Ўзбекистоннинг энг янги тарихи


Ўзбекистон Республикасининг тинчликсевар ташқи сиёсати, унинг моҳияти ва асосий тамойиллари



Download 97,39 Kb.
bet33/41
Sana19.03.2022
Hajmi97,39 Kb.
#500585
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
xudoyberdi

41.Ўзбекистон Республикасининг тинчликсевар ташқи сиёсати, унинг моҳияти ва асосий тамойиллари.
Xalqaro vaziyatning o’zgarishi. XXI asr bo’sag’asida jahon tapaqqiyotining mazmuni tubdan o’zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan – SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tin-chligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o’zaro mu-xoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90— yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo’lgan ulkan imperiya – SSSR parokanda bo’ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O’zbekiston davlati bunyod etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi.

Xalqaro vaziyatda tub o’zgarishlar sodir bo’lsa-da, dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo’lmoqda:


• Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o’sdi. Mamlakatlar o’rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg’or texnologiya, erkin sarmoyalarni to’plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar mavjud.
• Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o’rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam
O’zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo’lgan.
• Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayir-machilik va diniy ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o’rtasida «haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo’yicha qarama-qarshilik chiqarishga, mil-latlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o’rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga urinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O’zbekiston, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda.
• «Sovuq urush» siyosatiga chek qo’yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo’lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg’in qurolining ko’p miqdorda saqlanayotganligj, yadro quroliga ega bo’lgan davlatlar sonining ko’payib borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo’lib qolmoqda.
• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog’lom skologik vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi.
• Tobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyat-chilik, giyohvandlik, yashirin qurol oldi-sotdisi insoniyatni tash-vishlantirmoqda.
Bularning barchasi dunyo hali ham ilgaridek mo’rt bo’lib turgan-ligidan dalolat beradi. Bizni qurshab typran olam g’oyat murakkab va muammoli bo’lib keldi, hozir ham shunday bo’lib qolmoqda.
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog’liq bo’lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo’lib qoldi. Hatto, ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi.
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab ehtiyojlarming g’oyat darajada o’sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish obyektiv zaru-riyat bo’lib qoldi.
Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyo-ramiz yaxlit va bo’linmasdir. Shu boisdan, barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog’langan, o’zaro aloqadadir.
O’zbekistonning geosiyosiy o’rni. O’zbekiston xalqaro aloqalarni yoiga qo’yish nuqtayi паzаridan va o’z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulayjug’rofiy-strategik imkoniyatlarga ega.

Download 97,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish