Ôzbekiston sharoitida bozor munosabatlarini rivojlanishida xususiy mukchilikning ahamiyati Reja



Download 31,93 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi31,93 Kb.
#649762
Bog'liq
Ôzbekiston sharoitida bozor munosabatlarini rivojlanishida xususiy mukchilikning ahamiyati


Ôzbekiston sharoitida bozor munosabatlarini rivojlanishida xususiy mukchilikning ahamiyati
Reja:

1. Ozbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yonalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.


2. Iqtisodiyotda yuz bergan ozgarishlar, bozor infratuzulmasining shakllanishi.
3. Qishloq xojaligida otkazilayotgan islohotlar, uning vazifalari va yonalishlari.

Aslida mustaqil Ozbekiston hududida, aniqrogi kohna Turon zaminida bozor munosabatlari yangilik emas. Qadimdan ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan turfa xil mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini xorijiy mamlakatlarga olib chiqib savdo qilganlar, mol ayirboshlaganlar. Faqatgina songgi mustamlaka yillarida chor Rossiyasining, shorolar hokimiyatining iqtisodiy islohotlar otkazadigan laboratoriyasiga aylanib qolgan edik xolos. Endi bunday tajriba maydoni rolini oynovchilikdan qutildik, ozimizning milliy ananalarimizni tiklab yana iqtisodiyotni rivojlantirishga kirishdik. Ozbekiston tanlagan yol bozor iqtisodini shakllantirishdir.


Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, bu tamoyillar mazmuni quyidagicha:
-iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tayziqlarsiz, oziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmogi kerak:
-davlat bosh islohotchi ornida bolib, uning yonalishlarini belgilab beradi va amalga oshiradi:
-bozor munosabatlariga otish qonun ustivorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart:
-bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini kuchli himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini otkazish;
-bozor iqtisodiyotiga otish evolyusion yol bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilmogi zarur.
Bozor munosabatlariga otishda iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqilib, uning tub maqsadi-markazlashtirilagan, mamuriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga otishdan iboratdir.
Bozor munosabati bu jihatdan klassik kapitalistik va sosialistik iqtisodiy tizimdan farq qiladi.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga kora ustivor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda birdaniga ikki vazifani hal qilish kerak:
Mamuriy buyruqbozlik tizimini ogir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va yangisini qurmay, eskisini buzmaslik qabilida ish korish kerak. Bu otish jarayonida asosiy etiborni yangi bozor munosabatlarining huquqiy bazasini vujudga keltirish, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berishga qaratmogi kerak.
Bozor munosabatlariga otishning asosiy sharoitlaridan biri sifatida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshiriladi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, mamuriy buyruqbozlik buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, mulkdorlar sinfi shakllandi, xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligi oshdi.
Mulkni xususiylashtirish va kop ukladli iqtisodni shakllantirish Ozbekistonda ikki bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqich 1992-1993 yillari amalga oshirildi. Bu davrda asosan maishiy xizmat, savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, qayta ishlash korxonalari mulk shakli ozgartirilib, mulkning ijara, jamoa, aksiadorlik shakllari vujudga keldi. Uy-joylar xususiylashtirildi.
Qishloq xojaligida 770 kolxoz va sovxozlar xususiylashtirilib, jamoa va ijara xojaliklariga aylantirildi. Birinchi bosqichda mulk davlat tasarrufidan chiqishi jarayonida mulkdorlar sinfi shakllandi.
Ikkinchi bosqich Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida»gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq aksiadorlik jamiyatlari tashqil etilib,, korxonalar aksialarini chiqardilar, auksion savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, xususiylashtirishni yoppasiga olib borish kozda tutildi.
Aloqa, transport, geologoqidiruv, yoqilgi-energetika komplekslari xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda-kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog-kon sanoatida 51 % aksiya davlat ixtiyorida qoladigan boldi.
1994 yil oxirigacha 54 ming korxona mulk shaklini ozgartirdi (xususiy, aksiadorlik, jamoa, ijara va x.k.). Natijada respublikada nodavlat sektorning iqtisodiyotdagi ulushi ortib bordi. 1995 yili sanoat mahsulotining 97 %i nodavlat sektorga togri keldi.
Yurtboshimiz I.A. Karimov bu boradagi ishlarni tahlil qilib, quyidagi fikrni bildirdi:
«...iqtisodiy munosabatlarda, ayniqsa mulk masalalarida tub ozgarishlar amalga oshirildi. Mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturini amalga oshirish natijasida, mamlakatimizda xaqiqiy kop tarmoqli iqtisodiyot shakllantirildi, nodavlat sektor mustahkamlandi va iqtisodiyotimizda faol rol oynay boshladi» (I.A.Karimov. Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Toshkent. «Ozbekiston», 1996, 13- bet.).
Prezidentimiz Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi nutqida yana shu masalaga toxtalib, shunday dedi:
«Biz-xususiy mulkning miqyosi va ulushi uzluksiz osib boradigan kop ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish tarafdorimiz. Dunyo tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyatda tom manodagi mulkdorlar sinfining kopchilikni tashqil etishi ijtimoiy hayotdagi barqarorlik va farovonlikning kafolati bolib xizmat qiladi»(I.A. Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot- pirovard maqsadimiz.-Namangan haqiqati,-2000.-26 yanv.).
2. Iqtisodiyotimizdagi ozgarishlar masalasida toxtaladigan bolsak «SSSR tarqalib ketgandan song barcha milliy respublikalar, jumladan Ozbekistonning iqtisodiyoti otirib qoladi»,-degan bashoratlar puch ekanligini oz kozimiz bilan korib turibmiz. Aksincha, sobiq ittifoqdan ajralib chiqqan mustaqil bolgan davlatlar ichida Ozbekistonning iqtisodiyoti barqaror rivojlanib bormoqda, ishlab chiqarishning keskin kamayishi va ommaviy ishsizlikning oldi olinib qolindi. Istiqlolga erishgan Ozbekiston tarihda ilk bor 1995 yili neft mustaqilligiga erishdi. 2006 yili ichki yalpi mahsulot ishlab chiqarish 7,3 %, sanoat ishlab chiqarish 10,8 % ga ortdi. 2006 yilning ozida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qoshimcha ravishda 290 ming yangi ish orni yaratildi. Bu esa, mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50%dan ortigini tashkil etadi. 2007 yilning boshida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining soni qariyb 350 mingtaga yetdi. Yoki 2000 yildagiga nisbatan 2,3 marta kopaydi. Bugungi kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1% ni tashkil etmoqda.
Ozbekistonda neft va gaz kondensati ishlab chiqarish 1990 yili 2,8 mln.tonna bolsa, 1997 yili 7,9 mln.tonnaga yetdi va chetga neft sotish qobiliyatiga ega boldi. Aholini tabiiy gaz bilan taminlash yuzasidan katta yutuqlarga erishildi.
Ozbekistonning jahondagi kop davlatlar bilan hamkorligi kengayib bormoqda. «Chet el investisiyalari togrisida», «Chet el investorlari huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari togrisida» qonunlarining qabul qilinishi jahonning koplab davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni ornatishga, bir qancha jahon banklari bilan shartnomalar imzolashga olib kelib, bu ham makroiqtisodiyotni yaxshilashga olib keldi.
II jahon urushidan keyingi tarix shuni korsatadiki, rivojlangan davlatlarning hech biri xorij sarmoyasiz taraqqiy etmagan. Ozbekiston ham shu yoldan rivojlanib, hozirgi kunda xorijiy davlatlar bilan birgalikda 3200 ta qoshma korxonalar qurildi va ishlamoqda.
Ozbekistonda ahvol barqaror bolganligi uchun ham 1994 yili 10 mln. AQSH dollari hisobida xorij sarmoyasi ozlashtirilgan bolsa, bu miqdor 1998 yili 114,5 mln. AQSH dollariga yetdi.
Amerikaning Kolorado shtatidagi «Nyumont» firmasi bilan Muruntovda qoshma korxona qurilib, «Zarafshon-Nyumont» korxonasi oz ishi natijasini ikki yilda korsatdi.
Ozbekistonning istiqloli mashinasozlik sanoatini, ayniqsa, avtomobilsozlik sanoatini rivojlanishi bilan uzviy bogliq. Ozbekiston bilan Janubiy Koreya ortasida «UZ-DAEWOO» avto koshma korxonasi qurilib, yengil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. 1993 yili GFR bilan Ozbekiston ortasida shartnoma imzolanib, «Mersedes-Bens AT» korporasiyasi Xorazmda «Dostlik» avtomobil zavodida ish boshladi. 1994 yildan boshlab yuk avtomobillarini ishlab chiqardi. 1995 yili «Ozavtosanoat» uyushmasi bilan Turkiyaning «Kochxolding» kompaniyasi ortasida shartnoma imzolanib, 1999 yildan Samarqandning Sogdiyona mavzeida avtobus zavodi qurilib, faoliyat yurita boshladi.
Qishloq xojaligida iqtisodiy islohotlar otkazish ham biz uchun yangilik emas. Ozbek dehqoni oz boshidan qancha islohotlarni otkazmadi deysiz. Natijasichi? Shorolar zamonida «dehqonlar» termini oz mohiyatini yoqotdi. Uncha uzoq emas, 80-yillarda kolxozchilarning bajargan ishlariga xaq tolash normativlarida bir ish kuni (yetti soat) 20 sotix yagana qilsa, bir norma ish hisoblanib, unga 3 som 27 tiyin haq belgilangan. Koz oldingizda keltiring 20 sotih yagana qilish uchun (qator orasi 60 sm bolganda) 3200 metr egat ustidan deyarli emaklab otish kerak. Uruglikning «klassiga» unuvchanligiga qarab, 1 metrga 30-35 dona chigit qadaladi. Shundan ortacha 25ta chigit unib chiqsa, 20 sotixda 80 ming kochat boladi. Aslida 1 metrda 5tadan, jami 20 sotihda 16 ming kochat saqlanishi lozim. Yaganalash jarayonida ortiqcha 64 ming ming kochatni holatiga qarab olib tashlash kerak. Endi kolxozchi bir kunda 7 soat (430 minut) qonun boyicha ishlasa, har minutda 152 tadan kochatni yulib, etakka solib, ekin maydonidan chetga olib chiqib tashlashi kerak.
Yoki 15 sotix goza birinchi chopiq qilinsa, 3 som 15 tiyin haq beriladi. 15 sotix-agar qatorlarning orasi 60 sm, uzunligi 100 metr bolsa, 25 qator yoki 2500 metr boladi. Bundan tashqari, chopiqda qatorning har ikki tomoniga ketmon urish kerak. Demak, 5000 metr. Agrotexnika boyicha imkoni boyicha yaqin, chuqur qilib topish talab etiladi. Agar, har 10 sm yerga bittadan ketmon urilganda, 50 ming marta urish kerak. Bu bir minutda 119 martadan ketmonni kotarib tushirishini taqazo etadi. Yoki kolxozchining 159 marta urishiga 1 tiyindan ish haqi togri keladi.
Mana sizga jamoa xojaligida (kolxoz) ish haqi tolash normativlari Bundan tashqari, 80-yillardagi «paxta ishi» ozbek dehqonlarining obroyini butunlay tushirib yubordigina emas, balki jamoa xojaligini hayotiy ekanligini, bu xojalikdagi mulk begonalashtirilganligini yaqqol korsatib qoydi.
Shuning uchun ham, mustaqillikdan song Respublikamiz qishloq hojaligida tub islohotlarni amalga oshirish eng asosiy vazifalardan biri bolib qoldi. Qishloq xojaligini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotining bozor munosabatlariga tezroq otishida, uning rivojlangan mamlakatlar qatoriga qoshilishida muhim omil bolib hisoblanadi.
Islohotlarni huquqiy asoslarini yaratish maqsadida, Respublika Oliy Majlisining XI sessiyasida Prezidentimiz I. Karimov tashabbusi bilan «Yer kodeksi», «Qishloq xojaligi kooperativi (shirkat xojaligi) togrisida», «Fermer xojaligi togrisida», «Dehqon hojaligi togrisida»gi qonunlar qabul qilindi. Qonunlarning yaratilishida yurtboshimiz bevosita ozlari ishtirok etib, shunday degan edilar: «Biz mana shu qonunlarni amalga oshirmoqchi bolsak, joylarda ularni targib qilish ishlarini yaxshi yolga qoyishimiz lozim. Toki, bu qonunlar bizga nima beradi, degan masala har bir insonning ongiga yetib borsin»(I.Karimov. Respublika Oliy Majlisi XI sessiyasi. SH.Mamanabiyev. Shirkat xo`jaligi nima? Qonun himoyasida. №1.-2000.-B.15).
Shu bilan birga yurtboshimiz mavjud ishlab turgan jamoa xojaliklarini yuritishning yangicha shakli-shirkat xojaliklariga aylantirish ota masuliyatli ish ekanligini, unda aslo shoshma-shosharlikka, yuzakichilikka yol qoyib bolmasligini ham takidlab otgandilar. Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 15 iyul kuni «Qishloq xojaligini isloh qilishga oid qonun hujjatlariga qishloq xojaligi kooperativlari (shirkat xojaliklari) tuzish chora-tadbirlari togrisida» qaror qabul qilindi. Respublikamiz miqyosida 1998 yili 65ta jamoa xojaliklari shirkat xojaligiga aylantirildi. 1999 yilning birinchi choragida bu korsatgich 432 tani tashqil qildi (I.Karimov. Respublika Oliy Majlisi XI sessiyasi. SH.Mamanabiyev. Shirkat xojaligi nima? Qonun himoyasida. №1.-2000.-B.15). Qishloq xojalik korxonalarini shirkat xojaliklariga aylantirish masalasining bir tomoni holos. Eng asosiy masala- shirkat xojaliklarida oila pudratini joriy etish orqali ichki xojalik munosabatlarini takomillashtirish, bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchilarning manfaatdorligini oshirish orqali qishloq xojaligini rivojlantirish. Bu borada Buxoro, Andijon, Namangan viloyatlarida tahsinga sazovor ishlar olib borilmoqda.
Otkazilayotgan islohotlar natijalaridan dastlabki xulosalar shundan iboratki, hamma yerda ham bu masalaga kongildagidek etibor berilmayapti. Aholi orasida bazan «shirkat xojaliklari tuzilmoqda, lekin ularning jamoa xojaliklaridan farqi sezilmayapti» degan gaplarni eshitib qolamiz.
Ozbekiston Respublikasining «Qishloq xojaligi kooperativi (shirkat xojaligi) togrisida»gi qonunga kora, qishloq xojaligi shirkati qishloq xojaligi mahsuloti yetishtirishga moljallangan, mulkiy pay usuliga hamda oila (jamoa) pudratiga asoslangan fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashtiradigan yuridik shaxs huquqlariga ega bolgan mustaqil xojalik yurituvchi subyektdir. Shirkat xojaliklaridan farqli olaroq, jamoa xojaliklari asosiy ishlab chiqarish vositalari umumiy bolgan, jamoa mehnatiga asoslangan qishloq xojalik mahsulotlari ishlab chiqarishni birgalikda yuritish maqsadida ixtiyoriy ravishda birlashgan dehqonlarning tashqilotidir.
Shirkat xojaligining oziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- shirkat azolariga ixtiyoriy ravishda kirish va chiqish;
- shirkatning ish faoliyatida azolarning oz mehnati bilan ishtirok etishining shart ekanligi;
- ichki xojalik munosabatlarini shartnomalar tuzish yoli bilan, tenglik tamoyiliga amal qilib, oila pudrati asosida tashqil etish;
- shirkat azolari bilan hisob-kitob qilishda amalda bajarilgan ishlarning hajmi va sifatiga chek usulida haq tolashni tashqil etish;
- yakuniy daromadni shirkat azolari ortasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash;
- yer uchastkalaridan qatiy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarni muhofaza qilinishi va tuproq unumdorligining oshirilishini taminlash;
- shirkatning bir azosi bir ovozga ega;
- shirkat xojaligining ish faoliyati ustidan shirkat azolari tomonidan shirkat nizomida nazarda tutilgan tartibda nazorat qilish.
Shirkat xojaligining mulk shakli boyicha ham jamoa xojaliklaridan farqi va afzalliklari mavjud bolib, ular quyidagilar: Shirkat xojaligining mulki uning azolari mulkidan tashqil topadi. Bunda har bir azoning mulki umumiy mulkning qismidan iborat, mulk egalari-paychilar boshqaruvda ishtirok etadi, boqimandalik tugatiladi, real manfaatdorlik ortadi va yil yakunida azolar xojalik daromadidan divident olish huquqiga ega boladilar. Jamoa xojaligida esa, mulk jamoaniki, ammo egasi nomalum.
2000 yilga kelib respublikada davlatga qarashli bolmagan sektor mustahkamlandi va yetakchi orinni egallab, 1991 yil 63%ni tashkil qilgan bolsa, 1999 yil sentabr oyiga kelib qishloq xojaligida ishlab chiqarish hajmining 98,4%ini egalladi.
Hozirgi paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xojaligi faoliyat yuritmoqda va ularda salkam 1,4 mln kishi mehnat qilmoqda. Agar 2000 yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21%i fermer xojaliklari hissasiga togri kelgan bolsa, 2006 yilda bu korsatkich 86%dan oshib ketdi.
Xulosa: Qishloq xojaligida otkazilayotgan islohotlarning maqsadi-qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish. Qishloq xojaligi respublika iqtisodiyotini taraqqiy ettirishda ustivor soha hisoblanganligi uchun ham bu sohaga katta etibor berilmoqda. Aholining daromadlarini bozor bilan bogliq bolgan yangidn-yangi manbaalari ochilmoqda. Masalan, tadbirkorlik, aksiadorlik dividentlari, tomorqa mahsulotlarini sotish va h.k.

Davlat mustaqilligining qolga kiritilishi Ozbekistonda bozor munosabatlariga otish uchun qulay sharioit va keng imkoniyatlar yaratdi.


Ozbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib, ozimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yolimizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bolib qoldi. Ozbekiston tanlagan islohot yoli ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy yonalishlari Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va ozining xayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
— iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy taziyqlarsiz, oziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmogi kerak:
— davlat bosh islohotchi ornida bo’lib, u islohotlarning ustuvor yonalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim:
— bozor munosabatlariga otish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart.
— bozor munosabatlarni joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini otkazish:
— ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yonalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga otish evolutsion yol bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.
Yangi iqtisodiy munosabatlarga otish tamoyillari asosida goyat masuliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlangich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy ozgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir.
Bu vazifa markazlashtirilgan, mamuriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga otishdan iboratdir.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga qora ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga otish davridagi bir-biriga bogliq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga togri keldi:
Mamuriy buyruqbozlik tizimining ogir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barkororlishtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning goyat muhim yonalishlari Ozbekiston Prezidenti tomonidan belgilab beriladi:
— otmish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish:
— qishloq xojaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish:
— ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy shartlaridan biri-mulkni davlat tassarufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma`muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi.
Mulkni xususiylashtirish va iqtisodni shakllantirish Ozbekistonda oziga xos yol bilan birinchi bosqichda 1992-1993 yillari amalga oshirildi.Bu davrda asosan maishiy hizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat san’at va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini ozgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aktsiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk etib beriladi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to’grisida qarori asosida olib borildi.
Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat qurish, korxonalar aktsiyasini chiqarish, auktsion (kim oshdi) savdosi oqlash davlat mulkini shaxslarga yuborish qimmatbaho qogozlarni chiqarish va xususiylashtirshini yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi.
Aloqa, transport, geologiya qidiruv yoqilgI – energetika komplekslari xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog-kon sanoatida — 51% aktsiya davlat ixtiyorida qoladigan boldi.
Jahon bozorida raqobatga bardosh bera oladigan va aholining istemol talablarini qondiradigon mahsulot ishlab chiqarishni tashqil qilish zarur edi. Prezident I.A.Karimov — Barqarorlashtirish siyosati, eng avvalo, bu makro iqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yol qoymaslikdir — deydi Iqtisodiy o’sish iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlab chiqarish hajmi oshgani bilan ifodalandi. Bu korsatkich 1990 yil bilan qiyoslaganda sanoatda 106,5, qishloq xojaligida 105,8, qurilishda 102,6, savdoda 112,7, aholiga pullik xizmat korsatish sohasi 121.3, foizini tashkil etdi. Xalq istemol mollarini ishlab chiqarish bir yilda 112 foizga kopaydi.Mamlakatimizning yoqilgi mustaqilligiga erishish siyosati izchillik bilan amalga oshirildi. Istiqlolga erishgan Ozbekiston tarixda ilk bor 1995 yilda neft mustaqillgiga erishdi.
Ozbekistonning jahondagi koplab mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari kengayib mutahkamlanib bormoqda. Endilikda jahonning 35 mamlakati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik to’grisida bitim tuzilgan.
1999 yil 1 yanvar holatiga kora Ozbekistonda 3.592 qoshma korxona ro’yxatga olingan Endilikda jahondagi eng yirik korxonalardan hisoblangan qizilqumning oltin va uran boyliklari mamlakatimiz tarakkiyotiga hizmat qilmoqda. Ozbekistonning istiqlol mashinasozlik sanoatini, ayniqsa uning muhim tarmogi-avtomobilsozlikning rivojlannishiga bogliq. 1992 yilning avgust oyida janubiy Koreya Respublikasi bilan Ozbekiston ortasida tuzilgan bitim asosida OzDEU avto qoshma korxonasi tashkil etildi va Asaka shahrida yengil avtomashinalar ishlab chiqarishga kirishildi. 1996 yilning mart-iyul oylarida OzDEU avtokorxonasi TIKO, NEKSIYA DAMAS yengil avtomashinalarini chiqara boshladi.
1993 yilda GFR dagi Mersedes Bents AG korporatsiyasi bilan Xorazmda yuk avtomashinasini chiqarish uchun shartnoma tuzildi. 1994 yili Do’stlik avtomobil zavodida datlabki 350 Mersedes Bents yuk avtomobili ishlab chiqildi. 1995 yili Ozavtosanoat uyushmasi bilan Turkiyaning mashhur Kochxolding kompaniyasi ortasida tuzilgan shartnoma asosida Samarqandning Sugdiyona mavzesida qad ko’targan avtobus zaodi 1999 yil mart oyida ozining mahsulotini bera boshladi.
Iqtisodiy islohotlarning hal qiluvchi bo’gini o’tkazish, uni jadal rivojlantirishga alohida etibor beriladi.
Qishloq xo’jaligida islohotlarni amalga oshirishda eng ustuvor masala sifatida elga mulkchilik masalasi hal qilindi. Ozbekiston Respublikasida sugoriladigan yerlarning kamligini hisobga olib, yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligini huquqiy hujjatlarda qayd etildi.
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq X sessiyasi (dekabr ,1997-yil) agrar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan ozgartirish yuzasidan qator qonunlar qabul qildi. Yer kodeksi, Qishloq xojaligi kooperativi (shirkat xojaligi) togrisida Dehqon xojaligi togrisida, Yer kadastri togrisidagi qonunlar qishloq xojaligining huquqiy asoslarini mustahkamladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pul-kredit tizimi shakllantirildi.
1991-1996 yillar davomida Ozbekiston Respublikasi hukumati milliy bank va moliya tizimi yuzasidan bir qancha qarorlar qabul qildi.
1994-yilning 1-iyuldan boshlab iqtisodiy mustaqillikning zaruriy sharti tariqasida Ozbekiston Respublikasining pul birligi so’m muomalaga kiritildi. Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiyotni barqarorlashtirish, korxonalar va tarmoqlar moliyaviy ahvolini mustakamlash, aholi va mamlakat istemol bozorini muhofaza qilishda katta orin tutdi. Mustaqil Ozbekiston xazinasini toldirivchi iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli otkazishning asosiy manbai soliqdir. Shuning uchun soliq tizimini takomillashtirishga dastlabki kunlardan boshlab katta etibor beriladi. Iqtisodiy islohotlarning yutuqlari mamlakatda iqtisodiy barqororlikni taminlamoqda. Ozbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri-xalqimizning manaviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish edi. Ozbekiston Prezidenti I.A. Karimov ozining Ozbekistonning oz istiqlol va taraqqiyot yoli kitobida O’zbekistonning milliy-madaniy jihatdan goyat rang-barangligi, milliy ozligini aglash va manaviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangliash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bolib hizmat qiladi va ruspublikaning jahon hamjamiyatiga koshilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirada, deb korsatgan edi. (Karimov I.A. Ozbekistonning oz istiqlol va taraqqqiyot yoli. T, 1992y, 13 bet)
Ozbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda manaviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bolmaydi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda fan, maorif, talim-tarbiya ishlariga ham etibor kuchaytirildi. Talim-tarbiya tizimini ozgartirmasdan turib, ongni ozgartirib bolmaydi. Ongni, tafakkurni ozgartirmasdan turib esa, biz kozlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi – deydi I.A.Karimov. 1997 yil 29 avgustda Respublikamizda Talim tugrisidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Bu hujjatlarda talimni isloh qilishning asosiy tamoiyllari belgilandi. 1993 yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan Ozbekistonda oquvchi ishlarini ragbatlantirish choralari to’grisidagi farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun hatto rivojlangan davlatlardagi universitetlarda talim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, mamlakalarini oshirish uchun shariotlar yaratib beriladi. Madaniy-marifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablaglar ajratildi Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondashishga chek qoyildi. Bahouddin Naqshbandiy , Feruz, Cholpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib, asarlari chop etildi. Mamlakatda soglom avlod dasturi ishlab chiqildi. Jismoniy soglomlik, barkamol insonni tarbiyalash odob – axloq masalalari bilan boglab olib boriladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.I.A.Karimov. Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Toshkent. «Ozbekiston», 1996, 13- bet.).
2. ZiyoNet.uz
3. https://uz.wikipedia.org/
4. https://lex.uz/docs/-1350810
Download 31,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish