Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti


O’zbek davlatchiligi tangalari



Download 79,52 Kb.
bet9/11
Sana29.01.2022
Hajmi79,52 Kb.
#415329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
G\'OZIYEVA ZIYODA YTF KURS ISHI

2.3 O’zbek davlatchiligi tangalari
O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar eramizdan avvalgi VI asrda Doro I davrida zarb etilgan, og‘irligi 8,4 g ni tashkil etgan “darik” deb nomlangan tilla tangalar, deb taxmin qilinadi. Eramizdan avvalgi IIII asrlarda va undan keyingi davrda zarb etilgan tangalar namunalari hozirgacha saqlanib qolgan. Ular jumlasiga Antiox I (eramizdan avvalgi 281–261-yillar), Yevtidem I (eramizdan avvalgi 235–200-yillar), Demetriy I (eramizdan avvalgi 200–185-yillar), Yevkratid I (eramizdan avvalgi 171–155-yillar), Mitridat II (eramizdan avvalgi 124–88-yillar) va Germey (eramizdan avvalgi 15–55-yillar) tangalari kiradi.
VIII asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda arablar hukmronligi boshlanganidan so‘ng savdo muomalasini amalga oshirish uchun vazni 4,3 g bo‘lgan oltin dinor, maosh va soliqlar to‘lovi uchun vazni 2,8 g. bo‘lgan kumush dirxamlar va kundalik savdo-sotiq uchun mis tangalar – fuluslar zarb etilib, muomalaga chiqarilgan. Amir Temur davrida Samarqandda tangalar zarb etiladigan maxsus zarbxonalar tashkil etilgan, birinchi marta turkiy nom, ya’ni “tanga” deb atalgan, vazni 4,5–4,7 g bo‘lgan kumush tangalar, vazni 2 g ni tashkil etgan oltin dinorlar va vazni 1,8 g bo‘lgan va kumushdan tayyorlangan mirilar zarb etila boshlagan.
XIX asrning ikkinchi yarinida Xiva, Buxoro, Qo‘qon xonliklarida oltindan “tilla”, kumushdan “tanga”, misdan “pul” (chaqa) deb ataladigan tangalar zarb qilingan.
Markaziy Osiyo davlatlari tangalarini o‘rganishda rus olimlari P. S. Savelyev, V. T. Tizengauzen, Y. A. Davidovich, O. N. Smirnova, o’zbekistonlik olimlardan M. E. Masson, Sh. R. Pidayev, E. V. Rtveladze, T. S. Ernazarova, Y. V. Zeymal, B. D. Kochnev, A. A. Musakayeva, X. T. To‘xtiyev va boshqalarning hissasi katta.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy valyutasi – so‘mni muomalaga kiritgandan keyin jezdan yasalgan va qiymati 1, 3, 5, nikel bilan qoplangan 10, 20, 50 tiyin bo‘lgan tangalar chiqarilgan.
Respublika tarixidagi muhim sanalarga bag‘ishlab esdalik va numizmatik ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab yubiley tangalar zarb etildi. Dastlab 1994-yilda Mustaqillikning 3 yilligiga bag‘ishlab 10 so‘mlik, Ulug‘bek tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlab 1 so‘mlik, 1996 yil 1 sentabrda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan oltin va kumushdan 100 so‘mlik hamda 1998-yilda Alisher Navoiy, keyinchalik esa Abu Ali lbn Sino, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muso al-Xorazmiy kabi buyuk allomalar portretlari tushirilgan yubiley tangalar zarb etildi.
XULOSA
Tangalar, avvalo, o‘zining qanday metalldan yasalganligiga qarab shu tangani zarb etgan davlatlar, ularning yerosti boyliklari haqida guvohlik beradi. Ikkinchidan, tangalarning og‘irligi va uning zarb etilish usuli, shuningdek, sifati haqida guvohlik beradi.Uchinchidan, davlatning nomi, hukmdorining ismi, uning taxtga o‘tirgan vaqti va hukmronlik qilgan yillari haqida guvohlik beradi.To‘rtinchidan, u yoki bu davlat tangasining boshqa davlatlar hududidan ham topilishiga qarab bu davlatning qaysi davlatlar bilan savdo aloqalari olib borganligi, tashqi savdoda qaysi davlatning puli katta rol o‘ynaganligi haqida ham ma’lumot olish mumkin. Dunyo xalqlari hayotida pul katta ahamiyatga ega. U ming yillar davomida insonlarga ayirboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Kishilik tarixida pul bo‘lmagan davrlar ham bo‘lgan. Ular dastlab iste’mol qiladigan barcha narsalarni o‘zlari ishlab chiqarganlar.Vaqtlar o‘tishi bilan dehqonchilikdan chorvachilik va hunarmandchilikning alohida faoliyat turi bo‘lib ajralib chiqishi savdosotiqning kuchayishiga olib kelgan. Endi ular ishlab chiqargan mahsulotlarini o‘zaro ayirboshlashga o‘tganlar. Shu tariqa bir-birlarining hojatlarini chiqara boshlaganlar.Savdo aloqalarining tobora o‘sib borishi, shaharlarning esa ko‘payib borishi foydalanish uchun eng qulay bo‘lgan ayirboshlash vositasi — pulning yaratilishini zaruriyatga aylantirib qo‘ydi. Metall (mis, kumush va oltin)dan ishlangan dastlabki pul – tanga shu tariqa paydo bo‘ldi.


Download 79,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish