Ўзбекистон респупликаси


Adabiyot darslarida muammoli ta’limning o‘rni va ahamiyati



Download 378,5 Kb.
bet20/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

4.Adabiyot darslarida muammoli ta’limning o‘rni va ahamiyati.
Muammoli ta’limni kimdir bilim berishning yangi bir shakli desa, kimdir metod sifatida talqin etmoqda. Uni interfaol usullar majmui deb qarash ham bor.
Muammoli ta’lim - mustaqil, mantiqiy, ilmiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, bu yo‘lda uchragan to‘siqlarni mustaqil ravishda, unga ijodiy yondashgan holda bartaraf etish garovidir. U o‘quv materiali o‘zlashtirilganligining isbotini ta’minlaydi, uni mustahkam qiladi, bilimlarni qat'iylashtiradi. O‘quvchida o‘qishga ijobiy hissiy munosabat uyg’otadi, bilim olishga ichki ehtiyoj shakllantiradi. Bunday ta’limda bugungi tarbiyashunoslikning asosiy vazifasi - o‘quvchida shaxslik sifatlar shakllanishi, rivojlanishi muvaffaqiyatli amalga oshadi.
Muammoli ta’limda o‘quvchi oldiga muammo qo‘yish qiyin kechadi. Uni topish o‘qituvchidan ko‘p izlanish va mehnat talab qiladi. Muammoli ta’limdan uzluksiz ravishda foydalanish dasturdan ortda qolish hollarini ham keltirib chiqaradi. Buni muammoli ta’limning o‘ziga xos kamchiligi deyish mumkin.
O‘quvchi oldiga bilim berishga yo‘naltiradigan masalalarni qo‘yishda ham, uning ma’naviyatini shakllantirish yo‘lida ham muammoli savollar muhim o‘rinni egallaydi. Ular muammoli vaziyat hosil qilishning asosiy sharti sanaladi. Bilim berishga qaratilgan savol o‘quvchi uchun ma’lum qiyinchilik tug‘diradigan darajada bo‘lishi, bola avval egallagan bilimlarga mos kelishi, shu bilan birga, uning imkoniyatlari doirasida shakllantirilishi lozim. Ya’ni muammoli vaziyatlar bolaning hayotiy tajribasi va nazariy bilimini hisobga olgan holda tashkil etilishi kerak. Bunday masalalar qiziqarli bo‘lishi ham shart. Bu ham muammoli ta’limning bilim olishga qo‘yiladigan asosiy talablaridan biri. Bu narsa, ayniqsa, qiyin o‘zlashtiradigan o‘quvchilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Qiziqishning mavjudligi shaxs psixologik faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi, uni yuqori pog‘onaga ko‘taradi. Tafakkur jarayoni, xotira, diqqat, tasavvur faollashganda insonda ko‘proq va chuqurroq bilim olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan savol-topshiriqlar o‘quvchining mustaqil fikrlashini talab qiladigan, ularni qiziqtiradigan, tuyg‘ularini junbushga keltiradigan, ruhiyatini qo‘zg‘otadigan, bezovta qilib qo‘yadigan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, muammoli yo‘l bilan o‘zlashtiriladigan ma’lumotlar yangiligi, bugungi ilm-fan, hayot va bola shaxsi uchun dolzarbligi bilan ajralib turishi, darsda fikrlar tortishuviga, u yoki bu hodisaning hayotiy hamda nazariy jihatlarini taqqoslashga, atrofdagilarning qarashlarini qiyoslashga qaratilgan bo‘lishi, bolani hayratga soluvchi, aqliga sig‘maydigan jihatlarga ega bo‘lishi kerak.
Muammoli vaziyat yaratishda o‘qituvchi o‘quvchilarni tafakkur jarayonining tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, tizimga solish singari jihatlaridan biri yoki bir nechasidan foydalanishga yo‘naltirishi lozim. Ya’ni ularni o‘quv materialini shunchaki eslab qolmay, balki tushunchalar yuzasidan muayyan aqliy operatsiyalarni amalga oshirishga undash kerak. Shunday tashkil etilgan muammoli vaziyatlarning birini hal etish uchun voqea, hodisa, tushuncha yoki qoida tahlil qilinishi talab etilsa, ikkinchisi asosan sintezni - dalillarni umumlashtirishni, boshqasi voqea, hodisa va tushunchalarni taqqoslashni, yana biri faktlarni tasniflashni taqozo etadi. Muammoli vaziyatda bunday shakllar muammoli savol, muammoli topshiriq tarzida yuzaga keltirilishi ham mumkin. Buning uchun o‘qituvchi muammoli topshiriqlarga nafaqat daliliy, balki mantiqiy asosdagi topshiriqlarni ham, faktlarni taqqoslash, ma’lumotlarni umumlashtirish kabi talablarni ham kiritishi mumkin.

Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish