O‘zbekistonda bronza davrida asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalarning moddiy-madaniy yodgorliklari Xorazmdagi Tozabog‘yob madaniyati (atrofdagi kanal nomi) nomi bilan mashhur. Tozabog‘yob madaniyatiga mansub Ko‘kcha makoni atrofidan qadimiy mozorlar ochilgan. Qabrdagi o‘liklar bukchaytirib, boshlari g‘arbga qaratib qo‘yilgan. Bosh tomonda idishlar va bronza, zeb-ziynatlar topilgan. Umuman olganda, Tozabog‘yob madaniyatiga mansub yodgorliklar Xorazmda 50 dan ziyodi o‘rganilgan.
Xorazmda tekshirilgan so‘ngi bronza davri yodgorliklari Amirobod madaniyati nomi bilan atalgan. Bu davr yodgorliklari yarim yerto‘la, turar joy, sug‘orish inshootlari izlari va qo‘lda yasalgan sopol idishlar bilan izohlanadi.
Ilmiy adabiyotlarda quyi Zarafshon bronza davri yodgorlaklari Zamonbobo nomi bilan ataladi. Ochilgan 46 ta qabr qoldiqlaridan 8 tasi juft 28 tasi esa yakka holda dafn etilgan jasad skeletlari qayd etildi. Xatto ikki qabrda kattalar yoniga yosh bola jasadi qo‘yilgani aniqlangan. Erkaklar qabrlaridan asosan o‘q - yoy paykonlari, pichoqlar, tosh qurollar, ayollar qabrlarida esa sopol idishlar bilan bir qatorda bronza ko‘zgu, surmadon, upadon kabi pardoz buyumlari, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan turli shaklda ishlangan munchoq va marjonlar qayd etildi.
Zamonboboliklar asosan, dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan kun kechirib, chaylasimon kulbalarda istiqomat qilganlar.
Zamonbobolik jamoasida xunarmandchilikning turli tarmoqlari, xususan kulolchilik, bronzani eritib undan xar xil ashyolar yasash, ayniqsa toshni ishlash texnikasi ancha rivojlangan.Sopollitepa topilmalari mil. avv. II ming yillikning birinchi yarmi va o‘rtalariga oiddir, ilmiy adabiyotlarda “Sopolli madaniyat” i nomi bilan mashxur va O‘zbekistonning janubdagi dastlabki dehqonchilik qishlog‘i hisoblanadi.
Shunday qilib, bronza davrida kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Paleolit zamonida vujudga kelgan urug‘chilik tuzumi bronza davrida ham davom etgan. Ammo bu davrda ona urug‘i (matriarxatning) mavqei yo‘qolib bordi.Metall eritish va xo‘jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mehnat va mavqei birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ona urug‘i tuzumi o‘rnini ota urug‘i (patriarxat) tuzumi egallaydi.
Ota urug‘i tuzumining rivojlanib borishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi ayrim oilalarning boylik orttirishlari uchun shartsharoitlar yaratib berdi. Shunday qilib, so‘ngi bronza va ilk temir davriga kelib Markaziy Osiyo dastlab mulkiy tabaqalanish, keyin esa ijtimoiy tabaqalinish jarayonlari ro‘y berdi.
Temir davri. Birinchi ming yilikda temir davri boshlangan. Temir qishloq xo‘jaligi va xunarmandchilikda revolyusion rol o‘ynadi. Endi temir yirik maydonlarda ishlash uchun imkon yaratdi; u xunarmandga shunday o‘tkir va mustaxkam ish quroli bo‘ldiki, unga shu paytgacha mavjud materiallarning birortasi qarshi turolmas edi.
Inson uchun atrof-muhitga moslashishdan, uni o‘ziga moslashtirishga o‘ta boshladi. Yirik sug‘orish inshootlari qurildi. 1 kilometrgacha bo‘lgan kanallar qazildi. Mavjud maydonlardan unumli
foydalanish kishilarni markazlashish uchun imkon
yaratdi. Farg‘ona, Zarafshon, Chirchiq vodiylarida, Xorazm, Baqtriya, Surxondaryo va Qashqadaryo vohalarida yirik aholi pukntlari vujudga keldi. Xunarmandlik takomillashib, metallni qayta ishlash takomillashdi, qo‘l tegirmon (yorg‘uchoq) paydo bo‘ldi, devorlarga ganchdan ishlov berila boshladi, paxsa va guvaladan imoratlar qurila boshladi. Uylar qurilishidagi turli-tumanliklar (yerto‘la, guvala, yog‘och paxsa) ibtidoiy jamoa tuzumi buzila borib uning o‘rnini sinfiy jamiyat egallay boshlagnidan dalolat beradi. Dastlabki, shahar, davlatlar vujudga kela boshladi. (Chust, Dalvarzin, Ashqoltepa, Elaton va Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlaridagi shaharlar.)
Do'stlaringiz bilan baham: |