Xulosa
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir.
Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshirilu-vchi tarixiy davr tushuniladi.
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazari-yalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi.
Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq, an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy — buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o'tishdan iboratdir.
Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. I.A. Karimov. O'zbekiston o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T.: "O'zbekiston", 1992.
2. I.A. Karimov. O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'zigaxos yo'li. T.: "O'zbekiston'', 1992.
3. I.A. Karimov. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. T.: "O'zbekiston", 1995.
4. I.A. Karimov. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: "O'zbekiston", 1996.
5. I.A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.: "O'zbekiston", 1996.
6. I.A. Karimov. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: "O'zbekiston", 1997.
7. I.A. Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. T.: "O'zbekiston", 1997.
8. I.A. Karimov. O'zbekiston buyuk kelajak sari. T.: "O'zbekiston", 1998.
9. X.Shamsiyev L.Yoqubov. Bozor munosabatlari.T.: “Sharq” 2000
10. Z.Qodirov. Bozor munosabatlariga o`tish. T.: “Sharq” 2001
INTERNET MA’LUMOTLARI
https://hozir.org/boshqaruv-qonunlari-va-tamoyillari-r-e-j-a.html
http://www.uuooidata.org/course/ag/u8/Lecture-2.pdf
http://library.ziyonet.uz/ru/book/download/20889
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bozor_iqtisodiyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |