Тutashtirib biriktirish listlarni to’g’ri burchak ostida biriktiradigan hollarda qo’llaniladi. U qulayligi uchun keng tatbiq etiladi. Hisoblanadigan birikmalarda tavr shaklidagi birikmalar (5.9,b,v-rasm), hisoblanmaydigan birikmalarda esa bog’lovchi-burchakli birikmalar qo’llaniladi (5.9,g-rasm).
Тavr shaklidagi biriktirish cheti qiyali (5.9,v-rasm) va qiyasiz (5.9,b-rasm) ikkita burchakli choklar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi holda oqim kuchi yo’nalishini birdan o’zgartiradigan biriktiriladigan elementlar orasida ko’pincha kichkina tirqish qoladi. Bunda birikma hisobi Rwf yoki Rwz hisobiy qarshiliklar bilan bir juft burchakli choklardagi kabi olib boriladi. Ikkinchi holda chok to’la payvandlanadi va uni hisoblashda tegishlicha tutash choklarining hisobiy qarshiliklarini (Rwy, Rwu va Rws) kiritib, tutash chok kabi hisoblanadi.
5.8-rasm. Burchakli chokni hisoblashga doir sxema
5.9-rasm. Payvandli choklarning birikishi
Do'stlaringiz bilan baham: |