Bob VII. Тemirbeton va metall to’sinli ko’priklarning tayanch qismlari va ularning hisobi
7.1. Тemir yo’l ko’priklarining tayanch qismlari
Тayanch qismlar, ularga qo’yilgan vazifasidan qat’i nazar qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan bo’ladi (7.1-rasm). Ko’zg’aluvchan tayanch qismlarning konstruksiyalari quyidagi talablarni qondirishi kerak:
a) yuk va harorat ta’siridan sodir bo’lgan deformatsiya natijasida yuzaga keladigan oraliq qurilma tayanch kesimlarining erkin bo’ylama siljishini ta’minlashi;
b) oraliq qurilmalarni egilishidan vujudga keladigan oraliq qurilmalarning kesimini burchakka to’siqsiz buralishini ta’minlashi;
v) oraliq qurilmalarning ko’prik yo’nalishi o’qiga ko’ndalang siljishiga qarshilik ko’rsatish. Enli ko’priklarda V15 m bo’lganda oraliq qurilmalarning nafaqat bo’ylama, balki ko’ndalang yo’nalishlarda ham to’siqsiz deformatsiyasini ta’minlovchi boshqa tipdagi tayanch qismlar talab etiladi (7.2-rasm);
g) to’plangan tayanch bosimlarni oraliq qurilmadan ularni hisoblab topiladigan tayanch yuzaga tarqatish uchun tayanchga uzatish.
Qo’zg’almas tayanch qismlar konstruksiyasi qo’zg’aluvchan tayanch qismlar uchun mo’ljallangan b, v, g talablarni qondirishi lozim va bundan tashqari, oraliq qurilmalarni tayanchlarda fiksatsiya qiladi.
7.1-rasm. Тayanch qismlarining joylashish sxemasi: a – bir oraliqli ko’prik; b – ko’p oraliqli ko’prik; v – uzluksiz ko’prik;
g – osma oraliqli konsolli ko’prik;
1 – ko’zg’almas tayanch qism;
2 – ko’zg’aluvchan
|
7.2-rasm. Тayanch qismlarning keng ko’priklarda (V15 m) joylashish tarxi:
1 – ustun; 2 – tayanchlar; 3 – ko’zg’almas tayanch kism; 4 – ko’zg’aluvchan (bo’ylama yo’nalishda) tayanch qism;
5 – xuddi shunday ko’ndalang yo’nalishda; 6 – har tomonlama ko’zg’aluvchan tayanch qism
|
Bu tipdagi tayanch qismlar poyezdlarning ko’prikda tormozlanishi, tortishish kuchi, shamol va boshqa yuklardan sodir bo’ladigan Т gorizontal kuchni qabul qilishi va uni tayanchlarga uzatishni ta’minlashi lozim.
Har xil tizimli oraliq qurilmalarning tayanch qismlariga tayanish sxemasi 7.1-rasmda keltirilgan. Тayanch qismlarni tarxda shunday tartibda joylashtirish kerakki, oraliq qurilmalarning kutilayotgan deformatsiyasi imkoni boricha kamroq qo’shimcha kuchlanishlar sodir etsin.
Po’lat oraliq qurilmalar taqqoslanadigan sharoitlarda betonliga nisbatan yengil va yumshoq. Shuning uchun keng temirbeton ko’priklarda tayanch qismlar bo’ylama va ko’ndalang buralishlarga imkon berishi kerak.
Eni 15 m dan katta bo’lgan ko’p oraliqli oraliq qurilmalarning tayanish sjemasi 7.2-rasmda ko’rsatilgan. Konsolli tizimlarda osma oraliq qurilmalar mavjud bo’lganda, tayanch plitalari o’qlari orasidagi masofani bir xil saqlash maqsadida tayanch qismlar osma oraliq qurilmalar ostiga o’rnatiladi, ankerli oraliqlarning qo’zg’almas tayanch qismlari konsol tomonga qo’yiladi (7.2-rasm). Тayanch qismlarni tayyorlash va o’rnatish katta mahoratni talab etadi, chunki ishning ishonchliligi ko’p darajada ularning tayanish sharti bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |