15-mavzu: O’zbekistonda ma’naviy va tarixiy merosning tiklanishi (25 ta)
1. 1991-yili yubiley munosabati bilan Toshkentdagi qaysi bog’ Alisher Navoiy nomidagi milliy bog’ deb ataladigan bo’ldi?
A) Lenin bog’i.
B) Komsomol ko’li bog’i.
C) Xalqlar do’stligi bog’i.
D) Kommunizm bog’i.
2. YUNESKO tashkiloti qarorgohi qayerda joylashgan?
A) London. B) Nyu-York. C) Jeneva. D) Parij.
3. Quyidagi yubileylardan qaysi biri boshqalariga nisbatan keyinroq belgilangan?
A) Amir Temurning 660 yilligi.
B) Farg’oniyning 1200 yilligi.
C) Ajiniyozning 175 yilligi.
D) Ulug’bekning 600 yilligi.
4. Qachon Toshkentda Amir Temur haykali ochildi?
A) 1996-yili. B) 1994-yili.
C) 1992-yili. D) 1993-yili.
5. 1996-yili qaysi shaharlar “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi?
A) Samarqand va Shahrisabz.
B) Toshkent va Samarqand.
C) Qarshi va Shahrisabz.
D) Toshkent va Buxoro.
6. Mustaqillik yillarida 1200 yillik yubileylari nishonlangan bobolarimizni ko’rsating.
A) Mirzo Ulug’bek va Xo’ja Ahror Valiy.
B) Ahmad al-Farg’oniy va Imom Abu Iso Termiziy.
C) Bahouddin Naqshbandiy va Imom al-Buxoriy.
D) Ahmad al-Farg’oniy va Imom al-Buxoriy.
7. 2017-yilda bobolarimizning xotiralarini abadiylashtirish bo’yicha yirik tadbirlar o’tkazilgan shaharlarlarni to’g’ri muvofiqlashtiring.
1) Ishohxon Ibrat 2) Erkin Vohidov 3) Komiljon Otaniyozov 4) Abdulla Oripov 5) Muhammad Yusuf. a) Qashqadaryo b) Xorazm c) Andijon d) Namangan e) Farg’ona.
A) 1-d,2-e,3-a,4-b,5-c.
B) 1-d,2-a,3-c,4-e,5-b.
C) 1-d,2-e,3-b,4-a,5-c.
D) 1-d,2-a,3-c,4-e,5-b.
8. Qayerda Hamid Olimjon va Zulf ya xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi ochildi?
A) Andijon. B) Farg’ona.
C) Qashqadaryo. D) Jizzax.
9. 2017-yili 25-yanvarda …
A) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
B) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
C) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilishi to‘g‘risida”gi farmonini e’lon qilindi.
D) Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlandi.
10. Qachon Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi berildi?
A) 2017-yili. B) 2015-yili.
C) 2016-yili. D) 2014-yili.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori muvofiq qaysi shaharlarda Islom Karimovning haykallari o’rnatilgan?
1.Buxoro. 2.Toshkent. 3.Samarqand. 4.Urganch. 5.Qarshi. 6.Andijon.
A) 2,3,5. B) 1,4,6. C) 1,3,5. D) 2,3,4.
12. Qachondan 9 may – «Xotira va qadrlash kuni» sifatida nishonlanadigan bo’ldi?
A) 1997-yildan. B) 1998-yildan.
C) 1999-yildan. D) 1994-yildan.
13. 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami sifatida nishonlana boshlanishi (1) va 31-avgust «Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni» deb e’lon qilinishi (2) orasida necha yil farq mavjud?
A) 7 yil. B) 9 yil. C) 12 yil. D) 10 yil.
14. Qachondan Qurbon va Ramazon hayit kunlarini doimiy ravishda bayram qilish va ularning dam olish kunlari deb e’lon qilinishi haqida qaror qabul qilindi?
A) 1990-yili 2-iyun.
B) 1991-yili 6-sentabr.
C) 1992-yili 27-mart.
D) 1991-yili 21-may.
15. Qachon o’zbek palovi YuNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi?
A) 2014-yili. B) 2015-yili.
C) 2016-yili. D) 2017-yili.
16. Qur’oni Karim necha marta, jami bir million nusxada nashr etildi?
A) Uch marta. B) Yetti marta.
C) Sakkiz marta. D) Besh marta.
17. 1992-yil yurtimizda ilk bor Qur’on Karim kim tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinib nashr qilindi?
A) Abdulaziz Mansur.
B) Alouddin Mansur.
C) Abdulvohid Munzim.
D) Qori Niyoziy.
18. 2004-yili esa Toshkent Islom universitetida Qur’oni Karimning tarjimasida izohli nashri tayyorlandi hamda chop etildi?
A) Abdulaziz Mansur.
B) Alouddin Mansur.
C) Abdulvohid Munzim.
D) Qori Niyoziy.
19. Yurtimizda 2003-yili qaysi vatandoshimiz tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi?
A) Imom Abu Mansur al-Moturidiy.
B) Burhoniddin al-Marg‘inoniy.
C) Imom Abu Iso Termiziy.
D) Abduxoliq G‘ijduvoniy
20. Shahrisazb va Qarshi shaharlarining 2700 yilligi nishonlanishi orasida necha yil farq mavjud?
A) 3 yil. B) 6 yil. C) 4 yil. D )2 yil.
21. “Ijtimoiy himoya yili”da yurtimizda qaysi shaharning yubileyi keng turda nishonlangan?
A) Qarshi shahrining 2700 yilligi.
B) Marg’ilon shahrining 2000 yilligi.
C) Nukus shahrining 70 yilligi.
D) Toshkent shahrining 2200 yilligi.
22. Quyidagi yubileylardan qaysi biri boshqalariga nisbatan oldinroq nishonlangan?
A) Termiz shahrining 2500 yilligi.
B) Nukus shahrining 70 yilligi.
C) Samarqand shahrining 2750 yilligi.
D) Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi.
23. Qachon Prezident qarori bilan “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik Markazi tashkil etildi?
A) 1992-yili. B) 1996-yili.
C) 1994-yili. D) 1998-yili.
24. Qachon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tashkil etildi?
A) 2006-yili 25-avgustda.
B) 2014-yili 11-martda.
C) 2016-yili 19-avgustda.
D) 2017-yili 28-iyulda.
25. Mustaqillik yillarida tavalludi nishonlangan vatandoshlarimizning qaysi biri yubileyi bilan xa’to berilgan?
A) Xo’ja Ahror Valiyning 600 yilligi.
B) Burhoniddin al-Marg’inoniyning 920 yilligi.
C) Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi.
D) Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |