Zbekiston xalqaro akademiyasi islomshunoslik fakulteti



Download 47,65 Kb.
bet6/11
Sana03.02.2022
Hajmi47,65 Kb.
#426831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sharq qo‘lyozmalari va ularning sivilizatsiya tarixidagi o‘rni

Gerodot (mil.avv. 484-425 yillarda yashagan 9 jildlik ―Tarix‖ asarini yozgan. Gerodotning O‘rta Osiyo xalqlari tarixi haqidagi ma‘lumotlari ―Tarix‖asarining I, III, VII, IX jildlarida o‘z aksini topgan.
Gerodotning ―Tarix‖ asarida bizni qiziqtirgan masala sak (skif), massaget, xorasmiy va Xorazm, issedon va day, farf va margush, sug‘d va parikan kabi O‘rta Osiyoda qadimda yashagan o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar haqidagi ma‘lumotlardir. U Kirning massagetlar ustiga yurishi va halokati sabablarini yoritadi1. Skif xalqlari haqidagi ma‘lumotlar ―Tarix‖ kitobining 4-jildida beriladi.
U Sharq xalqlarini mensimay, ―varvar‖ deb qaramaydi. Uning uchun Sharq insoniyat madaniyatining, donishmandlikning o‘chog‘i2, uning fikricha, geometriya, quyosh soati, qonuniyat, qurollar, yozuv madaniyati kabilar Sharqdan kelgan1.
Gerodot ―Tarix‖ kitobida Baqtriya, Baqtra va bahtariylarni 13 marta, sug‘dlarni 2 marta, xorazmliklarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga olib, ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan2.
Gerodotning qadimgi O‘rta Osiyo to‘g‘risidagi asosiy fikrlari forslarning sakmassagetlarga qarshi yurishlari, Kir II va To‘maris o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar, ahamoniy harbiy qo‘shinlari safida ajdodlarimiz jangchilarining faol ishtiroki, ularning yaroq-aslahalari, yo‘lboshchilari, janglarda ular ko‘rsatgan jasoratlar, ajdodlarimizning ahamoniylar asoratiga tushib katta xiroj to‘lashlari, Akes (Xilmend) daryosi suvlaridan foydalanish masalasida tug‘ilgan mojaro va boshqalar haqidaboradi. Gerodot hech qachon O‘rta Osiyo viloyatlari va shaharlarida bo‘lmagan. Shuning uchun uning O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasi haqidagi ma‘lumotlari ilmiy izlanishlarni talab qiladi. Masalan, Gerodot massagetlarning hududiy joylashuvi haqida bunday yozadi: ―Ular sharqda, quyosh chiqishi yo‘nalishida, Araks daryosining narigi yog‘ida joylashganlar... Araks daryosi Matiyona tog‘laridan boshlab oqadi‖. Tadqiqotlardan ma‘lumki, Araks — bu Amudaryo. Matiyona tog‘lari — Pomir yoki Hindiqush tog‘laridir. Chunki Gerodotning yozishicha, Matiyona tog‘larida Hind daryosi boshlanadi.
Gerodotning yozishicha, Doro I Ahamoniylar davlatini 20 ta satrapliklarga bo‘lib boshqargan. Shundan 3 tasi O‘rta Osiyo hududi bilan bog‘liqjoylardir. Masalan, ―Tarix‖ kitobida quyidagilarni o‘qiymiz: Baqtriyaliklardan egllargacha bo‘lgan xalqlar 300 talant (bir talant 33,655 kg. kumushga teng) soliq to‘laganlar. ―Bu — o‘n ikkinchi o‘lka‖3. ―Saklar va kaspiylar 250 talant to‘laganlar. Bu o‘n beshinchi o‘lka. Parfiyaliklar, xorasmiylar, sug‘dlar va oriylar 300 talant to‘laganlar. Bu o‘n oltinchi o‘lka‖1. Gerodot ajdodlarimizning etnik tarkibi, ularni kiyim-boshi, harbiy qurollari haqida ham ma‘lumotlar beradi, ya‘ni ―Baqtriyaliklarning boshlariga kiygan qalpoqlari midiyaliklarnikiga juda o‘xshagan, ular trostnikdan yasalgan o‘q va kalta nayzalar bilan qurollanganlar.
Saklar (skif qabilasi) uzun cho‘qqili qalpoqlar kiygan. Ular keng cholvor kiyganlar, sak kamoni va xanjari bilan qurollanganlar. Bulardan tashqari, ularda yana sagarislar, ya‘ni ikki tig‘li jangovar oyboltalar bo‘lgan. Ushbu qabila (aynan skif qabilasi) amirgiya saklari deb nomlangan. Forslar skiflarning hammasini saklar deb ataydilar. Baqtriyaliklar va saklarning sardori Gistasp Doro va Kirning qizi Atossaning o‘g‘li bo‘lgan.2‖ ―Parfiyaliklar, xorasmiylar, sug‘dlar, gandariylar va dadiklar baqtriyaliklarning qurollariga o‘xshagan yarog‘-aslahalar bilan harbiy yurishga kirganlar. Ularning yo‘lboshchilari: parfiyalik va xorasmiylarda Farnakning o‘g‘li Artabaz; sug‘dlarnikiArtey o‘g‘li Azan bo‘lgan3‖. ―Baqtriya chavandozlarining qurollari piyoda askarlar qurollariga o‘xshagan, xuddi kaspiylarnikining o‘zginasi edi... Kaspiylar va parikaniylar ham xuddi piyoda askarlardek qurollangan edilar. Arablar ham xuddi piyoda askarlardek qurollangan edilar, ammo ularning barchasi tuyalarda shunday tez chopar edilarki, ular tezlikda sipohilardan qolishmas edilar4‖.
Gerodotdan avval ajdodlarimiz haqida ilk xabarlar keltirgan boshqa bir yunon tarixchisi miletlik Gekatey bo‘lib, u mil.avv. VI-V asrlarda yashab,yurtimizning qadimgi xalqlari va ahamoniy imperiyasi o‘lkalari ro‘yxati haqida xabar bergan. Uning ma‘lumotlaridan Gerodot va Ktesiylar o‘z asarlarida foydalangan. Xorasmiyalar va ularning Amudaryo quyi havzalariga ko‘chishi haqidagi ma‘lumotlarni esa u Skilakning ―Sayohatnonoma‖sidan olib, Yer kurrasi tavsifi‖ asarida bayon etgan.

Download 47,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish