6. Milliylashtirish. Hukumatning so'nggi chora - bu monopoliya mavjud bo'lgan va jamiyat toqat qilmaydigan biznesni milliylashtirishi. Ammo ushbu tizimning yana bir qiyinligi shundaki, hukumatning iqtisodiy resurslari cheklangan va faqat bir nechta tarmoqlarni milliylashtirishi mumkin. Xuddi shunday milliylashtirishda tovarning xususiyatini ham hisobga olish kerak. Agar bu jamoat uchun foydali bo'lsa, u darhol millatlashtirishga o'tishi mumkin, aks holda manbalar mavjud bo'lgunga qadar uni davlatlashtirishni kutishga to'g'ri kelishi mumkin.
Demak, monopoliyani haqiqatan ham samarali tekshirish yoki boshqarish juda qiyin. Yagona samarali usul adolatli musobaqalarni yaratishdir. To’g’ri bu qiyin bo’ladi, lekin shu yo’lga qo’yilsa shunda bu bozorni nazorat qilish oson bo’ladi.
Davlat nazoratida bo’lgan bozor hech bir shaxsning manfaatiga xizmat qilmay, xalqning ehtiyojini qondirishni boshlaydi. Va bu joyda xalqning ijtimoiy holati yaxshilanadi. Nafaqat ijtimoiy holati , balki iqtisodiy yashash sharoitlari ham yaxshilanadi.
Xulosa
Raqobat boʻlgani bir tomondan yaxshi. Chunki raqobat boʻlgan joyda oʻsish boʻladi. Bozorda oʻz noningizni topish uchun raqobatchi tomonlar bilan kurashga kirasiz. Va bu jangni yutish uchun siz oʻz maxsulotingizni narxini xamyonbop qilasiz, sifatini yaxshilaysiz. Bunda xaridor tomon yutadi. Bu unga foyda. Lekin agar siz bu tarmoqda yagona qoʻl boʻlsangiz-chi? Unda siz yagona qoʻlligingizdan foydalanib, narxni bemalol qoʻyasiz. Bu paytda noiloj qolgan xaridor sizning mahsulotingizni yuqori narxda olishga majbur boʻladi. Endi buni kattaroq doirada olib qaraylik. Butun bir jamiyat noiloj ahvolda qimmat, sifatsiz, servis xizmatlari yaxshi boʻlmagan mahsulotni tanlashga majbur boʻladi.
Jamiyatda monopoliya faoliyati shu hududning iqtisodiy o’sishiga to’sqinlik qiladi. Monopol kompaniya narxni oʻzi belgilan, jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy hayotiga taʼsir koʻrsatadi. Sof raqobatni yo’qqa chiqarib jamiyatga tanlov imkoniyatini qoldirmaydi. Lekin masalani yuzaki qaramasdan uni ichiga kirib o’rgangan natijalar shuni ma’lum qiladiki, monopoliya ham ba’zida jamiyat uchun foydali tarzda faoliyatini yurgizadi. Kam e’tibor berilgan, talab darajasi kichkina yoki bu sohaga kirib kelish harajatlari yuqori bo’lgan vaziyatda monopoliya foydali hisoblanadi. Chunki unda jamiyat uchun bu sohadagi raqobat ziyon tomonga qarab ketadi.
Islom iqtisodidagi ehtikor bilan an’anaviy iqtisoddagi monopoliyaning farqli jihatlatlari shundaki, ehtikorda asosan o’z foydasi uchun mahsulotni sotib olib, bozorda sun’iy taqchillik yaratish orqali o’z faoliyatini yurgizishga aytiladi. An’anaviy iqtisodda esa tarmoqda yagona ishlab chiqaruvchi tabiiy yoki sun’iy yo’llar orqali shu sohada yagona qo’l bo’lib olib, yakkahokimlik qilishidir. Ammo islom iqtisodida ishlab chiqaruvchi tomondan ehtikor vujudga kelmaydi deyilgan. Lekin odamlarni chorasiz qoldirish natijasida, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotini yuqori narxda baholab sotsa bu zulmga aylanadi. Hozirgi kunda arab davlatlari dunyosida ehtikor so’zi monopoliyaga tarjima sifatida qaralyapti. U o’zining oldingi ma’nosini deyarli yo’qotgan deb ayta olamiz. Oldingi davrdagi ehtikor hozirgi kunda monopoliyaning bir boʻlagidir. Yaʼni, monopoliyaning qamrov hududi keng boʻlib, ehtikor shular ichiga kiruvchi bir boʻlak sifatida tasvirlanadi.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, ehtikor jamiyatda biror bir tovar narxining asossiz ravishda oshirilishini oldini oladi. Monopoliya esa jamiyatga raqobat kiritib, iste’molchilar uchun tanlov imkoniyatini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |