«Ўзбекистон темир йўллари» датк



Download 2 Mb.
bet39/91
Sana18.02.2022
Hajmi2 Mb.
#450895
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91
Bog'liq
«O’zbekiston temir yO’llari» datk Тoshkent temir yo’l muhandisla

Bob V. Po’lat ko’priklarning hisobi


5.1. Po’lat ko’priklarning hisobi

Ko’priklarning po’lat oraliq qurilmalari tugunlar bikirligi va tayanish shartlari har xil bo’lgan fazoviy konstruksiyalarga ega. Bunday konstruksiyalarning hisobi murakkab va, odatda, u EHM da bajariladi. Hisoblashni soddalashtirish uchun, oraliq qurilmaning fazoviy konstruksiyasini alohida tekis tizimlarga ajratiladi va ularni boshqalari bilan birgalikdagi ishini e’tiborga olib hisoblashadi.


Konstruksiya har bir qismining hisobiy sxemasi uning loyihaviy geometrik sxemasi, tayanish shartlari va yuk ostidagi ish tavsifiga muvofiq qabul qilinadi. Bunda qurilish ko’tarmasi (pod’yomi) va yuk ostidagi deformatsiyasi qoidaga ko’ra e’tiborga olinmaydi. Konstruksiyaning hisobiy sxemasi eng ko’p kuch va moment ta’sir qiladigan, hamda kesimning shakli va o’lchamlari o’zgargan joylarida belgilanadi. Me’yoriy doimiy, qo’zg’aluvchan muvaqqat yuk, shamol ta’siridan va ko’priklar konstruksiyalarini tayyorlash, tashish, yig’ish (montaj qilish) va undan foydalanishda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa yuklar eng noqulay uyg’unlik va holatda joylashtiriladi. Bunda qo’zg’aluvchan yuk ko’ndalang zarbi ta’siri, tormoz hamda shamol ta’siri bilan birgalikda hisobga olinmaydi. Oraliq qurilmalar elementlarining kesimlaridagi hisobiy kuch va momentlar tegishlicha yuklar bo’yicha ishonchlilik, yuklarning uyg’unlashuvi va dinamik koeffitsiyentlarini hisobga olib aniqlanadi. Ular temir yo’l ko’priklarini hisoblashda quyidagi formulalardan topiladi:
mustahkamlikka , ammo 1,15 dan katta;
chidamlilikka , ammo 1,10 dan katta,
bunda λ – yuklash uzunligi, m.
Oraliq qurilma elementlarining kesimini tanlash kesimning ratsional shaklini tanlash, minimal o’lchamlarini belgilash va geometrik tavsiflarni hisoblashdan (kesimning eng noqulay kuchsizlanishida brutto A va netto Ap yuzalari, moment qarshiligi netto Wn va b.) iborat. Elementlarning kesimlari amaldagi sortament prokatining tejamli profillaridan tayyorlash va montaj qilishda biriktirish usullarini hamda bir xillashtirish (unifikatsiyalash) talablari va loyihalash me’yorlarini hisobga olib tanlanadi.
Po’lat ko’prik konstruksiyalarning elementlarini chegaraviy holatning birinchi guruhi bo’yicha hisoblash mustahkamlik, chidamlilik, umumiy va mahalliy turg’unlikka tekshirishni o’z ichiga oladi.
O’ta mustahkam boltli birikmalari bilan elementlarni mustahkamlikka hisoblashda netto kesim, chidamlilikka, turg’unlikka va bikirlikka hisoblashda esa brutto kesim qabul qilinadi.
Egiladigan elementlarni mustahkamlikka hisoblashda kesimlarda plastik deformatsiyalarni chegaralangan tarqqiyotiga ruxsat etiladi.
Тurg’unlikka hisoblashlarga turg’unlik yo’qolishining tekis va egilma-aylanma shaklini hamda elementlarning devori va tokchasini tekshirish kiradi. Mustahkamlik va turg’unlikka hisoblashda kuchlanish miqdorining yetishmasligi 5 % dan oshmasligi kerak.
Po’latning hisobiy qarshiligi QMQ bo’yicha po’lat markasi, prokat qalinligi va turi, oquvchanlik chegarasi bo’yicha po’latning me’yoriy qarshiligi Ryn hamda kuchlanganlik holatiga bog’liq holda o’rnatiladi.
Prokatning hisobiy qarshiligi quyidagi formulalardan aniqlanadi: a) cho’zilish, siqilish va egilishga oquvchanlik chegarasi bo’yicha Ry = Ryn/m; muvaqqat qarshiligi bo’yicha Ru = Run/m; b) siljishga Rs = 0,58 Ryn/m; v) chetki yuzasining ezilishiga (prigonka mavjud bo’lsa) Rp = Run/m, bunda mQMQ bo’yicha qabul qilinadigan materiallar bo’yicha ishonchlilik koeffitsiyenti. Prokatning hisobiy qarshiliklari megapaskalda (MPa), masalan, oquvchanlik chegarasi bo’yicha 16D markali po’lat uchun – Ry =2l5–195; 15ХSND marka uchun – Ry =295–285; 10ХSND va 15ХSND–40 markalar uchun esa – Ry = 350.
Тemir yo’l ko’priklari tayanchi va oraliq qurilmalarining element va birikmalar ish sharoiti koeffitsiyenti t = 0,9 va tayyorlash, tashish va montaj qilishda sodir bo’ladigan yuklarda esa t = 1,0 ni e’tiborga olib hisoblanadi.
Elementlarni chidamlilikka va ko’priklar po’lat konstruksiyalarining payvandli birikmalarini hisoblashda quyidagi formuladan aniqlanadigan koeffitsiyent w e’tiborga olinadi:


. (5.1)

bunda – temir yo’l ko’priklari uchun 1,0 ga teng bo’lgan koeffitsiyent; – QMQ bo’yicha konstruksiyaning tavsifi va po’latning markasiga muvofiq qabul qilinadigan kuchlanish konsentratsiyasining samara koef­fitsiyenti; yuklash uzunligi, ta’sir chizig’iga bog’liq koef­fitsiyent: 22 m bo’lganda =1,0; 22 m bo’lganda = (,  – samara koeffitsiyentiga bog’liq holda QMQ bo’yicha qabul qilinadigan koeffitsiyent); va B – yuklanish rejimining nostatsionarligini hisobga oluvchi koeffitsi­entlar, po’lat markasi 16D uchun = 0,64 va = 0,20; 15ХSND po’lat uchun = 0,72 va – 0,24; 10ХSND va 15ХSND–40 markalari uchun esa = 0,81 va = 0,20; =min/max – o’zgaruvchan kuchlanish siklining asimmetriya koeffitsiyenti; min va max – o’zining ishoralari bilan kuchlanishning eng kichik va eng katta absolyut qiymatlari.


Chegaraviy holatning ikkinchi guruhi bo’yicha hisoblashlar quyidagi formula bo’yicha bajariladi

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish