Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy xududlar. - Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar asosan o`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish maqsadida tashkil qilinib, tabiati muhofaza ostiga olingan joylardir. Bunday joylarning umumiy maydoni 8,9 ming kv km bo`lib, respublika jami maydonining 2,0% ni tashkil qiladi. Alohida muhofaza qilinadigan xududlar 4 toifaga bo`linadi:
- davlat qo`riqxonalari. Bular muhofaza rejimi jihatidan I toifaga kiritilganlar. milliy bog`lar. Bular muhofaza rejimi jihatidan II toifaga kiritilganlar
- buyurtmaxonalar (zakaznik) –IV toifaga mansub
- davlat tasarrufidagi tabiat yodgorliklari – IV toifaga mansub
Do'stlaringiz bilan baham: |