Asosiy fermalarning hisobiy sxemalari. Po’lat oraliq qurilmalarning asosiy fermalari bikir tugunli sterjenli konstruksiyalardan tashkil topgan. Asosiy fermaning hisobiy sxemasi sifatida o’lchamlari ko’rsatilgan oddiy geometrik sxemalar qabul qilinadi. Hisoblashlarni qisqartirish uchun, fermalarning bikir tugunlarini sharnirli qilib qabul qilishga ruxsat etiladi, agar balandligini uzunligiga nisbati 1/15 dan oshmasa va bunda konstruksiyaning o’zgarmasligi saqlanib qolinsa (5.15,a-rasm).
5.15-rasm. Bosh fermaning hisobiy sxemasi: a – sharnirli tugunlari bilan oddiy to’sinli; b – xuddi shunday, bikir tugunlari bilan; v – arkali;
g – konsolli; d – uzluksiz
Do'stlaringiz bilan baham: |