniq tushungandan so‘ng kiritilishi mumkin. Talaba tadqiqotning nomi va maqsadlarini yozma ravishda tushuntira olishi shart.
Talaba, har bir ishdagi mavjud bo‘lgan nazorat savollariga alohida e’tiborni qaratishi kerak. Bu savollar kelajakda – semestr davomida Elektronika va sxemalar fanidagi joriy va yakuniy nazoratiga tayyorlanishda uchrashi mumkin. Talaba shu savollarga javoblarni aniq o‘zlashtirgan bo‘lishi shart. Shundagina talaba navbatdagi laboratoriya ishini bajarishga kiritilishi mumkin.
Talabaning laboratoriya ishiga mustaqil tayyorlanishi jarayonida uslubiy qo‘llanmada mustaqil ishlar uchun yoki nazorat savollari bo‘limida keltirilgan hisoblash ishlarini ham bajarishi zarur.
Laboratoriya ishini bajarishga kiritilish uchun talabaning laboratoriya stendida yig‘ishi lozim bo‘lgan barcha o‘lchov sxemalarini chizishlari kerak. Laboratoriya ishini bajarishda talaba stendda o‘lchov zanjirini uyda chizgan sxemalari yordamida, o‘quv adabiyotlardan foydalanmasdan yig‘ishi zarur. Shuning uchun uyda tayyorlarlangan o‘lchov sxemalari yetarli darajada to‘liq va aniq bo‘lishi zarur.
Laboratoriya ishini bajarishga kiritilish uchun tayyorlanish vaqtida keltirilgan ko‘pgina laboratoriya ishlarida ko‘rsatilgan shaklda jadvallarni tuzish lozim. Uning kataklarida tajriba o‘lchovlari va keyinga hisoblashlar natijalari joylashtiriladi.
Eksperimental ko‘nikmalardan tashqari, talaba laboratoriya hisobotini to‘ldirishni ham o‘rganishi zarur. Bu hisobotda laboratoriya ishiga tayyorlanishda, uni bajarishda va bajarilgan tadqiqot natijalariga ishlov berishda zarur bo‘lgan barcha yozuvlar yoritilishi kerak. Hisobotni laboratoriya ishini bajarish uchun ruxsat berilishidan va uni himoya qilishdan oldin taqdim etiladi. Semestr oxirida hisobotni o‘qituvchiga yakuniy nazoratga kirishga ruxsat olish va yig‘ilgan ballarni hisoblash uchun topshiriladi. Hisobotda keltirilgan o‘lchov birliklari, sxemalar chizilishi Davlat Standarti (1-ilovada keltirilgan) asosida bo‘lishi shart. Undagi mavjud xatolarni to‘g‘rilab bajarish ruxsat etiladi.
Hisobotda titul varaq bo‘lib (2-ilovada keltirilgan), unda universitet, fakultetning nomlari, gurux raqami, talabaning familiyasi, ismi-sharifi va ishning nomi keltiriladi.
Nazorat savollariga to‘g‘ri javoblari yozilgan hisoboti bo‘lmagan talaba navbatdagi (guruxning kalendar rejasidagi) laboratoriya ishiga kiritilmaydi.
Barcha laboratoriya ishlari universal laboratoriya stendlarida bajariladi.
Stendni ulash faqat o‘qituvchining ruxsatidan so‘ng amalga oshiriladi. Tajribalar tugashidan so‘ng, zanjirni yig‘ishtirmasdan, o‘lchov natijalarini o‘qituvchiga ko‘rsatish shart. Ishni tugallab, talaba asboblarni o‘chirishi, elektr zanjirni yig‘ishtirishi va ish joyini tartibga keltirishi zarur.
Dars boshlanishiga kechikkan talaba laboratoriyaga kiritilmaydi!
Do'stlaringiz bilan baham: |