Табиий ресурсларнинг гуруҳланиши - Келиб чиқишига кўра:
- табиий - (геологик, иқлимий, гидрологик, термал сувлар);
- биологик – тирик табиат (тупроқ ресурслари, флора, фауна);
- ахборот берувчи - табиатдан ўзига хос майдон ва ландшафт сифатида фойдаланиш бўлиб, бу ресурслар маданий, зиёратли каби туризм турларини ривожлантиришга асос бўлиб хизмат қилади.
Рекреация сифатида фойдаланиш турига кўра: - Рекреация сифатида фойдаланиш турига кўра:
- минерал сувлар;
- ботқоқлар;
- тузлар;
- ўрмонлар.
Ресурсларнинг тугаши даражасига кўра: - Ресурсларнинг тугаши даражасига кўра:
- тугайдиган табиий ресурслар, улар ўз навбатида янгиланиб турадиган (чучук сув, ўсимлик ва ҳайвонот дунёси) ва янгиланмайдиган (минераллар) турларга бўлинади.
- тугамайдиган табиий ресурслар, уларга қуёш энергияси, шамол, денгиз тўлқинлари, сувлар киради.
Ўзи қайта тикланиши ва ўсиши имкониятига кўра: - Ўзи қайта тикланиши ва ўсиши имкониятига кўра:
- қайта тикланадиган ресурслар, бунга ўрмонларни мисол келтириш мумкин, ўртача 50 йилда қайта тикланади.
- қайта тикланмайдиган ресурслар.
Умумий характерига кўра, табиат ёдгорликлари - Умумий характерига кўра, табиат ёдгорликлари
- геологик – геоморфологик,
- ботаник,
- палеонтологик,
- астрономик ,
- ландшафт ёдгорликларига бўлинади.
Бутунжаҳон меҳнат ташкилоти туризмда бандликни 3та асосий шаклларга бўлади: - Бутунжаҳон меҳнат ташкилоти туризмда бандликни 3та асосий шаклларга бўлади:
- Мавсумий иш, бунда асосан сайёҳлик мавсумида туристлар сони бир неча баробарга ошиб кетади, шунда қўшимча ишчи кучига талаб ошади.
- Тўлиқсиз иш куни, бу асосан ривожланган мамлакатларнинг меҳмонхона ва ресторан хўжалигидаги банд ишчи кучлари киради. Турли мамлакатларда тулиқсиз иш куни билан ишлаётганлар бутун меҳмонхона бизнесида банд ишчи кучларининг 12% дан 52% гача ташкил этади.
- Вақтинчалик иш билан бандлик (дам олиш кунлари, кўргазмалар ташкил этиш)
- РЕЖА.
- 1.Экотуризм тушунчаси ва унинг турлари.
- 2.Экотуризмнинг таркибий қисмлари.
- 3.Ўзбекистонда экотуризм ресурслари.
- 4.Ўзбекистонда экотуризм ресурсларидан самарали фойдаланиш
- ZOMIN” TOG’-O’RMON QO’RIQXONASI
- Qo‘riqxona maydoni 10500 gektardir. 1926-yilda Jizzax o‘rmon xo‘jaligining ana shu maydoni va unga yondosh Tuyatoshsoy havzasida «Go‘rlash» tog‘-archa qo‘riqxonasi tashkil etilgan edi. Ammo qo‘riqxona 1929-yilga kelganda tugatilib, yeri quyonchilik sovxoziga qo‘shib berildi. Quyonchilik sovxozi ham uzoq davom etmay, 1933-yilga kelib tugatildi. Sobiq qo‘riqxona xo‘jasiz bo‘lib qolgani tufayli 1933-yilda «Go‘ralash» tog‘-archa qo‘riqxonasi qayta tiklandi. Shundan so‘ng qo‘riqxona ishlari tartibli ravishda olib borildi va tabiatni muhofaza qilish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Keyinroq g‘oyat zarur va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan «Go‘ralash» qo‘riqxonasi 1951-yilda yana bekor qilindi. Bu safar qo‘riqxona hududi Jizzax o‘rmon xo‘jaligi qaramog‘idagi davlat fondi ixtiyoriga o‘tkazildi. 1960-yilda «Go‘ralash» tog‘-archa qo‘iqxonasi «Zomin» tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi nomini oldi.
- «Zomin» tog‘ - o‘rmon qo‘riqxonasining hududi tipik tog‘li o‘lkadir. Qo‘riqxona doirasida mazkur tog‘larning balandligi 3500 metr, baland joylari janubda Turkiston tizmasiga borib taqaladi. 1983-yilda qo‘riqxona hududi bir yarim barobarga kengaytiriladi. Hozirda Zomin davlat qo‘riqxonasiga biosfera qo‘riqxonasi maqomi ham berilgan.
- FLORASI
- Qo‘riqxonaning o‘simlik dunyosi juda rang-barang: 700 xildan ortiq o‘simlik, giyohlar o‘sadi. Shulardan ikkitasi «Qizil kitob»ga kiritilgan, 48 xili esa faqat Turkiston tog‘lari uchun xosdir. Tabiiy giyohlardan bo‘znoch, pushti radiola, qizilpoycha, qizilqon kabilarni topish mumkin bo‘lsa, manzarali o‘simliklardan chinnigul, yorongul, za’faron kabilarni; daraxtlardan chetan, yovvoyi olma va noklarni uchratish mumkin.
- FAUNASI Qo‘riqxona faunasi o‘ziga xos. Unda sudralib yuruvchilarning 14, qushlarning 102 xilini uchratish mumkin. Kamyob qushlardan sanalgan govkaptar, dehqonchumchuq, qumri, qorayaloq, Turkiston ukkisi, Turkiston chug‘urchiqlari, 30 turdagi sut emizuvchilar, ikki xil suv va quruqlikda yashovchi jonivorlar shular jumlasidandir. Bu yerda juda g‘alati bir qush – patlari qora, sariq, yashil bo‘lgan, faqat archa urug‘lari bilan oziqlanadigan archa boltatumshug‘i ham yashaydi. Qo‘riqxona hududidan qo‘nim topgan 8 turdagi qush, jumladan, burgut, boltayutar, qora kalxat, tasqara, oq boshli qumoy, yirtqichlardan; oq tirnoqli ayiq, Turkiston silovsini... O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Zomin baland tog‘larining doimiy hayvonlari qatoriga Turkiston silovsini, qora laylak, Markaziy Osiyo echkisi, oq tirnoqli ayiqlarni kiritish mumkin.
- davlat biosfera qo'riqxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |