2 BOB MANBASHUNOSLIKNING ILMIY АMАLIY
HАMDА NАZАRIY АHАMIYATI
2.1 Аmaliy-nazariy manbashunoslik
Аmaliy manbashunoslik qadimgi davrlardan boshlab to shu kungacha maʼlum darajada tajriba toʼpladi. Koʼplab yozma yodgorliklarning eng asosiylari asl nusxada faksi-milesi, tanqidiy matni, tarjima va izohli tarjimasi amalga oshirilib, ularni chop etishga erishildi. Turli qoʼlyozma fondlari, kutubxona va muzey, shaxsiy majmua-lardagi yozma yodgorliklar tavsifi fihrist kataloglarda eʼlon qilinib, ularda amalga oshirilgan manbashunoslik sohasidagi tadqiqot natijalari umumlashtirildi.Manbalarni oʼrganish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar, tajribalar umumlashtirilib, kelgusida amalga oshiri-lajak tadqiqotlar uchun eng qulay va istiqbolli tadqiq metod va usullarini aniqlab va ishlab chiqib, eng zamonaviylari va samaradorlilarini amaliyotga qoʼllashni tavsiya etish zarur.Hozirda zamonaviy kompьyuterlar orqali yozma manbalarni tadqiq etish imkoniyatidan foydalanishning ayni vaqtidir. Bu oʼrinda intelektual talaba va pedagog inter-net xizmatidan bemalol foydalana olishi talab etiladi.Umuman olganda, nazariy va amaliy manbashunoslik biri-birini toʼldiradi, biri ikkinchisi uchun asosiy tadqiqot yoʼnalishi va uslublarini belgilasa, ikkinchisi birinchisi uchun faktik material toʼplashga asos boʼlib xizmat qiluvchi dalillarni yigʼadi.Аmaliy manbashunoslik nazariy bilim va tajriba asosida uning konkret, muayyan sohasi, boʼlimi, davri masalasi yoki biror manbasi yuzasidan amaliy, praktik tadqiqot olib boradi, arxiv, muzey, kutubxona va shaxsiy majmualarda mavjud yozma manbalarning eng zarurini il-miy muomalaga kiritib, keng jamoatchilikning maʼnaviy mulkiga aylantiradi.Nazariy manbashunoslikda eng zarur tarixiy manba-larni aniqlash, tanlash va uni ilmiy tahlil qilish har qanday katta-kichik tadqiqotning dastlabki bosqichi hi-soblanadi. Tanlangan mavzuning ilmiy-nazariy jihatdan toʼgʼri hal etilishi koʼpincha tadqiqotning asosini tashkil etuvchi manbaning sifat va salmogʼiga, yaʼni mukammalligiga hamda faktik materialga boyligiga bogʼliq.Nazariy manbashunoslik deyilganda qoʼlyozma kitob yohud hujjat bitilgan varaqning oʼlchami, qogʼozi, varaqlar soni, muqovasi, matn oʼlchami, xati, siyohi, xattoti, asar nomi, muallifi, kitobat tarixi, joyi kabi maʼlumotlar ilmiy nazariy jihatdan oʼrganiladi. Shuningdek, asarning yozilishi sabablari, koʼchirilgan joyi va oʼsha vaqtdagi taraqqiyot omili, ijtimoiy-siyosiy muhitni ham inobatga olish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu maʼlumot-larni aniqlamay turib, asarda bayon etilgan voqea-hodi-salar haqida toʼgʼri va toʼla tasavvurga ega boʼlish mumkin emas. Masalaning bu jihatlari inobatga olinmas ekan, oʼsha manba xususida nazariy xulosa chiqarishning oʼzi ham amri mahol.
Bir qarashda qoʼlyozma kitoblarning muallifi, asar nomi, yozilgan vaqti va joyini aniqlash qiyin. Chunki, qadimgi qoʼlyozmalarda bugungi kun kitoblaridagi kabi muqovaning oʼzidayoq asar nomi, muallifning ismi, kitob boshlanishi va oxiridagi kabi zaruriy maʼlumotlar kel-tirilmagan. Baʼzi hollarda asarning oxirigi xotimasi-da koʼchirilgan vaqti, joyi va kotib nomi qayd etiladi, xolos.Yuqoridagi kabi maʼlumotlar keltirilmagan taqdir-da, asarning matni, yozilishi, kitobat tarixi, qogʼozi, xati, tili va uslubiga qarab taxminan aniqlanadi. Bunday maʼlumotlarni aniqlash tadqiqotchidan katta nazariy tajriba va yuksak malakani talab qiladi. Bu ancha qiyin va masʼuliyatli ish hisoblanadi. Bunday masalalarni mutaxassislar bir necha yozma manbalarni solishtirish va qiyoslash asosida hal qilishlari mumkin.Аsar muallifi va shaxsini aniqlash qoʼlyozma kitobni ilmiy tahlil etishda katta ahamiyatga ega. Bu asarning yaratilish tarixi va yozilishiga sabab boʼlgan ijtimoiy-siyosiy muhitni aniqlab olish uchun ham zarur.Odatdagi, qadimgi qoʼlyozma asarlarda muallifning ismi maʼlum va koʼzga tashlanadigan jo11yda, masalan, asarning boshi yoki oxirida qayd etilmaydi. Baʼzan, bu kabi maʼlumot muqaddima qismida yoki asar oʼrtasida, voqealar bayoni orasida biron masala yuzasidan tilga olinadi. Koʼp hollarda esa muallif oʼzining haqiqiy ismini aytmay, “faqiru haqir”, “ojiz va xoksor”, “bu gʼarib banda” deb atash bilangina kifoyalanadi. Bunday hollarda asar varaqma-varaq, satrma-satr, alohida eʼtibor va sinchkovlik bilan oʼrganilishi lozim. Shunday holatlar ham boʼladiki, asarning biron oʼrnida muallif oʼzi, otasi yoki yaqinlari haqida bir-ikki jumla orqali xabar beradi yoki bayon eti-layotgan voqeaga oʼzining munosabatini (masalan, “Аbdullaxon taxtga oʼtirgan vaqtda kamina Hofizi Tanish ibn Mir Muhammad 33 yoshda edim”) bildiradi. Shuning uchun muallif shaxsi va uning dunyoqarashini aniqlashda asar-ning umumiy gʼoyaviy yoʼnalishini toʼgʼri belgilab olish uchun muhimdir.Manbalarni ichki belgilariga qarab tahlil etish de-ganda qoʼlyozma asarning tarkibi va mazmunini tahlil qilish, tushuntirish, gʼoyaviy-siyosiy saviyasi va ilmiy qiymatini aniqlash masalalari anglashiladi.Qoʼlyozma asarning ilmiy qiymatini unda nimalar bayon etilganligi, voqea-hodisalarga muallifning xolis muno-sabati, keltirilgan dalil va maʼlumotlarning toʼgʼriligi hamda oldinga surilgan fikr va gʼoyalar orqali belgilanadi.Tarixiy asarning asl nusxa, haqiqiy boʼlishi yoki kompilyativ, yaʼni boshqalar maʼlumotlarini terib yoki aynan keltirishi, toʼla va noqisligi, qisqaligi, voqealarning qay tarzda bayon etilishi ham katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy tadqiqotlarda original va moʼʼtabar qoʼlyozmalarga tayanib ish olib borish har bir dalil va maʼlumot, raqamlar eng ishonchli, nodir, birlamchi manbalardan olinishi kerak. Boshqalar kitobida keltirilgan maʼlumotlardan saqlanish lozim.Oʼtmish tarixda yozilgan asarlarning mualliflari koʼpincha oʼzlari keltirayotgan dalillardan toʼgʼri xulosa chiqarmaydilar, fikrlarida noaniqlik, chalkashlik va qarama-qarshilik ham uchraydi. Bu tabiiy hol, albatta. Chunki ular yashab ijod etgan muhitning oʼzi ziddiyatlarga toʼla.Yozma manbalarda qarama-qarshi fikrlar bilan bir qa-torda xolisona mulohazalar ham uchraydi. Bunday paytlar-da muallif koʼpincha oʼz fikr-mulohazalarini pardozli iboralar va istiorali soʼzlar orasiga yashiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |