Nometall qazilma boyliklar. Bu turdagi mineral xom ashyolarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: tog'-ruda xom ashyosi, tog'-kimyo xom ashyosi, qurilish materiallari, yer osti suvlari.
Tog-ruda xom ashyosi o'z navbatida erituvchan shpat, dala shpati-kvarsi (chaqmoqtosh) xom ashyosi, qoliplaydigan xom ashyo, vollastonit, asbest va boshqalardan tarkib topadi. Erituvchan shpatning O'zbekistonda 30ga yaqin konlari va ko'rinishlari aniqlangan. Ular asosan Toshkentoldi geologiya-iqtisodiy rayonida joylashgan bo'lib, Qurama va Chotqol mintaqalarida ham qidiruv ishlari olib borish ko'zda tutilgan. Dala shpati kvarsi xom ashyosining zahiralari Navoiy viloyati (Langar, Karmana)da joylashgan. Ulardan keramika, forfor, shisha, fayans, emal idishlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |