6 mavzu (42 ta)
1.O’zbekistonda qachondan boshlab import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni
mahalliylashtirishdasturi amalgam oshirila boshlandi ?
A) 2000 yil B) 2004 yil
C) 2002 yil D) 2008 yil
2.O’zbekistonda qachon Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi farmon imzolandi ?
A) 2000 yil B) 2004 yil
C) 2002 yil D) 2008 yil
3.O’zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan ?
A) 2001 yil B) 2002 yil
C) 2003 yil D) 2004 yil
4.Sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan ?
A) 2001 yil B) 2002 yil
C) 2003 yil D) 2004 yil
5. Sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun qabul qilingach, necha yil sug’urta tashkilotlari
daromad solig’idan ozod qilindi ?
A) 3 yil B) 4 yil C) 5 yil D) 6 yil
6.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish necha bosqichda amalga oshirildi ?
A) 5 B) 4 C) 3 D) 6
7. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 1991-1996 yillari nechanchi bosqich
amalga oshirildi ?
A) 1 B) 2 C) 6 D) 3
8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 1996-2000 yillari nechanchi bosqich
amalga oshirildi ?
A) 1 B) 2 C) 6 D) 3
9. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 2000-2016 yillari nechanchi bosqich
amalga oshirildi ?
A) 1 B) 2 C) 6 D) 3
10. 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq …
A) mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro organlari tashkil etildi.
B) hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi.
C) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tashkil etildi.
D) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari joriy etildi.
11. Lotinchada “bo‘lak”, “qism” ma’nosini beruvchi atamani toping.
A) Fraksiya B) Parlament C) Partiya D) Deputat
12. Qachonga kelib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi?
A) 2017-yil 12-yanvar B) 2018-yil 22-fevral
C) 2017-yil 22-dekabr D) 2018-yil 22-yanvar
13. Hozirgi kunda nechta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda?
A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta
14. Shavkat Mirziyoyev qachon va qayerda ilk bor Ekologik harakatning boshqa partiyalar bilan teng raqobatga kirishgan holda, saylovlar orqali deputatlik o‘rniga erishishi lozimligi taklif etildi?
A) 2016-yil 14-dekabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida
B) 2016-yil 20-oktabrdagi Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvda
C) 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisdagi Murojaatnomasida
D) 2018-yil 9-yanvardagi Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
15. O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi qachon bo‘lib o‘tdi?
A) 1995-yil iyulda B) 2008-yil iyunda
C) 2006-yil avgustda D) 2004-yil iyulda
16. Qaysi partiya mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi?
A) Milliy tiklanish B) XDP C) Adolat SDP D) O‘zLiDeP
17. Jamiyatda ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritish nima deyiladi?
A) mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish B) ko‘ppartiyaviylik
C) huquqiy-demokratik tamoyil D) kuchli fuqarolik jamiyati
18. O’zbekistonda saylovlarda ishtirok etish yoshi nech yoshdan boshlanadi?
A) 16 yosh B) 18 yosh C) 21 yosh D) 25 yosh
19. 2017-yilda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan qanday lavozim joriy etildi?
A) fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi
B) fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi
C) fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – diniy-axloqiy tarbiya bo‘yicha maslahatchi
D) fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari – diniy maslahatchi
20. Demokratik yangilanish va modernizatsiyalashning asosiy vazifasi nimadan iborat?
A) Sanoatni rivojlantirish
B) Ishlab chiqarishning salmog‘ini oshirish
C) Kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish
D) Xalqaro tashkilotlar bilan teng huquqli munosabat olib borish
21. Islom Karimov nechanchi yildagi ma’ruzasida, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish haqida nutq so‘zladi?
A) 2016-yil 6-may B) 2010-yil 12-oktabr
C) 2016-yil 28-dekabr D) 2010-yil 12-noyabr
22. Nechanchi yildan boshlab ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan- to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi?
A) 2017-yil B) 2016-yil C) 2018-yil D) 2015-yil
23. 2017-yil O’zbekiston Prezidenti tomonidan qanday nomlandi?
A) Yoshlarni qo‘llab quvvatlash
B) Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
C) Kichik biznes va tadbirkorlik
D) Keksalarni e’zozlash yili
24. Harakatlar Strategiyasi amalga oshirish bo‘yicha necha kishilik Milliy komissiya tuzildi?
A) 15 kishi B) 14 kishi C) 5 kishi D) 10 kishi
25. Qachon harakatlar strategiyasi tasdiqlandi?
A) 2016-yil 7-fevral B) 2016-yil 8-fevral
C) 2017-yil 6-dekabr D) 2017-yil 7-fevral
26. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida har bir ustuvor yo‘nalish uchun o‘ziga xos ranglar ajratilgan bo‘lib, ularning qaysi sohani ifoda etishini aniqlang.
a) tillarang; b) moviy; c) oq rang; d) qizil rang; e) siyoh rang.
1) davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish; 2) qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 3) iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish; 4) ijtimoiy sohani rivojlantirish; 5) xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat.
A) a-2, b-1, c-5, d-4, e-3 B) a-3, b-2, c-5, d-4, e-1
C) a-3, b-1, c-5, d-4, e-2 D) a-2, b-1, c-3, d-5, e-4
27. Harakatlar strategiyasida tinchlik va soflikni anglatuvchi rang qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) siyohrang B) qizilrang C) oq rang D) yashil rang
28. Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishini aniqlang.
A) Ijtimoiy sohani rivojlantirish
B) Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish
C) Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik
D) Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
29. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” necha qismdan iborat?
A) 5 qism B) 7 qism C) 4 qism D) 6 qism
30. O’zbekiston Mustaqillikka erishganining dastlabki yillarida huquqiy-demokratik davlat barpo etish uchun belgilangan eng muhim vazifalardan biri qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) jamiyatda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish tamoyini tatbiq etish
B) davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yangi sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish
C) ko’ppartiyaviylik tizimi asosida professional parlamentni tashkil etish
D) jamiyatni modernizatsiya qilish yo’lida ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarini kamaytirib, vakillik organlari vakolatlarini kengaytirish, Prezidentning uchala hokimiyatni muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish
31. Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy vakillik organlari qaysi sobiq davlat organi negizida tashkil etildi?
A) xalq deputatlari Sovetlari
B) tuman Kommunistik partiyalari
C) mahalla Komitetlari
D) viloyat KomPartiyalari
32. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi mahalliy davlat hokimiyati
organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlab qo’yilgan?
A) XX bob B) XIX bob C) XXI bob D) XXII bob
33. O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlari nechta bo’g’inda tashkil etilgan edi?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
34. Mahalliy davlat hokimiyatining mustaqil organi bo’lgan Mahalliy vakillik organlariga qaysi tuzilma kiradi?
A) tuman hokimliklari
B) viloyat hokimliklari
C) xalq deputatlari Kengashlari
D) o’zini o’zi boshqarish organlari
35. Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) sessiya B) idora C) majlis D) priezideum
36. O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining qanday bo’g’inlari mavjud edi?
1) Qoraqalpog’iston mahalliy hokimliklari kengashlari; 2) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari; 3) Oliy Kengash bo’limlari; 4) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari; 5) mahalla raisi huzuridagi Maslahatlashuv kengashlari; 6) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari.
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4
D) 1, 2, 4, 5
37. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – …
A) vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.
B) qonun tashabbuskorligi va ijro etuvchi mahalliy organlarga bo’lindi.
C) o’zini o’zi boshqarish va hokimlik boshqaruviga bo’lindi.
D) xalq deputatlari kengashi va o’zizni o’zi boshqarish organlariga bo’lindi
38. Mahalliy vakillik organlariga qaysi tuzilma kiradi?
A) o’zini o’zi boshqarish organlari
B) hokimlar va hokimliklar
C) xalq deputatlari kengashlari
D) hokimliklar va xalq deputatlari kengashlari
39. Mahalliy hokimiyatning vakillik organlariga necha yoshga kirgan fuqarolar saylanadi?
A) 25 B) 30 C) 35 D) 21
40. Diversifikatsiya........?
A) lotincha – (o‘zgarish,) xilma-xil ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy bankrotlikni oldini olish maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentining kengaytirilishi, mahsulot sotiladigan bozorlarni o‘zgartirish yoki yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashish.
B) yunoncha – (hisoblash, muhokama san’ati) Inson faoliyatining u yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi.
C) lotincha – (o‘zgartirish, aylantirish) Milliy valyutaning amaldagi kurs bo‘yicha boshqa xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi.
D) to’g’ri javob yo’q
41. Logistika......?
A) lotincha – (o‘zgarish,) xilma-xil ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy bankrotlikni oldini olish maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentining kengaytirilishi, mahsulot sotiladigan bozorlarni o‘zgartirish yoki yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashish.
B) yunoncha – (hisoblash, muhokama san’ati) Inson faoliyatining u yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi.
C) lotincha – (o‘zgartirish, aylantirish) Milliy valyutaning amaldagi kurs bo‘yicha boshqa xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi.
D) to’g’ri javob yo’q
42. Konvertatsiya.......?
A) lotincha – (o‘zgarish,) xilma-xil ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy bankrotlikni oldini olish maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentining kengaytirilishi, mahsulot sotiladigan bozorlarni o‘zgartirish yoki yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashish.
B) yunoncha – (hisoblash, muhokama san’ati) Inson faoliyatining u yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi.
C) lotincha – (o‘zgartirish, aylantirish) Milliy valyutaning amaldagi kurs bo‘yicha boshqa xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi.
D) to’g’ri javob yo’q
Do'stlaringiz bilan baham: |