96.Kichik biznes. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichikbiznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko'maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko'maklashuv jamiyati O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko'maklashdilar. Faqat 1999-yili kichik biznes korxonalariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish bankining 200 mln. AQSH dollaridan ortiq kredit mablag'lari jalb etildi va o'zlashtirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog'i 1991- yilda 1,5 foizni, 1999— yilda 12,6 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2005— yilda 38,2 foizga yetdi. 2005— yilda faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari soni 310 mingtaga yetdi. Faqat 2004— yilda bu sektor hisobiga 425 ming ish o'rinlari yaratildi. 2004— yil 1-oktabrida mazkur sektorda ish bilan band bo'lganlar soni 6,4 mln. kishini yoki iqtisodiyotda jami band bo'l-ganlarning 65 foizini tashkil etdi. Bu sohani rivojlantirish maqsadida kiyingi 3 eilda ham katta ishlar amalga oshirildi. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni qabul qildik. Hukumat ushbu tadbirlarning amaliy ijrosini samarali tashkil etishi zarur.
97. . Ayrim sohalarda-kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog‘-kon sanoatida-51% aksiya davlat ixtiyorida qoladigan bo‘ldi.
1998 yil ayrim rivojlangan mamlakatlardagi moliyaviy krizis, jahon bozorida O‘zbekistonning muhim eksport mahsulotlari-paxta tolasi, rangli metallarning narxini tushib ketishi mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy ahvoliga ta’sir qilmay qolmadi. Jahon iqtisodiy krizisi sharoitida Respublika rahbari qayd etganidek, muhim strategik vazifani hal qilishga muvaffaq bo‘lindi. Jahon bozorida oltin, paxta, mis narhiniing tushib ketishiga qaramasdan mamlakatimizning oltin valyutasi zahirasi o‘tgan yilgi darajasida saqlanib qoldi. Bu borada Navoiy, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatlari, “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasining hal qiluvchi rolini ko‘rsatish o‘rinlidir.
Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati oltin rudasini qazib olishdan to zargarlik bezaklarini tayyorlaydigan jahonda siklda ishlaydigan yagona korxonaga aylandi.
98. O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik davom etmoqda. Hatto, 1998 yili ichki yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4,4 foiz, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishi 5,8 foizga ortdi. Iste’mol mollarini ishlab chiqarish 7,2 foiz ko‘paydi. Avvalgi yillardagi kabi qat’iy moliya-kredit siyosati amalga oshirildi. Natijada inflyatsiya darajasini pasayishiga olib keldi.O‘zbekiston iqtisodiyotidagi islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Ichki va tashqi sarmoyalarning muntazam ravishda o‘sib borishi natijasida 2004 yil yalpi ichki mahsulot 7.7 foizga, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 9.4 iste’mol mollarini ishlab chiqarish 13.4 foizga oshdi. Inflyatsiya 3.7 foizni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkichlarni 2003 yil bilan taqqoslansa, iqtisodiyotdagi o‘sish yana ham ko‘zga tashlanadi. Yalpi ichki mahsulot 4%ga, sanoatni ishlab chiqirish 6.2%ga, ijtimoiy maxsulot8.4 %ga o‘sgan edi. MDHning boshqa davlatlarida 2004 yili inflyatsiya darajasi quyidagicha bo‘ldi:
Qozog‘iston 6.7%, Rossiya 8.5%, Ukrayinada 9.7%, Belorussiyada 14.1%ni tashkil qilgan.
Iqtisodiyotdagi barqarorlik O‘zbekistonning tashqi savdo aloqalarida, eksport va import tuzilmasida katta sifat o‘zgarishiga olib keldi: agar 1991 yilda eksport tarkibida paxta tolasining ulushi 77,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1998 yilda uning ulushi 38,6 foizga tushdi.
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O'zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yoilaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar uchun zarur mablag'lar davlat buyudjiti va aholi jamg'armalari hisobidan ajratildi. 1994-2003— yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
99. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002— yilda 37 ta bank, shu jumladan, 13 ta xususiy bank faoliyat ko'rsatdi. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o'rnatgan.
Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «Kafolat», «Agrosug'urta», «O'zbekinvest» kabi yirik sug'urta kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ko'plab xususiy sug'urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo'shma sug'urta kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya bozorida xizmat ko'rsatmoqda.
Iqtisodiy islohotlar borasida qo'yilgan yana bir muhim qadam – 1994-yil 1- iyuldan milliy valyutamiz - so'mnmg muomalaga kiritilishi bo'ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e'tiborga molik, chunki o'z milliy valyutasiga ega bo'lmagan davlat chinakam mustaqil bo'la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini taminlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003— yil 15-oktabrdan boshlab so'm qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko'tarildi..
100.
Do'stlaringiz bilan baham: |